1- keys topshiriq


Download 30 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi30 Kb.
#174476
Bog'liq
keys sugurta


1- KEYS TOPSHIRIQ

Baxtsiz hodisada natijasida jabrlanuvchi su’gurta qoplamasi olish uchun sug’urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Sug'urta kompaniyasida mijoz “Transport vositalari egalarininig fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish” qoidalariga muvofiq javobgarligi sug'urtalangan.Sug'urtalovchi baxtsiz hodisada javobgar shaxs mast holatda bo'lganligini aniqladi.


Savol:

1.Sug'urtalovchi to’lovni rad etish huquqiga egami?

Ha mukin sababi ,“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-155-sonli qonunidagi qarorga asosan :

Jabrlanuvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda sug‘urtalovchi voqeaning muhim holatlari aniqlanmay qolganligi uchun tovon to‘lashga majbur emas.

Quyidagi haydovchi:

-uchinchi shaxsga zarar yetkazilishini qasddan yuzaga keltirgan;

-transport vositasini alkogolli ichimlik ichish yoki giyohvand modda iste’mol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu bilan sug‘urta voqeasini yuzaga keltirgan;

-transport vositasini boshqarishga ruxsatnomasi bo‘lmagan;

-transport vositasidan uning egasining ra’yiga qarshi foydalangan va ushbu transport vositasi bilan zarar yetkazgan haydovchi to‘langan sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchiga qaytarishga majburdir.

Demak, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-155-sonli qonunidagi qarorga asosan, agar haydovchi transport vositasini alkogolli ichimlik ichish yoki giyohvand modda iste’mol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu bilan sug‘urta voqeasini yuzaga keltirgan bo’lsa, jablanuvchiga sug’urta qoplamasini to’lashga majbur emas.

2. Oxir oqibat yetkazilgan zararni kim ko'taradi?



Jabrlanuvchi ya’ni haydovchining o’zi yetkazilgan zarani ko’taradi.
2- KEYS TOPSHIRIQ

Vaziyat quyidagicha edi sug'urtalangan shaxs oshqozonida kuchli og'riqlar bo'lgan sababli sug'urta kompaniyasini qo’ng’iroq qiladi va uni zudlik bilan shifokor ko’rigiga yozishni so'raydi. Shunday qilib, o'sha kuni sug'urta kompaniyasining aloqa markazida qiyinchiliklar yuzaga keldi va mijoz bn 2 soat avomida aloqa o’rnatolishmadi . Sug’urtalangan shaxs ozi klinikaga qo’ngiroq qilishga majbur boldi va shifokor korigidan otgandan so’ng o’sha kuni o’t pufagida jarrohlik amaliyotini boshdan o’tkazadi. Keyinroq sug’urta kompaniyasiga pulni qaytarub berishni so’rab murojaat qiladi.


Topshiriq

Nega sug'urta kompaniyasi kompensatsiyani to'lamadi?



Shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi - Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom haqida bo‘lib, uning 1-ilovasini bunga asos qilib keltirish mumkin:



Sug‘urta faoliyati KLASSIFIKATORI1

  1. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i

IV klass

Sog‘liqni sug‘urta qilish

Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki sug‘urta qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo‘qotganda sug‘urta summalari to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas

2.Umumiy sug‘urta tarmog‘i

2-klass

Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish

Sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi to‘lanishini yoki kasallik yoki sog‘liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug‘urta turlari jami, biroq hayotni sug‘urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo‘yicha shartnomalarni istisno qilgan holda



1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi - Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom haqida bo‘lib, uning 1-ilovasi

Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling