0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet7/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo’llanilishini o’rinli deb bo’lmaydi. Zotan, «yepisteme» so’zi «pistis» - e’tiqod so’zi bilan uzviy bog’liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G’arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo’limi bo’lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.
.

23

2

1

6

Ilmiy bilish uslubi va uslubiyati.

24

3

1

9

Etarli asos qonuni deb nimaga aytiladi
To’g’ri fikrlashga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hyech qanday shubha bo’lmasligi uchun uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo’lgan va o’zaro mantiqiy bog’langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo’lgan, chinligi tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bo’lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o’zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo’lgani kabi, ularning in’ikosi bo’lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo’lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo’lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
Yetarli asos qonunida to’g’ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog’lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko’rib o’tilgan qonunlar bilan o’zaro bog’liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning o’zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
.

25

2

1

10

Deduktiv xulosa chiqarish deb nimaga aytiladi.
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy
qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning subyekti va predikatini ifodalaydi. XSPxulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud

26

1

1

8

Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning ijtimoiy oqibatlari nimalarda namoyon bo‘lmoqda?



27

1

1

2

Islom dini va falsafasi .Tasavvuf va uning oqimlari.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling