1- §. Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar


Download 0.96 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1599887
Bog'liq
Quyosh-haqida-umumiy-malumotlar

1- §. Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar

Quyoshning kundalik ko'rinma harakatiga biz shu qadar ko'ni-kib qolganmizki, go'yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi? Quyosh so'nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g'oyib bo'lsa, planetamizda qanday o'zgarishlar ro'y bergan bo'lar edi?

Agar Quyosh so'nsa, zum o'tmay Yerni qorong'ilik qoplardi, chunki Quyoshning yorug'ligini qaytarish hisobiga ko'rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko'rinmay qolib, faqat yulduz-largina xira shu'lalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg'irin sovuq o'z «iskanjasiga» olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to'xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham «uvullash»ini bas qilardi. Xullas, hamma yoqni vahimali qorong'ilik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod yoqilg'ilari zaxirasi hisobiga umrini bir oz cho'zsada, biroq u halokatdan qochib qutula olmas edi.

Shuning uchun ham hayotimizning manbayi bo'lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhit hodisalarini ilmiy tushuntirishga ojiz bo'lgan odamlar tabiat kuchlari oldida tiz cho'kishgan, unga sig'inishgan. Bundan Quyosh istisno emas edi. Misrliklar Quyoshga issiqlik va hayot in'om qiluvchi Ra xudosi nomini berib sig'inishganda, yunonliklar va rimliklar Quyoshga nur, musiqa va poeziya xudolari — Feba, Gelios va Apollon timsollari sifatida sig'inishgan.

Keyingi yillarda Quyoshning massasi, temperaturasi va fizik tabiatini o'rganish borasida yig'ilgan ma'lumotlar Quyosh to'g'risida bizga yetarli darajada aniq tasawur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko'pgina fizik va biologik hodisalar Quyosh ta'siri tufayli sodir bo'lar ekan.

Garchi oddiy ko'z bilan qaraganda, Quyosh sokin bir osmon jismidek ko'rinsa-da, aslida u yirik va quwatli fizik jarayonlarni «boshidan kechirayotgan» yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o'rganish har jihatdan barcha tabiiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi.

Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo'lib, kattaligi va temperaturasiga ko'ra o'rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz — Yer, uning yo'ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo'lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak (32') ostida ko'rinadi. Yer ham boshqa planetalar (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi.


62—rasm. Quyoshning planetalar bilan solishtirilgan o’lchami.

Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofa aniq o'lchanib (149,6 million kilometr), u uzunlik o'lchovining birligi sifatida qabul qilingan va yuqorida eslatganimizdek, bir astronomik birlik (1 a.b.) deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o'tadi. Quyosh-ning diametri 1 million 400 ming kilometr bo'lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig'adi. Massasi Yernikidan 330 ming marta ortiq. 62- rasmda Quyoshning o'lchami, uning yo'ldoshlari — planetalar o'lchamlari bilan solishtirilgan. Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida 5800 gradus atro-fida bo'lib, bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosida taxminan 16 million gradusga yetadi. Quyosh chiqa-rayotgan nurlanish energiyasi miqdorining qanchalik kattaligini quyidagi misoldan ko'z oldimizga yaqqol keltirishimiz mumkin. Quyoshning 1 sekund davomida chiqa-rayotgan energiyasi 4 . 1026 J bo'lib, 12 ming trillion tonna ko'mirni yoqqan-da ajraladigan energiya miqdoriga tengdir. Garchi uning Yerga tushayot-gan energiyasining miqdori ham kam bo'lmasa-da, biroq u Quyoshdan ajra-layotgan butun energiyaning atigi 2 mil-liarddan bir qisminigina tashkil qiladi. Quyoshning markazida bosim 200 mlrd atmosferaga yetadi. Uning o'rtacha zichligi 1,41 g/sm3.

Quyosh ulkan temperaturali olov shardan ibo-rat bo'lib, uni tashkil qilgan gaz oddiy gazlarga nisbatan o'z xususiyatlari bilan keskin farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatida modda ionlashgan atomlar va erkin elektron-lardan iborat bo'ladi. Bunday qaynoq yuqori temperaturali zich plazma tutash spektrni beradi. Biroq bunday nurlanish Quyoshning atmosfera qatlamlaridan o'tishda, turli atomlar tomonidan mos to'lqin uzunliklari-dagi nurlarning yutilishi tufayli Quyosh spektri chiziqli yutihsh spektriga ayla-nadi (63- rasm). Quyosh ham barcha boshqa osmon jismlari kabi o'z o'qi atrofida aylanadi. Uning aylanish davri o'rtacha 25 sutkani tashkil etadi.


63—rasm. Quyosh spektori. Yuqorida: qulaylik uchun qisimlarga ajratilgan;
Pastda: uning turli kimyoviy elementlar mosligi
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling