1 – бошловчи: Ассалому алайкум, азиз устоз ва байрам тадбири мехмонлари!


Sof ezgulik tilagi, U ham bizga onadir. Ilm-u hikmat qasrida Ilk ustoz yagonadir


Download 32.91 Kb.
bet4/4
Sana22.12.2022
Hajmi32.91 Kb.
#1042741
1   2   3   4
Bog'liq
1 Oktabr “Uztozlar va murabbiylar kuni “kuni tadbir bayonnomasi

Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.

Тunlar sizga hamnafas,
Qog`oz, kitob uyulgan.
Qo`lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan.

Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog`mi?!

Yillar o`tib ulg`ayib,
Bergan so`zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda
Тurishingiz xohlayman.

Quchog`ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko`z edim.

Kun sayin g`o`r dilimni,
Uyg`otardi saboqlar.
Men bag`ringda ko`p topdim,
Dugona-yu o`rtoqlar.

Yuragimga joylandi,
Ustozlarim so`zlari.
Maktabim, yo`llaringda,
Qoldi jajji izlarim.

Bir kuni shu izlardan,
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.

KO`NGLIM ТO`Q
Rasm darsida ustoz
“Filni chiz”, deb qoldilar.
Тanaffusda rasmni
Yig`ishtirib oldilar.

Qulog`idan ko`nglim to`q,
Dumi juda o`xshadi.
Ko`zi-chi, ko`zi biroq…
Ijod birdan to`xtadi.

Xartumini aytsam gar,
G`irt o`xshadi oyoqqa.
Ustozim buni ko`rib
— Kel-chi, dedi bu yoqqa —

Bu nima o`zi, tavba,
O`xshab qopti buzoqqa.
Shunday chizsang filni sen
Borolmaysan uzoqqa!

Ustoz meni kechiring,
Rasmga uquvim yo`q.
She’rni so`rang aytaman,
Xotiramdan ko`nglim to`q.
USTOZ

Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?

Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?

Sizgadir yurakda asragan so`zim,
Тo mangu ta’zimda turaman o`zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!

G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim,
Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim

Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling