1- Amaliy mashg’ulot.
2- Metrologiyaning asosiy tushunchalarini o’ rganish.
Ishdan maksadi :
Metrologiyaning asosiy tushunchalari, Xalkaro birliklar tizimi, uzatish darajalarini baholashni o’rganish va mavzuga oid mashklar bajarish hamda masalalar yechish ko’nikmalariga ega bo’lish.
Ishning rejasi:
1.Metrologiyaning asosiy tushunchalari
2.Xalkaro birliklar tizimi SI
3.Xosilaviy karrali va ulushli birliklar
4.Elektr o’lchashlarda uzatish darajalarini baholash
5.Mavzuga oid mashklar bajarish va masalalar yechish
Metrologiyaning asosiy tushunchalari
Quyida metrologiyaning asosiy tushunchalarini keltiramiz.
Akreditatsiya rasmiy jarayon bo’lib tashkilotlar sifatini belgilaydi.
Namuna o’ lchash vositalari ishchi o’lchash asboblarini tekshirish va ularni o’zlari bo’yicha darajalashga xizmat[30 - p] qiladi.
Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o’lchovlarga aytiladi.
O’lchov birligi - o’lchash natijasi ko’rsatilgan birlikda ifodalangan va o’lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma’lum bo’lgan o’lchash holatidir.
O’lchash aniqligi - bu o’lchash natijalarini va o’lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
O’lchash xatoligi o’lchash natijasining o’lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir.
Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo’lgan qiymatdir.
O’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo’l qo’yilgan xatoliklar ta’sirida olingan natijalar qiymatidir.
O’lchash ob’ekti qiymati o’lchanayotgan kattalikdir.
Metrologiya - O’lchashlar, ularning birliligini ta’minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to’g’risidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |