020-guruh talabasi Orzumurodov Saidbek
Download 0.77 Mb.
|
orzumurodov-s m-4(1)
O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot Texnologiyalari universiteti Fizika kafedrasi Fizika I fani bo’yicha Mustaqil ish Mavzu: O’zinduksiya va o’zaro induksiya hodisalari. Bajardi: 020-guruh talabasi Orzumurodov Saidbek Tekshirdi: Xolmedov Xamid Toshkent 2018Reja: 1. O’zinduksiya hodisasi va uni tajribada o’rganish. 2. O’zaro induksiya hodisasi uni tajribada o’rganish. 3. Bu hodisalarning fan va texnikada qo’llanilishi. 4. Xulosa.Elektr toki oqayotgan har qanday o'tkazgich o'zining «xususiy» magnit maydonida joylashadi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o'zgarishi natijasida xuddi shu konturning o'zida elektromagnit induksiyasi ro'y beradi. Bu hodisani o'zinduksiya hodisasi deyiladi.
O‘zinduksiya hodisasi bilan tajribada tanishib chiqish uchun o‘zgarmas tok manbayi va ikkita parallel tarmoqdan iborat zanjir tuzamiz ( rasm). Òarmoqlardan biriga 1 cho‘g‘lanma lampa va unga ketma-ket qilib R reostat, ikkinchi tarmoqqa shunday 2 lampa va unga ketma-ket qilib temir o‘zagi bo‘lgan L g‘altak (elektromagnit) ulaymiz. R reostat yordamida ikkala tarmoqning ham qarshiligini birday qilib olamiz. K kalit ulanganda 1 lampa zanjir ulangan hamon yonadi, 2 lampa esa birmuncha kechikib yonadi. Bu tajribada ro‘y bergan hodisalarning sababi elektromagnit induksiya ekanligini ko‘rsatish mumkin.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling