1- amaliy mashg’ulot mavzu: Simlar bilan ishlash
Download 2.37 Mb.
|
1-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simlardan yasaladigan buyumlarning texnik rasmi va eskizini chizish Mashg`ulotning maqsadi
- Mashg`ulotning borishi.
Detallarni payvandlash yordamida biriktirish: Metall buyumlarni yuqori harorat hisobiga bir-biriga ulash payvandlash deb ataladi. Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektrpayvandlash deyiladi. Gazli payvandlash qalinligi uncha katta bo‘lmagan metall jismlarni ulash uchun ishlatiladi. Bunda issiqlik manbayi, yonuvchi gazning (atsetilen, propan, vodorod va boshqa) kislorodda yonishi hisobidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha atsetilen bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishlatiladi.Oq rangli ballonda atsetilen bo‘ladi. Atsetilen vintel va reduktor orqali chiqadi. Kislorod ko‘k rangdagi ballondan reduktor orqali chiqadi. Ikkala gaz shlanglar orqali qizdirgichda qo‘shiladi.Atsetilen va kislorodning
ma’lum nisbatida yonish harorati 3150°C ga ko‘tariladi. Gaz bilan payvandlanayotgan paytda payvand tizimi uchun metall sim ishlatiladi. Payvandlanayotgan metall va ishlatiladigan simning kimyoviy tarkibi bir- biriga yaqin bo‘lishi kerak. Maxsus qizdirgich va gaz bilan payvandlash uskunasi yordamida kesish ham mumkin. Kesish metallni 1000–1180°C haroratgacha qizdirishdan boshlanadi. Keyin kislorodning qirquvchi oqimi qizigan metall bilan reaksiyaga kirishadi, natijada issiqlik ajralib chiqadi va metallning pastki qatlamlarini qizdiradi. Simlardan yasaladigan buyumlarning texnik rasmi va eskizini chizish Mashg`ulotning maqsadi: Talabalarga simlardan tayyorlanadigan buyumlarning eskizi va texnik rasmi haqida ma'lumot berish. Eskizda diametr va radiusning belgilanishini tushuntirish. Buyum eskizini bajarish usullarini, simni kesish va to`g`rilash ishlarini o`rganish. Mashg`ulotning borishi. O`quvchilarga simlar po`latdan, misdan, alyuminiydan tayyorlanishi aytilib; ularning namunasi ko`rsatiladi, so`ng buyumning texnik rasmi va eskizi nima degan savol beriladi. Bu savolga o`qituvchining o`zi javob qaytaradi. O`quvchilarga simlardan tayyorlangan bir necha buyum va uning texnik rasmlari ko`rsatilib, simlar bilan ishlash texnologiyasi foydalaniladigan asbob va moslamalarning tuzilishi tushuntiriladi. O`quvchilarga knopkani chiqarib oladigan asbob yasashni tavsiya etib, buning uchun simning bir uchini doyra shaklida bukish ikkinchi uchini sandon ustida pachoqlab, ikki qirrali egov bilan ajratish keyin uning ajratilgan Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling