0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet4/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

iqtisodiy globallashuv bu millatlar o'rtasidagi tijorat, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni birlashtirish va o'zaro bog'liqlik jarayoni. Katta miqyosli iqtisodiyotlarning o'zaro aloqasi 19-asrda boshlanib, 20-asrda texnologik taraqqiyot va dunyoda telekommunikatsiyalarning rivojlanishi tufayli eng yuqori darajaga ko'tarildi.
Ushbu iqtisodiy integratsiyalashuv jarayoniga ta'sir ko'rsatgan yana bir element marketing uchun mahsulotlarni taqsimlash xarajatlarini kamaytirish edi. Bundan tashqari, dunyoda yangi hukumat siyosati va tijorat tashkilotlarining yaratilishi yangi global bozorni boshlash uchun mamlakatlar o'rtasidagi ushbu hamkorlikka yordam berdi.

Aytish mumkinki, bugungi kunda xalqaro tarmoqlarni nafaqat iqtisodiy, tijorat va xizmat ko'rsatish, balki siyosiy va madaniy tarmoqlarni tashkil etadigan yirik kompaniyalar yoki "korporativ gigantlar" deb nomlangan davr.
21-asrda globallashuv g'oyasi global iqtisodiy o'sish va o'zaro bog'liqlik sifatida xalqlarning birlashishiga va tinchlikka erishishga qaratilgan umumiy maqsadlarga erishishga yordam beradigan yanada istiqbolli xususiyat kasb etadi.
Biroq, oldingisiga zid bo'lgan tasavvurlar globallashuv hodisasini har bir mamlakatda hayotning barcha jabhalarini interventsionistik tarzda shakllantirishga qodir bo'lgan jarayon deb biladi, bu esa xalqlarning kollektiv o'ziga xosligi va suverenitetini buzadi.


9

3

1

6

Amaliyotning gnoseologik ahamiyati.
. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo’llanilishini o’rinli deb bo’lmaydi. Zotan, «yepisteme» so’zi «pistis» - e’tiqod so’zi bilan uzviy bog’liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G’arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo’limi bo’lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish bilan shug’ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o’z-o’ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko’ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o’zaro aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm to’qnashadi.



10

2

1

6

Ilmiy bilish usullari.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling