1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari


Download 35.55 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi35.55 Kb.

 

1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash 

Darsning maqsad va vazifalari: 

 



o'quvchilarga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

 



o'quvchilarning tasviriy malakalarini rivojlantirish

 



o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish. 

Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash. 

Darsning jihozlanishi: O'zbekiston bayrog'i. 

Dars tafsilotlari: 

I. 

Darsga  tayyorgarlik:  Dars uchun  yetarli  miqdorda  zarur  ashyolar  hozirlanadi.  O'zbekiston  bayrog'i  tegishli  joyga 

osiladi. Doskaga dars mavzusi va tegishli ma'lumotlar yozib qo'yiladi. 



II. 

Dars  mavzusiga  kirish:  O'zbekiston  bayrog'i  rasmini  ishlash  bilan  bog'liq  bo'lgan  darslikdagi  fotosurat,  rasm  va 

savollar asosida suhbat o'tkaziladi. 

Unda  1-sentabr  -  O'zbekiston  Respublikasining  Mustaqilligi  kuni  ekanligi,  bu  kunni  1991-  yildan  buyon  bayram 

qilinishi aytib o'tiladi. O'quvchilar bu yilgi bayramni qanday o'tkazganliklari, ko'chalar nimalar bilan bezatilishini savol-

javoblar orqali bilib oladilar. 

O'zbekiston Respublikasi bayrog'i, uning qabul qilingan sanasi, undagi ranglarning ma'nosi o'quvchilar yodiga 

tushiriladi. Bunda quyidagicha savol-javob o'tkazish mumkin: 1. O'zbekiston Respublikasining qanday ramzlarini 

bilasiz? 

-O'zbekiston Respublikasining ramzlari - O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i, Davlat gerbi. 

-O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qachon qabul qilingan? 

-O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - 1991-yil 18- noyabr kuni qabul qilingan. 

-Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang qanday ramziy ma'noni bildiradi? 

Davlatimiz bayrog'idagi ranglar: moviy rang - tiriklik ramzi aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. U timsollar 

tilida  yaxshilik  va  halollikni  bildiradi,  oq  rang  esa  poklik,  beg'uborlik,  soflikni,  yashil  rang  -  navqironlik,  umid  va 

shodumonlik timsoli, qizil chiziqlar -hayotiy kuch va qudrat ramzi hisoblanadi. 

Asosiy qism: 

1.  Ma'lumki,  rasm  ishlash  narsa  tasvirini  qog'oz  yuzasiga  to'g'ri  joylashtirishdan  boshlanadi.  Tasvirlanadigan 

narsaning bo'yi va eni o'zaro taqqoslanib, bo'yi enidan katta yoki teng bo'lsa, u qog'ozning bo'yiga, aksincha, bo'yi 

enidan  kichik  bo'lsa,  tasvir  qog'ozning  eniga  joylashtiriladi.  Tasvir  qog'ozning  o'rtasiga  joylashtirilishi  lozim.  U  kata 

ham, kichik ham bo'lmasligi kerak. 

O'qituvchi  tomonidan  qog'oz  o'lchami  va  holatini  to'g'ri  tanlash  va  bayroq  chizishning  darslikda  berilgan 

bosqichlari  bo'yicha  ishlash  tushuntiriladi  va  chizib  ko'rsatiladi.  Mazkur  darsda  naturadan  rasm  ishla-nishi  sababli 

o'quvchilar bayroq chizish bosqichlari bilan tanishganlaridan so'ng darsliklar yopib qo'yiladi. Narsaning o'ziga qarab 

rasm chizish tasviriy san'at mashg'ulotlarining asosiy turi hisoblanadi. U o'quvchilarning narsani tuzilishi, shakli, rangi, 

materiali,  fazoviy  holati  to'g'risida  aniq  tushunchaga  ega  bo'lish  ko'nikmalarini  o'stiradi.  Narsa  rasmini  chizishdan 

avval, uni har jihatdan kuzatish narsa haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. O'qituvchidan chiziladigan 

bayroqni sinfda hamma o'quvchilarga ko'rinarli qilib o'rnatish talab qilinadi.

 

 

2.  O'quvchilar  doskaga  ilingan  O'zbekiston  bayrog'iga  qarab  mustaqil  rasm  ishlashga  kirishadilar.  Dastlab  ular 



darslikda  berilgan  qalam  bilan  chamalab  bayroq  o'lchamlarini  va  tasvirning  qog'ozdagi  o'mini  aniqlaydilar.  Bunda 

ularga  o'qituvchi  yordam  beradi.  Sinfda  bayroq  rasmini  ishlashning  qora  qalamda  bajariladigan  bosqichlari 

ko'rsatiladi. O'qituvchi bu vaqtda o'quvchilar bajarayotgan ishlarni kuzatab yuradi, ularga maslahatlar beradi. 

Darsga  yakun  yasash:  Dars  mavzusi  darsdagi  savollar  yordamida  takrorlanadi.  Amaliy  mashg'ulotni  yaxshi 

bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. 



II.  Uyga  vazifa:  Sinf  ishini  yakuniga  yetkazish.  Agarda  u  sinfda  yakuniga  yetkazilgan  bo'lsa,  uyga  bironta 

to'rtburchakli narsalardan birining rasmini ishlash topshiriladi. 

 

 

 



Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun 

+998902295952 

telefon 

raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega bo’ling! 

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin. 

P.S. Sizning to’lovingiz  

www.entt.uz

 

loyihasi rivoji uchun sarflanadi. 

 

Narxi: 15000 sum 

 


 

2-3- darslar. Mavzu: «Bizning maktab» mavzusida rasm ishlash 

Darsning maqsad va vazifalari: 

 



o'quvchilarning badiiy-ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish; 

 



ularning kuzatuvchanligi va xotirasini o'stirish; rasm ishlash malakalarini takomillashtirish. 

Tasviriy faoliyat turi: Naturaga qarab rasm Ishlash. 

Darsning jihozlanishi: Maktab va boshqa binolar aks ettirilgan rasmlar, chizish bosqichlarini ko'rsatuvchi 

rasm. 


Dars tafsilotlari: 

I. Uyga  berilgan  vazifani  tekshirish:  O'tgan  darsda  uyga  vazifa  qilib  berilgan  topshiriqlar  tekshiriladi, 

ba'zi ishlar baholanadi va namoyish qilinadi. Iqtidorli o'quvchilar ishi ham tekshiriladi va ularning muallifflari 

rag'batlantiriladi. 

II.  Dars  mavzusiga  kirish:  Respublikamizda  o'quvchilarning  ta'lim  olishlari  uchun  barcha  sharoitlar 

yaratilganligi,  ular  zamonaviy  maktablarda  tahsil  olayotganliklari  aytib  o'tiladi.  O'quvchilar  maktab  binosi 

fotosurati  va  tengdoshlari  chizgan  rasm  bilan  tanishtiriladi  va  bino  tuzilishi  haqida  suhbat  uyushtiriladi. 

Fotosuratda, asosan, to'rtburchak shakllari va to'g'ri chiziqlar borligi ta'kidlanadi. Binoning rasmini ishlash 

bosqichlari namoyish etiladi. 

 

III. Asosiy qism: 

1. Topshiriq bayoni. Dars maktab hovlisida o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga oddiy qalam yordamida 

rasm  chizish  yo'llarini  eslatib  o'tadi.  Qalam  uchini  chiqarish  va  qalamdan  foydalanish  qoidalari  eslatiladi. 

Dastlab  qalam  bilan  chiziqlar  chizish  mashqi  o'tkaziladi.  Mashqlaming  sinfda  bir  necha  marotaba 

takrorlanishi  maqssjdga  muvofiq  bo'ladi.  So'ngra  bino  tasvirini  qalamda  chizish  darslikda  berilgan 

bosqichlar asosida o'rgatiladi. 

Kamalak jilosi aks etgan rasm yordamida undagi ranglar haqida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. 

O'quvchilar  e'tibori  tabiatdagi  va  san'atdagi  ranglarning  o'zaro  bog'liqligiga,  ranglarni  ko'ra  bilish  kabi 

muhim  masalalarga  qaratiladi.  Kamalakning  7  xil  rangli  joylashuvining  doimiy  ketma-ketligi  buzilmasligi 

ta'kidlanadi va ular o'quvchilar tomonidan eslab qolinishiga sharoit yaratish lozim bo'ladi. 

Ranglarning  ramziy  ma'nolari  haqida  savol-javob  o'tkaziladi.  Javoblar  o'qituvchi  tomonidan 

umumlashtirilib, yashil - ona tabiat, yangilanish; moviy rang  - osmon, koinot, tinchlik; qizil  - ga'laba, olov, 

shodlik; sariq - muqaddaslik, yorug'lik, quyosh; qora - motam, qo'rquv, tushkunlik; oq - poklik, ozodlik, baxt 

ramzi ekanligi ta'kidlanadi. 

2. Amaliy mashg'ulot; ikkinchi sinf o'quvchilari rasm chizishda endigina ko'nikma hosil qilayotganlarini 

inobatga olib, maktab binosi shartli ravishda yassi deb qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun o'quvchilar 

imkon  boricha  maktab  binosi  to'g'risiga  o'tqazilishi  kerak.  O'quvchilar  maktab  hovlisiga  chiqib  «Bizning 

maktab»  mavzusida  naturaga  qarab  rasm  chizishga  kirishadilar.  O'qituvchi  aylanib  yurib  o'quvchilarga 

amaliy yordam va maslahatlar beradi. 

 

IV. Darsga yakun yasash: Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil 

qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. 

 

 

 



 

 

4-dars. Mavzu: Yo'lsimon naqsh ishlash 

Darsning maqsad va vazifalari: 

 



o'quvchilarga yo'lsimon haqshlar haqida ma'lumot berish; 

 



yo'lsimoh naqshlarni ishlashning o'ziga xos xususiyatlari va uning ahamiyati bilan tanishtirish; 

 



o'quvchilarning tasviriy malakalarini o'stirish; 

 



badiiy bilim doirasini kengaytirish; 

 



ularni estetik va badiiy didlarini rivojlantirish. 

Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya. 

Darsning jihozlanishi: Naqshlar aks etgan buyumlar rasmlari va naqshlangan buyumlardan namunalar, 

shu mavzuda parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan naqsh namunalari. 



Dars tafsilotlari: 

I.  Dars  mavzusiga  kirish:  Darsni  ustalar  tomonidan  ishlangan  naqsh  namunalari,  naqsh  bilan  bezatilgan 

tayyor  mahsulotlar,  tarixiy  obidalarga  ishlangan  naqsh  bezaklari  misolida  savol-javob  orqali  suhbat  qilish 

bilan  boshlash  maqsadga  muvofiq.  Suhbat  davomida  «Naqsh»  -  arabcha  so'z  bo'lib,  tasvir,  gul  degan 

ma'noni anglatishi, u o'simliklar, handasaviy (geometrik) belgilar, mevalar tasviri asosida ishlanishi ularning 

takrorlanishidan  hosil  qilingan  bezaklar  naqsh  deb  atalishi ta'kidlanadi.  Har  qanday  naqshlarning  belgilari 

tevarak-atrofdan olinganligi haqida tushuncha beriladi. Respublikada ko'zga ko'ringan naqsh ustalari haqida 

ayrim  muhim  ma'lumotlar  beriladi.  Xususan,  Usta  Shirin  Murodov  (1897-  1957)  haqida.  U  O'zbekiston 

Fanlar  akademiyasining  faxriy  a'zosi,  O'zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  san'at  arbobi,  me'mor,  ganch 

o'ymakorligi ustasi. Ganch o'ymakorligining an'analarini mahorat bilan qo'llagan, ularni yangi mazmun bilan 

boyitgan  (naqsh  zaminida  ko'zgudan  foydalangan).  Usta  Shirin  Murodov  Toshkent  kuranti,  Navoiy  teatri, 

Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va boshqa tarixiy obidalarni bezatishda ishtirok etgan. 

O'quvchilar  naqsh  chizishning  o'ziga  xos  xususiyatlari,  uning  ahamiyati  bilan  tanishtiriladi.  Tarixiy 

obidalar,  uy-ro'zg'or  buyumlari,  turli-tuman  jihozlardagi  naqshlar  tahlili  orqali  dars  tushuntiriladi.  Naqsh 

turlari haqida o'quvchilarning fikrlari tinglanadi. 



 

II. Asosiy qism: 

1.  O'qituvchi  tomonidan  turli  naqsh  namunalari  darslikdagi  va  darslikda  berilmagan  qo'shimcha 

materiallar yordamida ko'rsatiladi. Naqshlarning yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi 

va ularning bir-biridan farqi aytib o'tiladi. Yo'lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va 

bo'yalishi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Oddiy naqsh chizish uchun, avvalo, ikkita o'zaro parallel chiziqlar 

chiziladi  va  birxil  kattalikdagi  kvadratchalarga  bo'linadi.  Birinchi  katakka  asosiy  naqsh  chiziladi.  Keyingi 

bosqichda  asosiy  naqsh  takrorlanib,  yo'lsimon  naqsh  to'ldiriladi.  Bunday  bir  xildagi  takrorlanishdan  htm 

hosil bo'ladi. So'ngra naqsh xoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo'yaladi. 

2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar namunalarga asoslangan holda yangi  yo'lsimon naqsh namunalarini 

ishlaydilar. O'qituvchi o'quvchilar ishini kuzatadi va amaliy yordam ko'rsatadi. 



 

III. 

Darsga yakun yasash: Dars jarayonida fikr yuritilgan tushunchalar savollar yordamida takrorlanadi. 

Amaliy  mashg'ulotni  yaxshi  bajargan o'quvchilar ishlari  namoyish etiladi va  tahlil  qilinadi.  O'quvchilarning 

ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. 

 

 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling