022-yil mart-aprel oylarida jami yetkazib berish qiymati (qqssiz) 62 747 826,09 so‘mga un (muka sort vitamin) maxsulotlari xarid qilinganligi


Download 14.96 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi14.96 Kb.
#1841726
Bog'liq
DOST ZAFAR DIYOR хулоса (2) (2)


Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabgi tahlillarda mazkur jamiyat faoliyatida shubhali holatlar (tovarlar nomutonosiblik) mavjudligi aniqlangan.
Jamiyat 2016-yil 20-dekabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda faoliyat turi 46730-yog`och, qurilish materiallari va sanitariya-texnik uskunalar ulgurji savdosi.


Jamiyat tomonidan 2022-yil mart-aprel oylarida jami yetkazib berish qiymati (QQSsiz) 62 747 826,09 so‘mga un (MUKA 1 SORT VITAMIN) maxsulotlari xarid qilinganligi shuningdek, 2022-yil uchun taqdim etilgan buxgalteriya balansi 1-son shaklinng 140-satrida yil boshiga tovar moddiy zaxiralari 0,0 so‘m, yil oxiriga 0,0 so‘m aks etirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, jamiyat tomonidan 2022-yil uchun taqdim etilgan buxgalteriya balansining 140-satrida tovar moddiy zaxirasi yil boshigi-yil oxiriga 0,0 so‘mni hamda 410-satr ustav kapitali (8300) yil boshiga 173 439 000 so‘m, yil oxiriga 525 000 000 so‘m shuningdek, 710-satrda ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar (6600) yil boshi va yil oxiriga 0,0 so‘m aks ettirilganiligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022-yil 4-chorak uchun jami 2 509 913,04 so‘m aylanmadan olinadigan soliq (62 747 826,09*4%) qo‘shimcha hisoblandi.


Shuningdek, jamiyat tomonidan 2023-yilning sentabr oyi uchun taqdim etgan QQS hisobotining 6-ilovasida yil boshidan jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmalari (QQSsiz) 47 594 345 752,44 so‘mni, 3-ilovasidagi hisobga olinadigan QQS summasi hisob-kitobi uchun foydalaniladigan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qiymati 66 614 887 617,99 so‘mni QQS summasi 7 993 777 729,78 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Tashqi manba elektron hisob-fakturalar ma’lumotiga ko‘ra, jamiyat tomonidan joriy yilning fevral-sentabr oylari davomida jami qiymati (QQS bilan) 74 617 162 748 so‘m (QQSsiz 66 623 227 796 so‘m)lik turli hildagi bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan hizmatlar, ofis va ombor ijarasi, qurilish va xo‘jalik mollari, mebel va uning furnitulari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun fakturalar qabul (kirim) qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, jamiyat tomonidan 2023-yil mart-sentabr oylarida davomida jami yetkazish qiymati (QQS bilan) 53 305 667 241 so‘m (QQSsiz 47 594 345 752 so‘m)lik turli hildagi bajarilgan ishlar, qurilish va xo‘jalik mollarini, mebel va uning furnitulari realizatsiya qilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tekshiruvda, jamiyat tomonidan kirim qilingan va realizatsiya qilingan TMBlari tanlanma usulda tahlil qilinganda, jamiyat kirimi aniqlanmagan jami (QQS bilan) 12 389 969 924 so‘m (QQSsiz 11 062 472 544 so‘m)lik turli hildagi TMBlarni realizatsiya qilganligi extimoli mavjud.
Jamiyat tomonidan 2023-yil 3-chorak uchun taqdim etgan foyda solig‘i hisobotida, jami daromadlari 47 594 345 752,44 so‘m, chegiriladigan xarajatlari jami 47 508 692 200 so‘m, soliq solinadigan foyda 85 653 552,44 so‘mdan belgilangan stavkada bo‘yicha jami 12 848 032,87 so‘m foyda solig‘i hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tahlillarda, jamiyat tomonidan kirim qilinmagan tovarlarni realizatsiya qilganligi kuzatilganligi sababli, jamiyat tomonidan taqdim etilgan foyda solig‘ining xarajatlar qismida sarflangan xom ashyo va materiallar bo‘yicha xarajat sifatida aks ettirilgan jami 47 091 200 400 so‘mdan, tahlilda kirim aniqlanmagan (QQSsiz) 11 062 472 544 so‘mlik tovarlar qiymatini chegirilmaydigan xarajat sifatida aks etirilishi lozim bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, jamiyatga 2023-yilning 3-choragi uchun foyda solig‘iga 1 659 370 881,6 so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanishi lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari, jamiyat tomonidan kirim qilingan TMBlarni reamlizatsiya qilinishi tahlil qilinganda, jami (QQS bilan) 11 831 292 559 so‘mlik TMBlarni realizatsiya qilinganligi yuzasidan hisob-fakturalar rasmiylashtirilmaganligi kuzatildi.
Jamiyat tomnidan qabul qilingan fakturalar tahlil qilish jarayonida, jamiyat “MDF formation" va “Duru-toj-Bo'ston” MChJlaridan ombor ijarasi uchun jami 8 900 000 so‘mlik elektron hisob fakturalarni qabul qilganligi kuzatildi.
Tashqi manba ma’lumotlariga ko‘ra, jamiyat faqatgina “Duru-toj-Bo'ston” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 60 m.kv.maydonlik omborxonani ijara olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organiga hisobga qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Soliq kodeksning 269-moddasida tovarlar soliq organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlarida saqlanganda ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, jamiyat joriy yil davomida kirim qilinib, realizatsiya qilganligi to‘g‘risida elektron hisob faktura rasmiylashtirilmagan (QQS bilan) 11 831 292 559 so‘mlik TMBlar 60 m.kv.maydonlik omborxonani saqlash imkoniyati yo‘qligi extimoli mavjud.
Shunga ko‘ra, jamiyat tomonidan 2023-yil sentyabr oyi uchun 1 267 638 488,46 so‘mlik QQSni hisobdan chiqarilish lozim bo‘ladi.
Download 14.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling