1- amaliy mashgʻulot tarmoqlanmagan elektr zanjirlarini xisoblash


Download 57.5 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1209668
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot


1- Amaliy mashgʻulot


TARMOQLANMAGAN ELEKTR ZANJIRLARINI XISOBLASH
Isdan maqsad: Oʻzgarmas tok elektr zanjirida tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik kabi kattaliklarni turli holatlarda hisoblash usullarini oʻrganish.


Mashgʻulotni tushuntirish. Elektr zanjirlarini hisoblashdan asosiy maqsad tokni zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa Om va Kirhgof qonunlaridan foydalanib hal etiladi.


1-masala. Elektr yurituvchi kuch E=18 B va ichki qarshilik r=0,25 Om boʻlgan elektr energiya manbaasiga qarshiligi R=5,75 Om boʻlgan energiya iste’molchisi ulangan. Zanjir sxemasi chizilib, qiyidagilar aniqlansin;
1) manbaning tashqi qismlaridagi kuchlanish va uni F.I.K i aniqlansin.
2) kuniga 7 soat ishlab 30 kun davomida iste’molchida ishlatilgan elektr energiyasi narxi hisoblansin, agarda elektr energiyasini bahosi 1 kVt/s uchun 145 soʻm boʻlsa.
Echish:
1.Zanjirni sxemasini tuzamiz.
2.Zanjirdagi tok miqdorini aniqlaymiz.
Om qonunidan Ma’lumki, manbaaning tashqi qismlaridagi

Kuchlanish iste’molchidagi kuchlanishga teng boʻlib manbaa EYUK sidan manbaani ichki kuchlanishi tushuvidan Ir0 miqdorga kam boʻladi, ya’ni
3. U=IR=E-Ir0=18-3∙0,25=18-0,75=17,25 V.
4.Manbaaning FIK i iste’molchini quvvati (P2) ni manbaani quvvati(P1)ga nisbatiga teng.







5.Iste’molchi 30 kun davomida ishlagan vaqtini topamiz. T=30∙7=210 soat
6.Sarflangan energiya quyidagicha topiladi. W=P2∙t=I∙n∙t=3∙17,25∙210=10,7675 kBt∙s
7.Sarflangan elektr energiyasi narxi P= W∙E=10,7675∙395=4253,16 soʻm.


Uyga vazifa; manbaning ichki qismlaridagi kuchlanish va uni F.I.K i aniqlansin.


2-masala. Oʻzgarmas tok generatori, akkumuliyator
batareyasi va ikkita R1 va R2 qarshiliklar tarmoqlanmagan
zanjirni tashkil qiladi. Generator EYUK i E=120 B ichki
qarshiligi r01=1 Om, batareya EYUKi 72 B ichki
qarshiligi r02=3 Om, R1=16 Om, R2=12Om.
Zanjirdagi tok topilsin: a) G va B mos ulanganda:
b) G va B qarama-qarshi ulanganda:


Echish:
1. Masala sharti boʻyicha sxema tuzamiz.
2. Sxemadan malumki, generator va akkumuliyator batareyasi mos ulangan boʻlib zanjirni ekvivalent EYUK si E= E1+E2= 120 +72=192 B
3. Ekvivalent ichki qarshilik r0=r01+r02=1=3=4 Om
4. Yuklamaning ichki qarshiligi R=R1+R2=16+12+26
5.Zanjirdagi tok
6. Generptor quvvati. P12=E1∙I=120∙6=720 Bt.
7. Quvvatlar balansini tuzish uchun zanjirni har bir elementi uchun quvvatni topamiz.
8. Akkumuliyator batareyasi quvvati P34=E2∙I=72∙6=432 Bt.
9. Generator ichidagi quvvat P01=I2∙r01=62∙1=36 Bt.
10. Akkumuliyator batareyasi ichidagi quvvat P02=I2∙r01=62∙3=108 Bt.
11. R1 qarshiligidagi quvvat sarfi P23=I2∙R1=62∙16=576 Bt.
12. R2 qarshiligidagi quvvat sarfi P14=I2∙R2=62∙12=432 Bt.
13. Quvvatlar balansi (energiya manbaalarini umumiy quvvati qabul qilingan quvvatlar yigʻindisi); P12+P34=P01+P02+P23+P; 720+432=36+108+576+432
Uyga vazifa; Generator va akkumuliyatorlarni qarama-qarshi ulangandagi masala yechimi mustaqil bajarilsin (E1=220 v; E2=127 v). Ikkala holat uchun generator qismlaridagi va batareyadagi kuchlanish va R1 va R2 qarshiliklarni xar biridagi kuchlanishlarni aniqlansin.
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling