0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet9/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Harakat shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining turli darajalariga asoslanib, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd etgan.
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bunda har bir keyingi harakat o’zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog’lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog’lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanisizm», «reduksionizm» (lot. reductio – ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtai nazaridan ko’rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning o’zgarish jarayonlari, XIX asrda noma’lum bo’lgan mikro- va makrodunyo darajasidagi boshqa o’zgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va kimyoviy shakllarining o’zaro nisbatiga doir masalani endi yangidan qo’ymoqda. Bu yerda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik harakatning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer po’sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar.
XIX asr oxirlarida materiyaning harakat shakllari tasnifi ishlab chiqilayotganida, ilmiy davralarda fanlarni tasniflashga nisbatan kontcha yondashuv shakllangan edi. Pozitivizm asoschisi O.Kont har bir fan predmetini materiya harakatining alohida shakli tashkil etishi, turli fanlarning obyektlari esa bir-biridan keskin farq qilishiga ishonchi komil edi (mexanika, fizika, kimyo, biologiya, sosiologiya va hokazo). Mazkur muvofiqlik fanlarni muvofiqlashtirish tamoyili deb nomlandi. Bunda turli fanlar o’rganadigan obyektlar bir-biri bilan qanday bog’langanligi va bir-biriga o’tishiga e’tibor berildi. Quyidan oliyga, oddiydan murakkabga sari yuksalib boradigan harakatlanuvchi materiyaning progressiv rivojlanish jarayonini aks ettirish g’oyasi tug’ildi. Mexanika fizika bilan bog’lanishi va unga o’tishi, fizika kimyoga, kimyo biologiya va ijtimoiy fanlarga o’tishini nazarda tutuvchi yondashuv (mexanika  fizika  kimyo  biologiya  ijtimoiy fanlar) subordinasiya tamoyili deb nomlanadi. Darhaqiqat, qayerga nazar tashlamaylik, biz harakatning boshqa shakllariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan biron-bir harakat shaklini topa olmaymiz, hamma joyda bir harakat shaklining boshqa harakat shakliga aylanish jarayonlarigina mavjud. Materiya harakat shakllarining o’zaro ta’siri va bir-biriga aylanishi uzluksiz-uzlukli jarayonida mavjud bo’ladi.



32

1

1

7

Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?
Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.
Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati to’g’risida ravshan tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan, sobiq Sho’rolar davrida amal qilgan planli proporsional deb atalgan qonunning harakati yo’li shu davlat tugashi bilan to’sib qo’yildi. Yoki talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor iqtisodiga o’tishning besh tamoyili barcha qonunlarning amal qilishiga o’ziga xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir-biri bilan dialektik aloqadorlikda bo’lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham istisno etadi.2



33

2

1

6

Gnoseologiya nimani o‘rganadi ?
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo’limi bo’lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish bilan shug’ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o’z-o’ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko’ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o’zaro aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm to’qnashadi.



34

1

1

12

Milliy estetik tarbiyada mahallaning ta’siri qanday?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling