1- boshlovchi:— Xalqim, buyuk o'g'ling, buyuk shoh o'g'ling,Boburing qalbida bir armon qoldi.Nolasi kuydirar toabad bag'ring,Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.2- boshlovchi: — Zahiriddin Muhammad Bobur turk va tors tillarida samarali ijod qilgan buyuk iste’dod egasi edi. U ruboiy, tuyuq, qit’a, masnaviy, fard kabi janrlarda go'zal asarlar yaratdi. Ularni to'plab ikki — «Hindiston devoni» va «Kobul devoni»ni tuzdi. Ammo «Kobul devoni» hozirgacha topilgan
emas.1- boshlovchi: — Bobur chuqur falsafiy ma’noga ega
ruboiylari bilan adabiyotimizda alohida o'rin egallaydi. Ichki kechinmalar, goho shodlik, goho g'amgin kayfiyatlarning to'rt misrada mukammal ifodalanishi uning o'tkir ruboiyshunos shoir ekanligidan dalolat beradi.1- o'quvchi:— Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.Yaxshi kishi ko'rmagay yamonliq hargiz,Har kimki yamon bo'lsa, jazo topqusidur.2- o'quvchi:— Ko'pdin berikim, yor-u diyorim yo'qtur,Bir lahza-yu, bir nafas qarorim yo'qtur.Keldim bu sori o'z ixtiyorim birla,Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur.2- boshlovchi: — Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburshe‘riyati 0‘zining nodir va badiiy qimmati bilar ham adabiyotimizda katta o'rin egallagan. «Boburnoma» esa tebaho tarixiy badiiy asar sifatida dunyo miqyosida tan olingan.1- boshlovchi: — Sevimli adibimiz Pirimqul Qodir jvning Yulduzli tunlar» yoxud «Bobur», «Avlodlar dovoni», «Ни noyunva Akbar» kabi tarixiy romanlari biz sevgan shoir Bobur hayoti va ijodi, Hindistonda и asos solgan qudratli saltanat vakillari Boburiylar sulolasi haqida keng ko‘lamga ega arixiy ma’lumotlarni bera oladi. Bu asarlarni o‘qir ekanmiz, buyuk shoirimizga mehrimiz yanada oshadi.2- boshlovchi: — Hurmatli ustozlar va qadrli ota-( nalar, shuning bilan shoh va shoir Bobur tavalludiga bag'ishl angan bugungi kechamiz o'z nihoyasiga yetdi. Xayr, doimo sog‘u salomat bo'ling!(Kecha Boburning «Yaxshiliq» qo‘shig‘ining davomi bilanyakunlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |