1 – amaliy mashgʻulot oʻquvchilar jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash ishdan maqsad


Download 55.02 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1757229
  1   2
Bog'liq
1Oʻquvchilar jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash


1 – AMALIY MASHGʻULOT


OʻQUVCHILAR JISMONIY RIVOJLANISHINI GIGIYENIK BAHOLASH


Ishdan maqsad: Antropometrik koʻrsatkichlarini tekshirish usullarini oʻrganish va olingan natijalar asosida oʻquvchilar rivojlanganligini gigienik baholash.
Oʻquv jihozlari: Tarozi, boʻy oʻlchagich, santimetrli lenta, spirometr, qoʻl dinamometri.
Nazariy qism:
Antropometrik koʻrsatkichlar somotoskopik, somotometrik va fiziometrik tekshirish oʻtkazish orqali aniqlanadi.
1. Somotoskopiya (tashqi kuzatish)da terining elastikligi, skelet muskullarining rivojlanganligi, skelet (koʻkrak qafasi, oyoqlar qomat)ning normada rivojlanganligi aniqlanadi? bunda:
a) terini elastikligi bosh va koʻrsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qoʻyib yuborish yoʻli bilan aniqlanadi, ya’ni terini qoʻyib yuborganda terida hech qanday iz qolmasa elastikligi yaxshi hisoblanadi;
b) skelet va muskullarning rivojlanganligi koʻz orqali aniqlanadi, ya’ni skeletda normadan chetlanishlar boʻlmasa, muskullar shakli bilinib tursa (teridan boʻrtib chiqqan boʻlsa) rivojlangan hisoblanadi;
v) koʻkrak qafasining shakli koʻz orqali kuzatilib, silindrsimon, konussimon, yassi shakllari aniqlanadi;
g) oyoqlar shakli tizza va toʻpiqning tegib turishi orqali aniqlanadi, ya’ni son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib tursa normal, toʻpiqlar bir-biriga tegib turganda boldirlar tegmasi O shaklidagi oyoq va tizzalar tegib turganda boldirlar hamda toʻpiq tegmasa X shaklidagi oyoq hisoblanadi;
d) yassi oyoqlilik oyoq izi shakliga qarab aniqlanadi, ya’ni oyoqning chetlarining izi tushib, oʻrta qismini izi tushmasa normal, barcha qismining izini tushishi yassi oyoqlilik hisoblanadi;
e) qomatning shakli koʻz orqali kuzatilib, normal, egilgan (boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, koʻkrak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan), lordoz (umurtqaning bel qismi normadan koʻproq oldinga bukilgan qorin chiqqan), kifoz (kuraklar qanotga oʻxshash koʻtarilib turadi, bukir holat), skolioz (yelkalarining biri past, biri baland) qomat shakllari aniqlanadi.
2. Somotometriyada boʻyning balandligi (tik va oʻtirgan holda) vazni, koʻkrak qafasining aylanasi, bosh aylanasi oʻlchanadi.



3. Fiziometriyada fiziologik koʻrsatkichlar aniqlanadi? bunda:
a) spirometr yordamida oʻpkaning tiriklik sigʻimi oʻlchanadi va quyidagi jadval bilan solishtiriladi:



Havo turi

Havo miqdori (ml)

Nafas olish havosi

500

Qoʻshimcha havo

1500

Rezerv havo

1500

Oʻpkaning tiriklik sigʻimi

3500

b) qoʻl dinamometri yordamida muskullar kuchi oʻlchanadi va quyidagi jadval bilan solishtiriladi.





Yosh

Oʻng qoʻl

Chap qoʻl


Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling