1- amaliy mashg’ulot. 2- metrologiyaning asosiy tushunchalarini o’ rganish. Ishdan maksadi
Download 131 Kb.
|
1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchash vositasi
- Davlat metrologiya nazorati
- O’lchash vositasini kalibrlash
- 2.Xalkaro birliklar tizimi
O’lchashlar birliligi - O’lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o’lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bo’lgan holat.
O’lchash - maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo’li bilan topish.O’lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bo’lgan o’lchash asbobidir. O’lchash vositasi, o’z navbatida, o’lchov, o’lchash o’zgartirgichlari, o’lchov asboblari, o’lchash axborot tizimi va o’lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo’linadi. O’lchov deb, berilgan o’lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasiga aytiladi. Bazaviy (asos) metrologiya xizmati - bu aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmat bo’lib, biriktirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning metrologik ta’minot masalalari bo’yicha ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat. Davlat metrologiya nazorati - bu o’lchash vositalarining turi va qiyoslanishi, sotilishi va ularning prokatini litsenziyalash bo’yicha davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Davlat metrologiya tekshiruvi - bu davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan metrologiya qoidalariga rioya qilinishi tekshirish maqsadidagi faoliyatdir. O’lchash vositasini kalibrlash - bu kalibrlash laboratoriyasi tomonidan o’lchash vositasining metrologik xarakteristikasi haqiqiy qiymatlarini va qo’llanilishga yaroqliligini aniqlash va tasdiqlash maqsadidagi muolajalar majmuidir. O’lchash vositalarini qiyoslash - O’lchash vositalarining o’rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui. 2.Xalkaro birliklar tizimi Metrologiyaning asosiy tushunchalaridan biri fizik kattaliklarning birliklaridir. O’lchash jarayonida o’lchanayotgan kattalik shunday fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga birga teng bo’lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o’lchov birligi deyiladi. Fizik kattaliklarning birliklari “Xalqaro Birliklar Tizimi” asosida guruhlanadi. Aloqa texnikasida asosan elektr va magnit fizik kattaliklardan foydalaniladi. 1961 yil yanvardan “Xalqaro Birliklar Tizimi” qabul qilingan. U SI deb yuritiladi va u 7 ta fizikaviy kattalikdan iborat. Ular quyidagilar:
1. Yassi burchak - [rad], radian; 2. Fazoviy burchak - [Sr], steradian. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling