1- Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mehanizmni qo'llashga asoslanadi. Bu usullar ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usulari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfatlarini aniqlash va rostlash yoli bilan ijtimoiy munosabatni tartibga solish va uygunlashtirish maqsadida qollaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar ozaro majburiyatlar ishchilarni tanlash taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojni qondirish kiradi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yoli bilan kishilar o'rtasidagi munosabatni tartibga solishga qaratilgan. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish mehnatni insoniylashtirish malakali kadrlar tanlash va ularni o'qitish va boshqalar misol boladi. 2. Sotsial psixologiya- bu kishilar va jamoa faoliyati psihologik va sotsial omillarning o'zaro aloqasi qonunlarini turli sotsial guruhlar hususiyatlarini jamoa muloqoti va o'zaro tasir korsatish shakllarini o'rganadigan fanning sohasidir. Bu usulning asosiy maqsadi jamoada soglom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. 3. Boshqaruvning ijtimoiy psixologik usullari ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik hususiyatiga tasir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning mamuriy usul bu aniq belgilangan tartib qoidalar usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |