1- amaliy mashg'uloti Mavzu: Tarmoq qurilmalari va kommunikasiya vositalari. Edraw Max dasturi Ishdan maqsad


SPP (Standart Paralell Port) — bir yo’nalishli port, to’laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi. Nibble Mode


Download 22.76 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi22.76 Kb.
#1764771
1   2
Bog'liq
1- amaliy mashg\'uloti Mavzu Tarmoq qurilmalari va kommunikasiya

SPP (Standart Paralell Port) — bir yo’nalishli port, to’laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi.
Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo’nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
Byte Mode — Ba`zida qo’llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.
EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda
ESR (Extended Capabilities Port)— ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo’shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma
Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch - qo’shmoq, qayta ulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo’ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog’lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.
Yuqorida keltirilgan port va kommutatorlar orqali mahalliy tarmoqqa qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Bunday qurilmalardan ommalashganlari modem, printer va veb kameradir.
Edraw Max dasturi
Edraw Max dasturi Sizga blok-sxema, ko’rsatkishli xaritalar, chizmalar, grafiklar, taqdimotlar, tashkiliy diagrammalar, tarmoqli diagrammalar, ishchi diagrammalar kabilar tipidagi professional darajadagi diagrammalarni yaratishga va ko’proq tushunish, hujjatlashtirish, axborotlar tahlili hamda tasavvur uchun yordam beradi. Dastur interfeysi Microsoft Office vositalarini juda eslatadi. Boshqarishning barcha elementlari va uskunalari mavzuli qolip asosida bo’laklangan, rang-barang sarlavhalar va tuzatma oynasining qulay rasmiylashtirilgani esa sizning dastur bilan muloqot qilish tajribangingizni yanada boyitadi.
Dastur vektorli va rastrli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lib, avvalombor ikki mingdan ko’proq turli xil belgilar, katta miqdordagi keng qamrovli qoliplar, shakllar, ko’rsatkichlar va figuralarni o’z ichiga oladi. Edraw Max dasturi Office Word yoki Excel dasturlar kabi foydalanuvchi uchun murakkab emas.Hulosa qilib aytganda, bu dastur kompyuter savodxonligi turli darajada bo’lgan har xil mutaxassislikdagi kishilarga yaqindan yordam beradi.
TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR:
1. Mahalliy tarmoq qurilmalariga qanday vositalar kiradi?
2. Tarmoq adapterlari nima?
3. Tarmoq adapterlarining vazifalari qaysilar?
4. Informatsion teõnologiyalarda portlarning vazifasi
5. Qurilmali (apparatli) portlarga qaysilar kiradi?
6. Kiritish- chiqarish portini qanday vositalar tashkil etadi.
7. Tarmoqli port nima?
8. IEEE 1284 qanday qurilma?
9. ESR nima?
10. Edraw Max dasturi yordamida kompyuter tarmoqlarini yasang.
11. Tarmoq loyihasini tushuntirib bering.
Download 22.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling