0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet8/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

. Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar bir-biri bilan bog’langan, yaxlit jarayon sifatida vujudga kelgan dinlar inson kamoloti borasida faolit olib borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch asosida tushuntirib beradi. Mana shunday dinlardan biri VIII asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri katta bo’ldi. Islom dinining muqaddas kitobi «qur’oni Karim»dir. qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturi, diniy ahkomlar manbaidir. «qur’on» so’zi arabchadan olingan bo’lib, u «o’qish» deagn ma’noni bildiradi. muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganda unga Ollohdan vahiy kela boshlaydi, ya’ni bu payg’ambarlk vahiysi bo’lgan. Shu asosda «qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy orqali Muhammad payg’ambarga nozil bo’lgan. Unda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Yigirmata surada oila va u bilan bog’liq masalalar tilga olinishi insoniy jamiyatda juftlik naqadar zarur ekanligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, qur’oni Karimda shariat masalalari ham o’z o’rnini topgan.

Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o’rinda turadigan manba bu Hadislar hisoblanadi. Hadisi Sharifda Muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari va sahobalari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to’g’risida hikoya qilinadi. Hadisi Shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish asosan payg’ambarimiz vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Islom olamining o’sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan Bog’dod, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda Hadis fani bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan va ular Hadis to’plamlarini tuzishgan. Ular ichidan eng ishonchli sanalganlari 6 ta bo’lib, bularni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an - Nasoiy va Imom ibn Mojja tuzishgan.





28

2

1

5

Falsafiy kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni.
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo’llaniladigan o’ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar. Bular borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo’limlariga tegishli bo’lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya borliq va yo’qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o’z kategoriyalar apparatiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo’limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo’lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go’zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug’vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo’llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko’rib chiqamiz.



29

1

1

7

Axborotlashgan jamiyat nazariyalari.
XX asrning so’nggi o’n yilliklarida FTT axborot (kompyuter) inqilobi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu bosqichning o’ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga aylandi. Shu tariqa fan bilan bog’liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta’lim endilikda har qanday jamiyatning sivilizasion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi o’rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini topish uchun 50-100 yil vaqt sarflangan bo’lsa, endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo’linmoqda.
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlashga katta xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo’lib qoldi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi fani jadal sur’atlarda o’sib, ijtimoiy mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko’p sonli ilmiy muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb bo’lmay qoldi. Hozirgi vaqtda ilmiy faoliyat o’zlarini qiziqtirgan muammolarni yechishga buning butun xavf-xatarini o’z bo’yniga olib qo’l urgan ayrim mutafakkirlarning mashg’uloti emas, balki buyurtmaga, rejali topshiriqqa binoan ishlaydigan, uni belgilangan muddatda bajarish va o’z ishi haqida hisobot berishga majbur bo’lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat – industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug’ullanuvchi kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.


30

2

1

6

Haqiqatning praksiologik jihatini ta’riflab bering.



31

1

1

4

Xarakat va uning shakllarini ko‘rsating ?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling