1-§. Kirish. «GO'RO'G'lining tug'ilishi>> «GO'RO'G'lining tug'ilishi» dostoni haqida


Download 58.19 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1551028
Bog'liq
3= go\'r qosh yu hx


1-§. KIRISH. «GO'RO'G'LINING TUG'ILISHI>>
«GO'RO'G'LINING TUG'ILISHI» DOSTONI HAQIDA
1. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?
Elig bir kun o'ldurdi yangluz o'zun
Kemishti kitob, o'tru baqti ko'zin.
A) «Qutadg'u bilig»>
B) <>
D) <>
C) «Hibat ul-haqoyiq>>
2. Quyidagi hadisda nuqtalar o'rniga mos so'zni qo'ying.
«... agar siz yaxshi narsalarni ko'rib xursand bo'lsangiz va, aksincha,
yomon narsani ko'rib ranjisangiz, haqiqiy... ekansiz»>.
A) er kishi
B) mard kishi
C) olim
D) mo'min
3. Quyidagilardan qaysi ijodkor inson ma'naviyatini boyitishga har qanday
adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan
asarlargina xizmat qila olishini alohida ta'kidlaydi?
A) Lutfiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) A. Yugnakiy
D) A. Navoiy
4. «Qut belgusi - bilig» (Har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir) degan
maqolning turkiy xalqlar og'zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol
iste'molda bo'lganini kimning asaridan bilib olishimiz mumkin?
A) Mahmud Koshg'ariy
B) Y.X. Hojib
C) A. Yugnakiy
D) M. Zamaxshariy
5. Quyidagi fikrlar Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
O'z vujudingg'a tafakkur aylagil,
Har ne istar sen o'zingdan istagil.
A) «Lison ut-tayr»da
B) «Farhod va Shirin»>
C) «Layli va Majnun»da
D) «Hayrat ul-abror»>
6. Quyidagilardan qaysi adib o'z asarida elchi - diplomat lavozimidagi kishi
uchun asosiy fazilat ko'p kitob o'qish va so'zning mohiyatini bilishdan
iboratligini yozadi?
A) Lutfiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy
D) Ahmad Yassaviy
7. Yusuf Xos Hojib o'zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy
yo'ldoshi sifatida tasvirlaydi?
A) O'zg'urmishni C) Kuntug'dini
B) Oyto'ldini D) O'gdulmishni
8. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun»
qizi uchun maktab ochib beriladi?
asarida qaysi qabila boshlig'ining
A) Hay qabilasi boshlig'i
B) Bani Omar qabilasi boshlig'i
C) Qipchoq qabilasi boshlig'i
D) No'g'ay qabilasi boshlig'i
9. Turli fan sohalaridan boxabar bo'lgan Farhod, atrofidagi qizlarning
barchasi hayoli va oqila, har bir san'atda mohir bo'lgan Shirin obrazlari qaysi
ijodkor qalamiga mansub?
A) Ahmad Yassaviy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy
D) Alisher Navoiy
10. Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi,
shijoati, go'zal xulqi bilan ajralib turadi?
A) Alisher Navoiy C) Ahmad Yugnakiy
B) Yusuf Xos Hojib D) Bobur
11. Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati,
kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o'qishiga alohida urg'u beradi?
A) otasi
B) onasi
C) opasi
D) do'sti
12. Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug'laydigan imon, karam,
adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon
qilinadi?
A) «Lison ut-tayr»da
B) «Farhod va Shirin»da
C) «Layli va Majnun»da
D) «Hayrat ul-abror»da
13. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida «BuL otingiz yaxshi, bul otingiz
yomon»> deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?
A) To'liboy sinchi
B) Ravshanbek
C) Ahmadbek
D) Urayxon
14. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi
qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi?
«Mening bir o'yim bor. Yovmit yurtidan Odilxon podshoni yo'q qilaman,
qo'rg'onini qulataman o'ligini silataman, xazinasini oʻlja qilib sizlarni
talataman»>.
A) Shohdorxon
B) Jig'alixon
C) Gajdumbek
D) Qovishtixon
15. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi
qahramonga tegishli?
«Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmatlik lozim
emas edi-ku. Podsholar yurishni, turishni oldin elchilar bilan bildirib,
elchiga ko'nmasa, so'ngra safar qilib kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir
qoida bo'lib kelayotgan edi...>>
A) Odilxonga C) Qovishtixonga
B) Shohdorxonga D) Holmonga
16. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon mag'lub bo'lib,
mullavachchalarni qo'yib yuborishga buyruq berganida, tashqaridan kimlar
mullavachchalarning ichiga qo'shilib oʻlja bo'lib ketadilar?
A) Jig'alixonning o'g'li Gajdumbek va qizi Bibi Hilol
B) Qovishtixonning qizi Bibi Oysha va o'g'li Jig'alixon
C) Qovishtixonning qizi Bibi Oysha va o'g'li Ravshanbek
D) Jig'alixonning qizi Bibi Hilol va o'g'li Gajdumbek
17. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada nuqtalar
o'rniga mos ismlarni qo'ying.
«...... ni o'g'il qilib olaman deb, har kuni tong otguncha uning kokilini
yetti martaba o'rib, har o'rganda mushkning suvini berar edi. U ham bir
bola bo'ldiki, ko'rganlar havasda, ko'rmaganlar armonda, kamsiz, suluv-
xushro'y»>.
A) Hamza, Bibi Hilol
B) Shohdorxon, Gajdumbek
C) Hamza, Ravshan
D) Shohdorxon, Bibi Hilol
18. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxonning tushiga kirgan
«ko'kargan chinor»ning ta'biri nima edi?
A) madrasaning ilmli mullavachchalari
B) baxtli va ko'p xalq
C) Haqning kalimasi
D) masjidda namoz o'qiyotgan fuqarolar
19. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kim haqida: «Birovlar Gajdumbekning
quli der edi, birovlar o'g'li der edi»>, - fikrlari bildiriladi?
A) Gajdumbek
B) Ravshanbek be
C) Rustambek
D) Shohdorxon
20. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi portret qaysi
qahramonga tegishli?
...qoshi qora, zulfi bo'yniga tushgan, kokili o'ziga juda ham
yarashgan, bodom qovoq, ko'rganlar bo'lur aftoda».
A) Bibi Oyshaga B) Ravshanga
D) Zaydinoyga C) Bibi Hilolga
21. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
podshohning amaldorlari tomonidan aytilgan?
«Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o'ldiramiz, kuydirib kulini
elakdan oʻtkazamiz, undan keyin sohibi xurush yo'q bo'ladi, yurt bizlarga
qoladi. Hamma yurtga shahanshoh bo'lamiz»>.
A) Gajdumbekning C) Odilxonning
B) Shohdorxonning D) Qovishtixonning
22. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida go'rda o'lib yotgan Bibi Hilol farzand
ko'rmoqchi bo'lganida kimlar madadga keladi?
A) Momo Havo, Bibi Oysha, Anbar ena
B) Fotma buvi, Bibi Oysha, Bibi Maryam
C) Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi
D) Bibi Oysha, Bibi Maryam, Momo Havo
23. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida «Bibi Hilol arvohining dod deb.
yig'lagan tovushini bilib» kim(lar) qabr oldiga keladi?
A) abdal C) ovtar
B) Xizr D) qirq chiltanlar
24. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li nimani qo'liga olgach, «Shu
mozordagi o'liklarning barini keldim, gartkam» so'zlarini aytadi?
A) ro'molni
B) uch oshiqni
C) qo'g'irchoqni
D) egarni
25. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'lini emizgan biyani toping.
A) Boychibor C) G'irot
B) Saman ot D) To'riq ot
26. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li qaysi yurtni: «Katta taraf -
dushmanimning mamlakati», - deya tilga oladi?
A) Marini B) Taka turkmanni
C) Yovmitni D) Shirvonni
27. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida: «Kir yuvaman,»>- deb Zaydinoyni
qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, hamma or-nomusga
barobar bo'ladi, siz Gulshan chorbog'da yotib turing», - deb Go'ro'g'liga kim,
nima uchun aytadi?
A) Xumoroy, Rayhon arabni yomon ko'rgani uchun
B) Xoljuvon, qiz olib qochish odati shunaqa bo'lgani uchun
C) Xoljuvon, Rayhon arab o'zini olib qochgani uchun
D) Xumoroy, Shirvonda bandi bo'lganligi uchun
28. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi so'zlarni Xoljuvon
qanday maqsadda aytadi?
Yangi olamday qilganman o'zimni,
Yo'lingga to'rt qildim shahlo ko'zimni.
Sen qanday bemazasan, yo'lovchi,
Qo'yib yubor, mahkam ushla qizimni!
A) o'ch olish maqsadida
B) Rayhon arabdan qo'rqqani uchun
C) Zaydinoyning ko'ngli undan qolmasligi uchun
D) o'z yurtiga tezroq ketish uchun
29. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'lining bobosi kim?
A) Shohdorxon
B) Odilxon
C) Qovishtixon
D) Ravshan
30. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'lining g'ayritabiiy tug'ilishi
nimaga ishora hisoblanadi?
A) nomusulmonlar-g'ayridinlar qilgan nohaqliklar o'tkinchi ekanligiga
B) kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo'lib kamol
topishiga
C) onasining e'tiqodi salomatligiga, ishonch va umidi meva berganligiga
D) kelajakda har narsaga qodir ilmli imom va kuch-qudratli sarkarda
bo'lishiga
31. «Go'ro'g'li» nomining talqinlari haqidagi to'g'ri fikrlarni toping.
1) Uning «go'r» ustuvorlik kasb etadi;
qabrda tug'ilishi motivini asoslaydigan qarashlar
2) Uning «ko'r otaning farzandi» ekanligiga urg'u beradigan yo'nalish
ham mavjud;
3) Po'lkan shoir variantida «Go'ro'g'li» nomining talqinlari haqidagi ikkala
qarashning ham ta'siri ochiq seziladi;
4) Nomning «go'r» va «ko'r»dan tashqari «kur» o'zagi ham mavjud bo'lib,
bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi;
5) «Kur»> o'zagi alp, botir, mard, kar kabi ma'nolarni ifodalaydi.
A) 1, 2, 3, 4
B) 2, 3, 5
C) 1, 2, 4, 5
D) 1, 3, 4, 5
32. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li Zaydinoyni olib qochgach,
uni kimga nikohlaydilar?
A) Rustambekka C) Gajdumbekka
B) Go'ro'g'liga D) Ahmadbekka

33. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy


kimga nopisandlik bilan javob beryapti?
G'o'non toyni o'ynatasan,
Sen ko'nglimni qabartasan.
Yuraging kuysa, yo'lovchi,
Chashmaning boshiga tushib,
O'zing suv ichib ketarsan.
A) Xoljuvonga
B) Ravshanga
C) Go'ro'g'liga
D) Gajdumbekka
34. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon portreti chizilgan?
«Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon.
Shirin so'zli, qizil yuzli, jodu ko'zli, saraton yulduzli, la'l munchoqli, oyday
suluv, oftobdan ortiq, oy desa og'zi bor, kun desa ko'zi bor»>.
A) Bibi Hilol C) Xoljuvon
B) Bibi Oysha D) Zaydinoy
35. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li 7 yoshga yetganida kim
uning tushiga kirib quyidagi so'zlarni aytadi?
Sarg'aygandir Hiloloyning siyog'i,
Sening otang Yovmit shahrining begi,
Bora solib keta bergin Yovmitga,
Rozi bo'lsin Hiloloyning arvohi,
Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim...
A) Bibi Hilol C) Ravshanbek
B) Hazrat Xizr D) Gajdumbek
36. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki
urganda sher nimta-nimta bo'lib tirqirab ketadi?
A) Rustam C) Xizr
B) Qo'ng'irboy D) Go'ro'g'li
37. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovli-
haram va mol-pullarga kim ega bo'ladi?
A) Bibi Hilol C) Shohdorxon
B) Rustambek D) Ravshan
38 «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon tasvirlangan?
«Gajdumbekning cho'ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar
bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday qilinglar», - deb
aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men borib, xo'jayinlarni ko'rib, salom
berib, yillik pullarni olib, kiyim-kechak qilib kelayin>>,
shahriga yetdi»>.
- deb Zargar
A) Hamza C) Gajdumbek
B) Rustambek D) Ravshan
39. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Hamza quini nechta tangaga
sotmoqchi bo'ladi?
A) 100 tanga
B) 1000 tanga
C) 40 tilla
D) 9 tanga
40. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi misralarni kim
kimga qarata aytgan?
Suluv qizlar burab qo'yar sochini,
Mard yigit g'animdan olar o'chini.
Bag'ring kuygandayin bo'zlab yig'laysan,
Menga aytgin yig'laganing vajini!
A) Hiloloy Gajdumbekka
B) Hiloloy Ravshanga
C) Ravshan Hiloloyga
D) Hamza Ravshanga
41. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon necha
oy yo'l yurib, o'z yurti Zargarga yetadi?
A) 2 oy B) 4 oy
C) 3 oy D) 6 oy
42. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi podshoh manmanlik qilib,
dushmanini nazariga ilmaganligi sabab yengiladi?
A) Odilxon
B) Shohdorxon
C) Qovishtixon
D) Urayxon
43. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxonning lashkari Taka-
Yovmit Urganch yurtining Asqar degan tog'iga yetib qo'nganda qaysi kun
edi?
A) shanba C) payshanba
B) dushanba D) juma
44. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Odilxon podsho: «Bu ham o'zimning
suyagimda», - deb qizini kimga nikohlab beradi?
A) To'liboyga C) Jig'alixonga
B) Qovishtixonga. D) Shohdorxonga
45. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostoni qahramoni Odilxon podshoning qizi kim
edi?
A) Bibi Oysha C) Bibi Fotima
B) Bibi Xadicha D) Bibi Hilol
46. «Go'ro'g'lining tug'ilishi»> dostonida Yovmit yurtining podshosi kim?
A) Odilxon
B) Urayxon
C) Ahmadbek
D) Qovishtixon
47. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon Odilxon podsho ustiga
qo'shin tortganda o'zining o'rniga kimni qo'yib ketadi?
A) vaziri Subyonni
B) noibi Subyonni
C) vaziri Holmonni
D) noibi Holmonni
48. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida urush vaqtida Odilxonning lashkariga
kim boshchiligida ko'p lashkar kelib qo'shiladi?
A) Nu'mon
B) Nozim
C) Nazar
D) Zamon
49. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida uchraydigan «mushk»>> nima?
A) qora tusli va xush isli dur
B) qora tusli va xush isli marvaridlar shodasi
C) qora tusli va xush isli suyuq modda
D) qora tusli va xush isli dorivor giyoh
50. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramonning iztiroblari tasvirlangan?
«Bu shaharda menda oshna yo'q g'ayridin,
Ko'p dard qo'shding yana dardning ustiga...>>
«Ajal yetib shu vaqtlarda o'lmadim,
Yovmit elning qadrini hech bilmadim»>.
A) Gajdumbekning
B) Hiloloyning
C) Ravshanning
D) Jig'alixonning
51. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramon qabristonda yurgan
chaqaloqning o'g'il yoki qizligini bilish uchun uch oshiq va egarni bir tarafga,
ikkita qo'g'irchoq va ro'molni bir tarafga qo'yib sinaydi?
A) Rustambek
B) Ravshanbek
C) Gajdumbek
D) Qovishtixon
52. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
shahar xalqi haqida gap ketgan?
«Gajdumbek bilan Ravshanbek qochib ketibdi. Ketsa-ku, mayliga-ya,
Shohdorxonning ko'nglini qora qilib ketibdi. Orqasidan bir ming amaldor
quvib ketgan edi, hammasi cho'lda otidan ayrilib, piyoda bo'lib o'libdi.
Endigi maslahat Bibi Hilolni kuydirib, kulini elakdan o'tkarib yubormoqchi
bo'lib yotibdi».
A) Zargar B) Yovmit
C) Mari D) Taka turkman
53. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida: «Endi davlatga ega bo'ldim, xotin
olmasam sira bo'lmaydi», - deya Rustambek kimning singlisini oladi?
A) Yusufning
B) Nazarning
C) Badgirning
D) To'liboyning
54. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidagi Xumoroyning laqabini toping.
A) Zaydinoy
B) Barchinoy
C) Zulxumoroy
D) Gulshanoy
55. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida: «Peshonamda bir qiz bor, buning
ham qo'lini qabartirib kir yuvdiraymi», - deb turgan Rayhon arab nega qizini
Xoljuvonga qo'shib yuborishga rozi bo'ladi?
A) Xoljuvon qo'rqadi deb
B) Xoljuvonga rahmi kelib
C) qizi ham kir yuvishni o'rgansin deb
D) Xoljuvonni o'g'irlatib, uyatga qolmayin deb
56. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi ot yuz quloch Tajan daryosiga
duch kelganda, «mening otim toy» deya xavotirga tushib, ko'zlarini yumib
olgan egasini narigi tomonga o'tkazib qo'yadi?
A) Boychibor
B) G'irot
C) Jiyronqush
D) Rayhon arabning oti
57. Darslikdagi «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostoni qaysi baxshining varianti
hisoblanadi?
A) Muhammad Jomurot o'g'li Po'lkan shoirning
B) Ergash Jumanbulbul o'g'lining
C) Fozil Yo'ldosh o'g'lining
D) Saidmurod Panoh o'g'lining
58. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'lining ota-onasini toping.
A) Xoljuvon va Ravshanbek
B) Xoljuvon va Gajdumbek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek
D) Bibi Hilol va Rustambek
59. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida
qochishida kim o'zini aybdor his qiladi?
A) Ahmadbek
B) Go'ro'g'li
C) Xoljuvon
D) Urayhon
Rayhon arabning Xoljuvonni olib
60. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida quyidagi she'r qaysi qahramon tilidan
aytilgan?
Ko'zlaring - tongning yulduzi,
Qoshlaring-daryo qunduzi,
O'zing Shirvonning azizi,
Suv bergin, arabning qizi.
A) Ravshanbek
B) Gajdumbek
C) Go'ro'g'libek
D) Rustambek
61. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Rayhon arabni izlab yo'lga chiqqan
Go'ro'g'li qaysi buloqqa yetib boradi?
A) Oydin buloq
B) Oyna
C) Ko'kbuloq
D) Qorabuloq
62. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
qahramon tomonidan Go'ro'g'liga qarata aytilgan?
Buralib bo'yningga qo'lim solaman,
Hamna bo'lsam sening bilan bo'laman.
Yig'lama, chirog'im, ko'nglim buzildi
Rostin aytsam, sening tog'ang bo'laman.
A) Rustam
B) Ravshan
C) Gajdum
D) Jig'alixon
63. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li tug'ilgach, qancha vaqtdan
keyin go'rdagi chiroq o'chadi?
A) 2 yildan keyin
B) 3 yildan keyin
C) 3 oydan keyin
D) 2 oydan keyin
64. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida vafot etgan Bibi Hilol qancha
muddatdan keyin ko'zi yoriydi?
A) uch oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat, to'qqiz daqiqadan keyin
B) to'rt oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat, to'qqiz daqiqadan keyin
C) besh oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat, to'qqiz daqiqadan keyin
D) ikki oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat, to'qqiz daqiqadan keyin
65. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimning amaldorlari ko'cha-ko'yda
yig'ilishib, but Lot, Manot, tilla payg'ambar, kumush chahoryordan fotiha
olaylik deb yuradilar?
A) Gajdumbekning
B) Shohdorxonning
C) Odilxonning
D) Qovishtixonning
66. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada
qo'llanilgan nuqtalar o'rniga mos ismlarni qo'ying.
«... Bibi Hilolni ... ga nikohlab berdi»>.
A) Hamza, Gajdum
B) Odilxon, Ravshan
C) Gajdumbek, Ravshan
D) To'liboy, Gajdum
67. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxonning tushining ta'biridan
olingan quyidagi misralarda qo'llanilgan nuqtalar o'rniga mos so'zlarni
ketma-ketlikda qo'ying.
Tepangdan sochilgan tillang-...
Og'zingdan uchgan qush -...
Qulagan imorat- sening...
1) qoningdir;
2) koningdir;
3) taningdir;
4) Haqning kal(i)masidir;
5) joningdir.
A) 1, 4, 2 C) 3, 5, 4
B) 1, 5, 3 D) 2, 1, 3
68. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramon shahardan uzoqroq
yerdan sakkiz oshyonlik imorat soladi?
A) Shohdorxon
B) Gajdumbek
C) Ravshan
D) Odilxon
69. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon qachon Holmonning
gapiga kirmaganidan afsuslanadi?
A) Odilxonga g'aybdan qo'shin kelib qo'shilganini ko'rgach
B) Holmon vafot etgach
C) Odilxon lashkarining qurollari kuchliligini ko'rgach
D) o'zining lashkari orasida janjal va ocharchilik kelib chiqqach
70. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Taka-Yovmit elining o'quvchi bolalari
har kuni o'qib, qaysi kuni tushdan keyin ozod bo'lar edilar?
A) shanba
B) dushanba
C) payshanba
D) juma
71. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Odilxon podshoning bozorchi
savdogarlarini kim talaydi?
A) Qovishtixon
B) To'liboy
C) Shohdorxon
D) Urayxon
72. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Odilxon podshoning yurtiga bostirib
kelgan yovning kimligini bilib kelish uchun yuborgan lashkar boshlig'i kim?
A) Taka noibi Subyon
B) Yovmit begi Zamon
D) Taka begi Zamon
C) Yovmit noibi Subyon
73. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida urush tugagach, Odilxon nima uchun
Ravshandan umidini uzadi?
A) O'lgan deb o'ylaydi.
B) Asir tushgan deb o'ylaydi.
C) Mendan xafa bo'lgan deb o'ylaydi.
D) Adashib ketgan deb o'ylaydi.
74. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qo'llanilgan «mirg'azab» so'zining
ma'nosini toping.
A) shayton, dog'uli
B) mirshab, navkarboshi
C) jazo beruvchilar boshlig'i
D) jallod, jon oluvchi
75. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Hamzadan qulni kim sotib oladi?
A) Gajdumbek
B) Ravshanbek
C) Rustambek
D) Shohdorxon
76. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimning xotinining esli ekani,
G'oro'g'lini «to'shiga bosib, ostiga yetti qavat to'shak» tashlagani aytiladi?
A) Yusufbekning
B) Ravshanbekning
C) Gajdumbekning
D) Rustambekning
77. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo'lsa
o'ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o'g'il ekansan, haloling
bo'lsin!»>- deya Go'ro'g'liga taslim bo'ladi?
A) Rustambek
B) Rayhon arab
C) Gajdumbek
D) Ahmadbek
78. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga
ega bo'lmagan qahramonga yo'l-yo'riqlar ko'rsatish bilan uni tarbiyalab
boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o'rgatadi?
A) chiltanlar va Xizr alayhissalom
B) Gajdumbek va Rustambek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek
D) Bibi Hilol va Rustambek
79. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha
olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo'qligini poylab, pana yerlardan turib uni
ko'rib ketar, ko'rmasa kasal bo'lib qolar va uni har doim olib qochish payida
bo'lar edi?
A) Shohdorxon
B) Rayhon arab
C) Go'ro'g'li
D) Odilxon
80. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida
e'tibor berilgan bo'lib, quyidagi Go'ro'g'lining portretida qanday tasvir
vositalaridan foydalanilgan?
«Rustambek shunday qarasa, Go'ro'g'li o'n besh kunlik oyday, qaddi-
qomati, shoni-shavkati, har kishining bo'lar ekan o'ziga yarasha hurmati>>.
A) o'xshatish, sa'j, ta'did
B) tazod, o'xshatish, sa'j
C) iyhom, sa'j, ta'did
D) o'xshatish, tanosib, taʼdid
81. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida quyidagi so'zlarni kim kimga qarata
aytadi?
«Yosh boshing bor, senga savob darkor emasmi? Suv bergan
savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar emish»>.
A) Go'ro'g'li Zaydinoyga
B) Xoljuvon Zaydinoyga
C) Xoljuvon Go'ro'g'liga
D) Zaydinoy Xoljuvonga
82. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida keltirilgan ko'l nomini toping.
A) Oydin.
B) Oyna
C) Ko'kbuloq
D) Qorabuloq
83. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha kim
tomonidan va kimga qarata aytilganligini toping.
«Bir kun o'lmoq, bir kun tug'ilmoq. Men bir xizmatkorim bilan mingashib
borsam, odamlar, qarindoshlarim Gajdumbekka: «Sen o'zing qochib kelib
eding, sening singling Bibi Hilol begona bir odam bilan mingashib keldi»>,
-deb aytar. Akamning va yorim Ravshanbekning yuzi tuman bo'lar»>.
A) Xoljuvon tomonidan Gajdumbekka qarata
B) Bibi Hilol tomonidan Rustambekka qarata
C) Bibi Hilol tomonidan Shohdorxonga qarata
D) Xoljuvon tomonidan Rustambekka qarata
84. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Bibi Hilolning necha yoshda bo'yi
yetib qolgani, lekin «boshi bo'sh» ekani aytiladi?
A) 13 yoshda
B) 16 yoshda
C) 17 yoshda
D) 15 yoshda
85. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Gajdumbek, Bibi Hilol kimning
farzandlari?
A) Jig'alixonning
B) Odilxonning
C) Shohdorxonning
D) To'liboyning
86. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Mari yurtining podshosi kim?
A) Qovishtixon
B) Odilxon
C) Ahmadbek
D) To'liboy
87. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida «Dushmaning xas bo'lsa ham qo'rq>>
degan maqolni kim kimga qarata aytadi?
A) Holmon Odilxonga.
B) Holmon Shohdorxonga
C) To'liboy Odilxonga
D) To'liboy Shohdorxonga
88. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon: «Yovmit eldan keldi
ikkita bo'ri. Kelgan bo'ri, qurandozlar, kim bo'ldi?»> - deya tushining ta'birini
so'raganda qurandoz qanday javob beradi?
A) Ko'kargan chinor Haqning kal(i)masi,
Fuqarongning bari musulmon bo'lar.
B) Ko'chalarga yaxshi raislar qo'yar,
Masjid-madrasa elingda qilar.
C) Ikkovidan yaxshi farzandlar bo'lar
Qo'yingni o'ldirgan bo'ri ikkovi.
D) Ikkovi boshingdan tillalar sochar
Qo'yingni o'ldirgan bo'ri ikkovi.
89. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Zargar xalqi Gajdumbek bilan
Ravshanbekni qochib ketdi deb o'ylab Bibi Hilolning oldiga bostirib
bormoqchi bo'lib turganida kim buni bilib qolib, Bibi Hilolni Gajdumbekning
tuzi hurmati uchun Yovmitga eltib qo'ymoqchi bo'ladi?
A) Gajdumbek C) Rustambek
B) Ravshanbek D) Shohdorxon

90. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Qo'ng'irboy kimning farzandi?


A) To'liboyning
B) Bibi Hilolning
C) Ravshanning
D) Rustamning
91. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li izlab kelganda chechasi
Rayhon arabning o'g'irlab kelganiga qancha vaqt bo'lganini, biroq shu
muddatda biror marta ham unga qo'lidan bir kosa suv bermaganligini aytadi?
A) ikki yil
B) sakkiz yil
C) besh yil
D) uch yil
92. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li Zaydinoyni olib qochgach,
uni qayerga olib boradi?
A) Yovmit shahriga
B) Shirvon yurtiga
C) Taka turkman yurtiga
D) Mari bekligiga
93. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'lining tug'ilishi va xalq
manfaati yo'lida qahramonlik ko'rsatishida kimlar katta o'rin tutadi?
A) Bibi Hilol va Ravshanbek
B) Gajdumbek va Rustambek
C) Xizr alayhissalom va chiltanlar
D) Bibi Hilol va Rustambek
94. Go'ro'g'li ismining o'zagi hisoblangan «kur» so'zi qanday ma'nolarni bildiradi?
A) «>, <> <>
B) «olov»>, >, <, <«>
C) «quyosh», «o't», «olov», «qo'r>>, <, <«>
D) «qir», «tom», «quyosh», «o'l», «olov», «qo'r>>
95. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida To'liboy sinchi kimning o'g'li edi?
A) Qovishtixonning
B) Odilxonning
C) Ahmadbekning
D) Shohdorxonning
96. Sinchi kim?
A) otlarning zotini, naslini, yoshini yaxshi biladigan odam
B) odamning naslini, yaxshi-yomonini yaxshi biladigan odam
C) tarixni yaxshi biladigan odam
D) Ollohni tanigan odam
97. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Taka-Yovmit madrasalaridagi katta-
kichik mullavachchalar tog'ga kim boshchiligida sayohatga chiqishadi?
A) To'liboy
B) Holmon
C) Subyon
D) Ravshan
98. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon mag'lub bo'lib,
mullavachchalarni qo'yib yuborishga buyruq berganida, kim Ravshanbekni
o'g'il qilib saqlash maqsadida uni sandiqqa yashirib qo'yadi?
A) Jig'alixon
B) Gajdumbek
C) Hamza
D) Nazar
99. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Rustambek kim?
A) Gajdumbekning ukasi
B) Gajdumbekning xizmatkori
C) Bibi Hilolning do'sti
D) Shohdorxonning xizmatkori
100. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi chaqaloq tug'ilganda uni
barcha abdal, ovtar, qirq chiltanlar bir-bir olib suygani, Hazrati Xizr ham
farzandim degani aytiladi?
A) Go'ro'g'li
B) Bibi Oysha
C) Ravshanbek
D) Bibi Hilol
101. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li kimga «checha» deb
murojaat qiladi?
A) Bibi Hilolga
B) Bibi Oyshaga
C) Xoljuvonga
D) Zaydinoyga
102. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida «Go'ro'g'li Yovmit elidan araz urib
kelmay ketgan kunidan beri uyda ilonday to'lg'anib, ayiqday ag'anab ham
o'g'lidan, ham xotinidan ayrilib yotgan» obraz qaysi?
A) Gajdumbek
B) Rustambek
C) Ahmadbek
D) Yusufbek
103. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramon kelishi bilan Taka-
Yovmit elida burilishlar bo'ladi, eng muhimi u el-yurt sha'nini, shavkatini, or-
nomusini tiklaydi?
A) Ravshan
B) Gajdumbek
C) Go'ro'g'li
Rustambek
104. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Rustambek tomonidan Go'ro'g'lining
Bibi Hilolga bevosita daxldorligini tasavvur qila olishiga ishora qilib, uning
harakatga tushishini dalillagan, hozirgi kunda muqobili saqlanmagan maqolni
toping.
A) «Dushmaning xas bo'lsa ham qo'rq»>.
B) «Es berganga dast berar, dast berganga, es berar»>.
C) «Haq saqlasa, balo yo'q, Haq qarg'asa, davo yo'q».
D) <.
105. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi obraz Go'ro'g'liga achchiq
qilib, labini tishlab, soldarini solib, yerga qarab bir tortganida G'irotning
tizzasidan pastini yerga kirgizib yuboradi?
A) Qovishtixon
B) Rayhon arab
C) Zaydinoy
D) Rustamxon
106. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida bolasi o'lib, bolasining oʻ'lganiga ichi
kuyib, kishnab yurgan baytalni kim Go'ro'g'lining oldiga olib keladi?
A) Rustambek
B) Xizr
C) chiltanlar
D) Odam ota
107. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
qahramon tilidan aytilgan?
Musofirman Shohdorxonning shahriga,
Yovmitda Odilxon deydi bobomni,
Aslim so'rsang, yaxshi odam nasliman!
A) Gajdumbek
B) Hiloloy
C) Ravshan
D) Jig'alixon
108. Podshohi haqiqiy kim(lar)?
A) Olloh
B) podshohlar
C) vazirlar
D) noiblar
109. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi podsho achchig'i kelib, to'p-
to'pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib, Qovishtixon bekni to'pga solib
ottirib yuboradi?
A) Shohdorxon
B) Odilxon
C) Ahmadbek
D) Urayxon
110. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon: «E
mehmonlar, mendan maqsad tila!»> - deya kimga yasovul boshliq amalini beradi?
A) Holmonga
B) Ravshanga
C) Rustamga
D) Gajdumga
111. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida «Haq saqlasa, balo yo'q, Haq
qarg'asa, davo yo'q» maqoli kimlarning tilidan aytilgan?
A) Gajdumbekning amaldorlari
B) Shohdorxonning amaldorlari
C) Odilxonning amaldorlari
D) Qovishtixonning amaldorlari
112. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramonning darvozasining
har chekkasida, o'n yetti joyda qorovulxonasi borligi va shu xonalardan katta-
katta to'plarni dalaga qaratib chiqarib qo'yganligi tasvirlanadi?
A) Rayhon arabning
B) Gajdumbekning
C) Ravshanbekning
D) Odilxonning
113. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramonning maslahatga
quloq solmay, o'ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko'ra bilmasligi, ko'plab
insonlarning bevaqt o'limiga, taqdirlarining o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi?
A) Shohdorxonning
C) Qovishtixonning
B) Odilxonning
D) Ravshanning

114. «Go'ro'g'lining tug'ilishi»> dostonida quyidagi she'r qaysi qahramon


tomonidan kimga qarata aytilgan?
Ostingda o'ynaydi chin tulpor oting,
Rustamga o'xshaydi shon-u shavkating.
Qayerda, mehmonsan, sening elating,
Ajdaho nishonim, qaydin boʻlarsan?
A) Rayhon arab tomonidan Go'ro'g'liga
B) Go'ro'g'li tomonidan Rustamga
C) Rayhon arab tomonidan Rustamga
D) Go'ro'g'li tomonidan Rayhon arabga
115. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon bilan boʻlgan birinchi
jang necha soat davom etadi?
A) 5 soat
B) 8 soat
C) 9 soat
D) 10 soat
116. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Ravshanbekni necha yoshida
maktabga beradilar?
A) to'rt yoshida
B) olti yoshida
C) yetti yoshida
D) besh yoshida
Shohdorxonning lashkari qancha
117. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida
vaqtda Asqar tog'iga yetib keladi?
A) 3 oyda
B) 2 oyda
C) 40 kunda
D) 7 kunda
118. «Go'ro'g'lining tug'ilishi»> dostonida: «Meni Shohdorxonning
odamlarining qo'lida o'ldirma, Har nima qilsang o'zing qil», - deb Xudoga
yolvorib, barcha payg'ambarlar, o'tgan azizlarni shafe keltirib, yig'lagan
qahramon kim?
A) Bibi Hilol
B) Rustambek
C) Ravshanbek
D) Xoljuvon
119. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimga qarashli otning bolasi G'irot
(G'irko'k)ning isini olib, egasiga savdo tusharini bilib, qoziqda tinmasdan
aylanib yotgani aytiladi?
A) Ravshanbekka
B) Gajdumbekka
C) Rayhon arabga
D) Rustambekka
120. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Go'ro'g'li go'rda tug'ilganligi sabab,
onasining jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o'rinda go'dakni
yo'rgaklab olish uchun kimlar hozir bo'ladilar?
A) Anbar ona va Bibi Oyshalar
B) Bibi Oysha va Bibi Fotimalar
C) Xizr alayhissalom va chiltanlar
D) Yusuf alayhissalom va chiltanlar
121. «Go'ro'g'lining Bibi Hilolning bo'yida
Ravshanbekdan necha oylik gumona qolgan edi?
A) yetti oylik
B) besh oylik
C) to'rt oylik
D) olti oylik
122. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Odilxon podshoning farzandlarini
toping.
A) Urayxon, Ahmadbek, Bibi Oysha
B) Ahmadbek, To'liboy, Bibi Oysha
C) Urayxon, Ravshanbek, Bibi Oysha
D) Ahmadbek, To'liboy, Urayxon
123. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimning jasadi atrofini Lot, Manot,
tilla payg'ambar, kumush chahoryorlar o'rab olganligidan unga dushmanlari
qo'l tekkizmaydilar?
A) Bibi Hilolning
B) Bibi Oyshaning
C) Rustambekning
D) Xoljuvonning
124. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida
Xoljuvon Go'ro'g'liga Zaydinoyni
kimga omonat ekanligini aytadi?
A) Rustambekka
B) Ahmadbekka
C) Gajdumbekka
D) Ravshanbekka
125. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Rayhon arab qayerning podshosi
edi, unga yana qaysi mamlakatlar qarar edi?
A) Taka-Yovmitning, Zargar va Arabiston
B) Taka turkmanning, Iroq va Shirvon
C) Shirvonning, Iroq va Arabiston
D) Zargarning, Shirvon va Iroq

126. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida: «O'zing tug'may, ul bo'lmas, sotib


olmay, qul bo'lmas ekan. O'zingniki o'zagiga tepsang ham, ketmaydi ekan,
kishining bolasiga kishmish bersang ham, turmaydi ekan», - deya oh tortgan
qahramon kim?
A) Hamza
B) Odilxon podsho
C) Gajdumbek
D) Ravshan
127. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Ravshan kimning farzandi edi?
A) To'liboy sinchining
C) Shohdorxonning
B) Odilxonning
D) Jig'alixonning
128. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimga qarashli baytalning bolasi
o'lib, bolasining o'lganiga ichi kuyib, kishnab yurganligi aytiladi?
A) Rustambekka
B) Ravshanga
C) Gajdumbekka
D) Bibi Hilolga

129. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimlar baytalning orqasidan poylab


go'ristonga boradi va Go'ro'g'lini arvoh deb o'ylab kasal bo'lib qoladi?
A) qirqqa yaqin yilqichilar
B) qirqqa yaqin dehqonlar
C) o'ttizga yaqin yilqichilar
D) o'ttizga yaqin dehqonlar
130. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi obrazning tengdoshlariga
nisbatan sho'xliklari, o'zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo'ravonlik qilishi
undagi alplik alomatlarining badiiy tasviri hisoblanadi?
A) Holmonning
B) Rustambekning
C) Gajdumbekning
D) Go'ro'g'lining
131. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida qaysi qahramon: «Rustam kelbatli,
pahlavon, qo'rqmas va jasur, o'ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti
chin tulpor bo'lib, uni quvib yetib bo'lmas edi», - deya ta'riflanadi?
A) Shohdorxon
B) Rayhon arab
C) Go'ro'g'li
D) Odilxon
132. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Taka turkmanning begi kim?
A) Jig'alixon
B) Gajdumbek
C) Shohdorxon
D) Odilxon
133. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon nega Taka-Yovmit
madrasalaridagi katta-kichik mullavachchalarni ayaydi?
A) hammasi yosh bola bo'lgani uchun
B) Ravshanbekdan qo'rqqanligi uchun
C) ularni qul qilib ishlatish uchun
D) urush boshlanayotganligi uchun
134. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida uchraydigan «mehtara» so'zining
ma'nosini toping.
A) mehr-oqibat ko'rsatmoq
B) suv solinadigan mesh, sanoch
C) qiblani ko'rsatib turuvchi tomon, mehrob
D) mag'rib tomon
135. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida kimning to'qson turli chitdan bo'lgan
ko'rpasi borligi aytiladi?
A) Bibi Hilolning
B) Rayhon arabning
C) Xoljuvonning
D) Xumoroyning
136. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxon va Odilxon o'rtasida
bo'lib o'tgan jang tufayli Go'ro'g'lining ota-onasi qaysi elga borib qolib,
musofirchilikda voyaga yetadi?
A) Zargar
B) Mari
C) Yovmit
D) Shirvon

137. Xalq dostoni qahramoni - Alpomishning otini toping.


A) G'irot
B) Qora ot
C) Jiyronqush
D) Boychibor
138. Podshohi majoziy kim(lar)?
A) Olloh
B) podshohlar
C) vazirlar
D) noiblar
139. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Shohdorxonning hukamo, qurandoz
- munajjimlarining ichida qaysi qurandozi unga tushi ta'birini aytib berishga
jur'at qiladi?
A) Nazar
B) Holmon
C) Hamza
D) Yusuf
140. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Hamza sotgan qul kim?
A) Gajdumbek
B) Ravshanbek
C) Rustambek
D) Shohdorxon
141. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonining she'riy qismi ko'pincha necha
misrali bandlar shaklida keladi?
A) to'rt
B) olti
C) sakkiz
D) ikki
142. «Go'ro'g'li» turkumi dostonlari tarkibida qancha doston mavjud?
A) 100 dan ortiq
B) 60 dan ortiq
C) 60 ga yaqin
D) 90 ga yaqin

2-5. MAHMUD KOSHG'ARIY


II BOB. QADIMGI TURKIY ADABIYOT
2-§. MAHMUD KOSHG'ARIY
«DEVONU LUG'OT AT-TURK>>.
«DEVONU LUG'OT AT-TURK» ASARI HAQIDA.
«ALP ER TO'NGA MARSIYASI>>.
«ALP ER TO'NGA MARSIYASI» HAQIDA.
MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA.
QADIMGI MAQOLLAR. QADIMGI MAQOLLAR HAQIDA.

1. Mahmud Koshg'ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?


A) Koshg'ar
B) Bolasog'un
C) Sayram
D) Taroz
2. Mahmud qayerdagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan?
A) Buxoro, Marv, Nishopur, Hirot, Bag'dod
B) Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot
C) Buxoro, Marv, Nishopur, Bag'dod, Samarqand
D) Xiva, Buxoro, Marv, Nishopur, Samarqand
3. M. Koshg'ariy «Devonu lug'ot at-turk» asarida qaysi xalqlar haqida:
...shaharlari, qishloq va yaylovlarini, ko'p yillar kezib chiqdim, lug'otlarini
to'pladim», - deydi?
A) o'g'uzlar, qipchoqlar, boshqirdlar, turkmanlar, chigillar, qozoqlar
B) turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, uyg'urlar, qozoqlar, qirg'izlar
C) turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlar
D) qipchoqlar, qarluqlar, qirg'izlar, turklar, turkmanlar, o'g'uzlar
4. «Devonu lug'ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarning mazmunini
toping.
Aqtirur ko'zum yo'laq,
Tushlanur o'rdak, yug'aq.
A) Ko'zim yoshlari dengizday oqadi,
Hatto unda o'rdak, turna kabi qushlar yig'iladi, sho'ng'ishadi.
B) Ko'zim yoshlari buloqday oqadi,
Sho'rligidan hatto unga o'rdak, g'oz kabi qushlar sho'ng'imaydilar.
C) Ko'zim yo'lingga zor, buloqqa yetolmagan,
Tusholmagan o'rdak, oqqushday.
D) Ko'zim yoshlari buloqday oqadi,
Hatto unda o'rdak, oqqush kabi qushlar yig'iladi, sho'ng'ishadi.

5. «Devonu lug'ot at-turk» yodgorligi vositasida biz nechanchi asrgacha 12


bo'lgan adabiyotimizdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o'ziga xos
xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lamiz?
A) IX asrgacha
B) X asrgacha
C) XI asrgacha
D) XII asrgacha
6. «Devonu lug'ot at-turk» asari haqidagi no'to'g'ri ma'lumotni toping.
A) «Devon»da yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka
yo'naltirish kabi qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalari mavjud.
B) «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog'liq bo'lgan 1
she'riy parchalar katta o'rin tutadi.
C) «Devon»da ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar berilgan.
D) «Devon»da ayrim shaxs va joylar bilan bog'liq afsonalar keltirilib,
qit'alar bilan to'ldirilgan.
7. Yusuf Amiriy qalamiga mansub munozarani toping.
A) «O'q va Yoy>>
B) «Boz va Bulbul>>
C) «Binafsha va Chang >>
D) «Bang va Chogir»
8. «Devon»dagi to'rtliklar, asosan, qanday qofiyadoshlikka ega?
A) a-a-a-b
B) a-b-a-b
C) a-a-a-a
D) a-a-b-a

9. «Devon»dagi «Qish bilan Bahor»> munozarasida qaysi tasvir usuli ustunlik


qiladi?
A) o'xshatish
B) sifatlash
C) jonlantirish
D) qarshilantirish
10. «Alp Er To'nga» marsiyasida keltirilgan turklarning qadimiy qahramoni
kim?
A) Alp Er To'nga B) Barsg'on
C) Barman D) Siyovush
11. «Devon»>dan olingan quyidagi parchada qaysi shahar haqida gap
ketgan?
qizi
«U sariqligiga ko'ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda
Afrosiyobning
Qazning eri Siyovush o'ldirilgan. Majusiy
otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o'lgan joy atrofida
yig'laydilar. Mollar so'yib, qurbonlik qiladilar. So'yilgan mol qonini uning
mozori tepasiga to'kadilar. Ularning odatlari shunday»>.
A) Qazvin shahri
B) Dizro'yin shahri
C) Qum shahri
D) Shohijon shahri

12. Quyidagilar ichidan noto'g'ri ma'lumotni toping.


A) Alp Er To'nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib
kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.
B) Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga
bag'ishlab yoziladi yoki to'qiladi.
C) Alp Er To'nga haqidagi marsiya - og'zaki ijod mahsuli hisoblanadi.
D) Alp Er To'nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki
«beklar begi»> ekanligi aytiladi.
13. Quyidagi izohlar qaysi maqolga tegishli ekanligini toping.
«Mehnat va mashaqqatni ko'rdi-yu, o'tovini orqasiga yuklab oldi»>.
Maqol mazmunan ikki qismga ajraladi. Bunda bir ishning amalga
oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo'layotgani
e'tiborga olinadi. Ayni mana shu holat inson tabiatidagi bir noloyiq
xususiyatning kishi ko'z o'ngida aniq gavdalanishi uchun imkon beradi»>.
A) «Tag'ig' uqruqin egmas, tengizni qayg'iqin bukmas>>.
B) «Kur o'g'li kuvaz bo'lur»>.
C) «Anuq o'tru tutsa, yo'qqa sanmas»>.
D) «Ko'k ko'rdi, keragu yazti>>.
14. «Devonu lug'ot at-turk»da Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va
chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g'oyalari kuylangan she'riy va nasriy
parchalar, qahramonlik qo'shiqlarining jamlangani ham alohida e'tiborga
molik bo'lib, quyidagilardan qaysilar shular jumlasidandir?
A) «Bulnar meni ulas ko'z...», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To'nga>>
marsiyasi
B) «Qaqlar qamug' ko'lardi...», «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan
jang >>
C) «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To'nga>>
marsiyasi
D) «Tangutlar bilan jang», «Qaqlar qamug' ko'lardi...», «Bulnar meni ulas
ko'z...>>
15. «Devon»dagi xalq qo'shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xil bo'lib,
qaysilari tez-tez ko'zga tashlanadi?
1) o'xshatish; 2) talmeh; 3) qiyoslash; 4) qarshilantirish;
5) jonlantirish; 6) ishtiqoq; 7) sifatlash.
A) 1, 3, 4, 5, 6
B) 1, 3, 4, 5, 7
C) 2, 4, 5, 6, 7
D) 1, 2, 3, 6, 7
16. O'zaro to'qnashish, bir-biriga qing'ir ko'z bilan qarash, kabi insoniy
tuyg'ular tabiatga nisbat berilsa, adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi
nima deyiladi?
A) o'xshatish
B) sifatlash
C) jonlashtirish
D) epitet
17. «Devon»da qo'shiqning qanday turlari uchraydi?
1) mehnat va marosim qo'shiqlari;
2) hunarmandchilik bilan bog'liq qo'shiqlar;
3) dehqonchilik bilan bog'liq qo'shiqlar:
4) mavsum qo'shiqlari;
5) chorvachilik bilan bog'liq qo'shiqlar.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
18. «Devon»da keltirilgan «Erdi ashin taturg'an» she'rida kimning boshqa
kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo'ladigan xislatlari ta'kidlanadi?
A) jasur qabila boshlig'ining
B) oshiqning
C) marhumning
D) ma'shuqaning
19. «Devon»da muallif adabiyotshunoslikka doir qanday adabiy parchalar
haqida gapirib o'tgan?
1) hikmatli so'z; 2) saj'; 3) topishmoq; 4) rajaz; 5) nasr; 6) matal;
7) maqol.
A) 1, 2, 3, 4, 6
B) 2, 3, 5, 6, 7
C) 1, 3, 4, 5, 7
D) 1, 2, 4, 5, 7
20. «Devonu lug'ot at-turk» asari qachon yozib tugatilgan?
A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida
B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni
C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida
D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni
21. «Devonu lug'ot at-turk» asaridan olingan quyidagi parchada qo'llanilgan
nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'ying.
«Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida
atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida
... va... deb
turklarning tilida qo'llanib kelgan sh«e'rlaridan, shodlik va motam
kunlarida qo'llanadigan hikmatli so'zlardan, maqollardan keltirdim»>.
1) hikmatli so'zlar; 2) saj; 3) maqollar; 4) rajaz; 5) nasr; 6) matal; 7) nazm.
A) 2, 3, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4, 7
D) 1, 3, 4, 5, 6
22. Mahmud Koshg'ariyning to'liq ismini toping.
A) Husayn ibn Mahmud Koshg'ariy
B) Muhammad ibn Mahmud Koshg'ariy
C) Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad
D) Husayn ibn Mahmud ibn Muhammad

23. Nechanchi asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san'ati


nivojlanishining yangi pallasi boshlandi?
A) XII asrga kelib
B) XI asrga kelib
C) XIII asrga kelib
D) XIV asrga kelib
24. «Devonu lug'ot at-turk» asarida muallif kitobning necha karra yozilgan
ko'chirilgan)ligini va tuzatilganligini aytadi?
A) besh karra
B) uch karra
C) ikki karra
D) to'rt karra
25. «Devonu lug'ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarda qaysi obrazning
bulut ko'tarilib, tuman tushib do'l yog'gani uchun chopib, sho'xliklar qilgani
ta'riflanadi?
Iqilachim erig bo'ldi,
Erig bo'lg'u yen ko'rdi.
Bulit o'rub ko'k o'rtuldi,
Tuman turub to'li yag'di.
A) qizchaning
B) o'g'ilchaning
C) qo'zichoqning
D) otning
26. Quyidagilardan «Devon»da
qo'llanadi?
A) lirika
B) yir
C) saj
D) rajaz
keltirilgan qaysi so'z she'rga nisbatan
27. «Devon»da keltirilgan qaysi she'rda sho'x, o'ynoqi otning chopqirligi
tasvirlanadi?
A) «Erdi ashin taturg'an>>
B) «Bulnar meni ulas ko'z>>
C) «Iqilachim erik bo'ldi»>
D) «Qish yay bila to'qushti>>
28. Mahmud Koshg'ariyning «Devon»i haqidagi noto'g'ri ma'lumotni toping.
A) «Devon»dagi bir turkum qo'shiqlar bevosita farzandlar va, umuman,
jamiyat a'zolarining ma'naviy kamolotiga bag'ishlangan.
B) «Devon»dagi she'riy parchalarning asosiy qismi xalq og'zaki ijodi
mahsulidir.
C)«Devon»dagi she'riy parchalar shakliga ko'ra, asosan, ikkilik,
to'rtliklardan tashkil topgan.
D) «Devon»dagi marosim qo'shiqlaridan birida qishning tugab, bahorning
boshlanayotgani, oqar suvlarning ko'paygani, havo iliy boshlagani
hamda atrofdagi o't-o'lanlarning ko'karishi tavsif etilgan.
29. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o'xshatilib, unga
qiyosiy holda aks ettirilgan «Qish yayg'iru savlanur» misrasining ma'nosini
toping.
A) «Qish yomg'iri savalayapti>>.
B) «Qish Bahorga qarab maqtanadi»>.
C) «Qish izg'irini Bahorni savalay olmadi>>.
D) «Qish yomg'irni sevmaydi»>.
30. «Devon»dagi to'rtliklarda qanday badiiy tasvir vositalari tez-tez
qo'llanadi?
A) o'xshatish, mubolag'a, ta'did, tazod, tanosub
B) iyhom, takrir, tazod, mubolag'a, ta'did
C) takrir, mubolag'a, iyhom, istifhom, tazod
D) istifhom, ta'did, ishtiqoq, tazod, iyhom
31. To'nga Alp Er so'zi qanday ma'no bildiradi?
A) turklarning eng kuchli bahodiri
B) yo'lbars kabi kuchli bahodir
C) to'qson alpning eng kuchlisi
D) burgut kabi kuchli bahodir
32. «Devon»>dan olingan quyidagi parchada kim haqida gap ketgan?
«U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba'zilar butun
Movarounnahmi turklar o'lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan
boshlanadi. Uning bir oti Dizro'yindir»>.
A) Siyovush
B) Afrosiyob
C) Qaz
D) Barman
33. Marsiya nima?
A) Biror kishining vafoti munosabati bilan g'am-alam, hasrat va qayg'uni
ifodalagan lirik she'r yoki nasriy asar.
B) Biror kishining vafoti munosabati bilan g'am-alam, hasrat va qayg'uni
ifodalagan dramatik asar.
C) Biror kishining vafoti munosabati bilan g'am-alam, hasrat va qayg'uni
ifodalagan lirik she'r yoki qo'shiq.
D) Biror kishining vafoti munosabati bilan g'am-alam, hasrat va qayg'uni
ifodalagan hikoya yoki qissa.
34. Quyidagi qadimgi maqollar ichidan badnafslik haqidagi maqolni toping.
A) «Qul savi qalmas, Qag'il bag'i yazilmas»>.
B) «Tulku o'z iniga ursa, ujuz bo'lur»>.
C) «Erik erni yag'lig', ermagu bashi qanlig'>>.
D) «O'd kechar, kishi to'ymas, yalinguq o'g'li mangu qalmas»>.
35. «Devon»da keltirilishicha, Qazvin so'zining asli qanday ma'noni
anglatadi?
A) qaz o'yini - oqqush o'ynaydigan joy
B) qaz o'yini - qiz o'ynaydigan joy
C) qaz o'yini - qor o'ynaydigan joy
D) qaz o'yini - g'oz o'ynaydigan joy

36. «Devon»dagi she'riy parchalarning qaysi vaznda yozilganligi haqidagi


to'g'ri fikrni toping.
A) Faqat aruz vaznida yozilgan.
B) Faqat barmoq vaznida yozilgan.
C) Asosan, barmoq vaznida,
ayrim namunalar aruzning ba'zi
ko'rinishlariga muvofiq keladi.
D) Asosan,
aruz vaznida, ayrim namunalar barmoqning ba'zi
ko'rinishlariga muvofiq keladi.
37. Mahmud Koshg'ariy qaysi munozaraga oid ko'plab to'rtliklarni keltirgan,
ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil
so'zlarning izohiga dalil tarzida yoyilgan?
A) «Binafsha va Chang>>
B) «Bang va Chog'ir>>
C) «Boz va Bulbul>>
D) «Qish va Bahor>>
38. Qo'shiq atamasi ilk marta Mahmud Koshg'ariy tomonidan qayd etilgan
bo'lib, muallif unga qanday izohlar bergan?
A) she'r, qasida
B) maqom, ohang
C) qo'shug', kuy
D) she'r, to'rtlik
39. «Devonu lug'ot at-turk»dan olingan quyidagi she'rda bir-birini yengishni
istagan qaysi obrazlarning o'zaro to'qnashgani, bir-birlariga yomon ko'z bilan
qarashgani va bir-birlarini tutish uchun yaqinlashganlari tasvirlanadi?
… bila to'qushti,
Qing'ir ko'zun baqishti,
Tutashqali yaqishti,
Utg'alimat o'g'rashur»>.-
A) qish va yozni
B) qish va bahorni
C) yovuzlik va ezgulikni
D) kun va tunni
40. «Devonu lug'ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?
A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida
B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni
C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida
D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni
41. Hozirda qaysi davlatda Barskon nomida daryo va dovon bor?
A) Qozog'istonda
B) Qirg'izistonda
C)Tojikistonda
D) O'zbekistonda
42. Nechanchi asrga kelib Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar
shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan?
A) IX asrga kelib
B) X asrga kelib
C) XI asrga kelib
D) XII asrga kelib

43. «Devon»da muallif Barsg'an kimning o'g'lining nomi ekanligini aytar


ekan, «Barsg'an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu
shahardan», - deb yozadi?
A) Tamg'ochxonning
B) Bo'riteginning
C) Bug'raxonning
D) Afrosiyobning
44. Mahmud Koshg'ariy «Devonu lug'ot at-turk» asarida turkiy so'zlaring
ma'nosini qaysi tilda izohlab bergan?
A) fors tilida
C) turk tilida
B) arab tilida
D) hind tilida
45. Mahmud Koshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisi
sifatida qaysi til bilan «... ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o'zib
borayotgan turk tilini» ko'klarga ko'taradi?
A) arab tili bilan
B) so'g'd tili bilan
C) hind tili bilan
D) fors tili bilan
46. Adabiyotda to'rtlik shakliga tayanadigan she'riy janrlar qaysilar?
A) ruboiy, tuyuq, to'rtlik, fard
B) to'rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba
C) qit'a, to'rtlik, ruboiy, tuyuq
D) tuyuq, musamman, ruboiy
47. Munozara janri haqidagi to'g'ri izohlarni toping.
1) Munozara biror insonning vafoti munosabati bilan yoziladi;
2) Munozara asar qahramonlarining o'zaro tortishuvi, bahsi asosiga
quriladi;
3) Munozara she'riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin;
4) Munozara asar qahramonlarining ta'rif va tavsifi asosiga quriladi;
5) Munozarada ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega
bo'ladi;
6) Munozara faqat she'riy shaklda yaratiladi.
A) 2, 3, 5
B) 2, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 4, 6
48. Mahmud Koshg'ariy to'rtliklaridan birida ko'z yoshlarini nimaga
o'xshatadi?
A) dengizga
B) daryoga
C) yomg'irga
D) buloqqa
49. «Devonu lug'ot at-turk»da qaysi buyuk tarixiy shaxsning o'limi achchiq
qismat, dahshatli fojia, o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan yo'qotish sifatida
baholanadi?
A) Siyovushning
B) Afrosiyobning
C) Qazning
D) Barmanning

50. Sodda, ixcham, lo'ndaligi bilan e'tiborni tortadigan «Ardam bashi


maqolinining to'g'ri izohini toping.
A) «Odam boshiga keladigan balolarning boshi-til(da)dir.
B) Odob boshi, baxt boshi-til(da)dir».
C) «Odam boshi bo'sh bo'lsa, til ko'p shovqin solar».
D) «San'at, fazilatlarning boshi til(da)dirw.
51. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlarini toping.
A) Buxoro, Isfijob (Sayram), Xo'tan, O'tror, Qashqar
B) Bolasog'un, Qashqar, Isfijob (Sayram), Shosh, Buxoro
C) O'tror, Shosh, Xo'tan, Samarqand, Bolasog'un
D) Isfijob (Sayram), O'tror, Shosh, Bolasog'un, Xo'tan
52. Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim kim?
A) Ahmad Yugnakiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Alisher Navoiy
D) Mahmud Koshg'ariy
53. «Devonu lug'ot at-turk» asarida tarixiy mavzuda kimlar bilan bo'lgan
janglar haqidagi parchalar mavjud?
A) qipchoqlar, tangutlar bilan
B) yabog'u (yobg'u)lar, tangutlar bilan
C) o'g'uzlar, yabog'u (yobg'u)lar bilan
D) turklar, o'g'uzlar bilan
54. «Devon»da nimalar bilan bog'liq she'riy parchalar katta o'rin tutadi?
A) turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog'liq she'riy parchalar
B) turli insoniy kechinmalar talqini bilan bog'liq she'riy parchalar
C) mehnat shavqi bilan bog'liq she'riy parchalar
D) tabiat manzaralari go'zalligi bilan bog'liq she'riy parchalar
55. «Devon»dagi qaysi to'rtlik boshdan oxirigacha jonlashtirishga tayanadi?
A) «Qaqlar qamug' ko'lardi...»
B) «Qish bilan Yoz»>
C) «Bulnar meni ulas ko'z»
D) «Alp Er To'nga o'ldimu?..>>
56. «Devon»da keltirilishicha, ba'zilar turk shaharlari chegarasini qayerdan
boshlanishini aytadilar?
A) Marvash-Shohijondan
B) Qum - Marvashdan
C) Qazvin - Shohijondan
D) Qazvin - Qumdan
57. Alp Er To'nga haqidagi marsiya qanday she'riy shaklda yozilgan?
A) g'azal
B) qasida
C) murabba
D) muxammas
58. Go'ro'g'li ismining alp va bahodir ma'nosini ochib beruvchi so'z qaysi 66
qadimiy maqolda qo'llanganligini
toping.
A) «Ashuch aytur tubum altun. Qamich aytur men qaydaman»>.
B) «Emgak ekinda qolmas».
C) <D) «Kur o'g'li kuvaz bo'lur»>.
59. «Yir» so'zining ma'nosini toping.
A) yirtiq
B) qasida, qo'shiq
C) kuy, maqom
D) hikmatli so'z
60. Mahmud Koshg'ariy qaysi lug'atning ilk namunasini yaratgan?

B) arabcha - hindcha


C) forscha - arabcha
D) turkcha-forscha
turkcha - arabcha
61. Qoraxoniylar davlati qaysi hukmdorlarning davrida ancha kuchaygan,
nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan?
A) Xorun, Bug'raxon, Tamg'ochxon va Ibrohim Bo'ritegin davrlarida
B) Xorun, Ubaydullaxon, Ispahsalar va Ibrohim Bo'ritegin davrlarida
C) Ispahsalar, Bo'ritegin, Tabg'achxon va Ibrohim Bug'raxon davrlarida
D) Qoraxon, Xorun, Tamg'ochxon va Ibrohim Bug'raxon davrlarida
62. «...qo'nonlarga, yaxshilarga osh-ovqat tutadigan, yovuz yovni
qochiradigan, O'g'roq lashkarini qaytarib yuboradigan bahodirning halok
bo'lgani haqida qaysi asarda she'r keltiriladi?
A) «Qutadg'u bilig»
B) «Devonu lug'ot at-turk>>
C) «Mahbub ul-qulub>>
D) <>
63. Nishotiy qalamiga mansub munozaralarni toping.
A) «Binafsha va Chang», «O'q va Yoy» «Gul va Daf>>
B) «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang>>
C) «Bang va Chog'ir», «Boz va Bulbul», «Gul va Daf>>
D) «Bang va Chog'ir», «Binafsha va Chang», «Gul va Daf>>
64. «Devon»dagi qaysi to'rtlikda ko'z, mengiz (xol), yuz o'ziga xos
sifatlashlar - ulas, qara, qizil so'zlari bilan ziynatlangan?
A) «Qaqlar qamug' ko'lardi...>>
B) «Qish bilan Yoz»>
C) «Bulnar meni ulas ko'z>
D) «Alp Er To'nga o'ldimu?..>>
65. «Devon»da keltirilishicha, turklarga chegara hisoblangan Qum shahri
nomi qaysi tilga oid hisoblanadi?
A) arab
B) fors
C) turk
D) hind
66. Sodda, ixcham, lo'ndaligi bilan e'tiborni tortadigan «Qut belgusi - bilig»
maqolining to'g'ri izohini toping.
A) «Bilim - baraka, aql belgisi>>
B) «Bilim- baxt belgisi>>
C) «Bilim- iymon belgisi>>
D) «Bilim - olimlik belgisi>>
67. «Devonu lug'ot at-turk»
bag'ishlangan?
A) Muhammad al-Muqtadoga
B) Ibrohim Bo'riteginga
C) Muhammad Xo'jabekka
D) Tavg'ach Bug'raxonga
68. Qoraxoniylar davlati qayerlarni o'z ichiga olgan?
A) Sharqiy Tiyonshon, Xuroson, Yettisuv, Chu va Farg'ona vodiylarini
B) Shimoliy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Farg'ona vodiylarini
(«Turkiy tillar lug'atlari») asari kimga
C) Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini
D) Janubiy Tiyonshon, Xuroson, Chu va Talas vodiylarini
69. «Devonu lug'ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag'ishlangan
marsiyani toping.
A) «Alp Er To'nga>>
B) «Oltin qon>>
C) <>
D) «Qish va bahor»>
70. «Devon»dagi yetakchi mavzular qaysilar?
1) Vatan va yurt muhabbati;
2) xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish;
3) tabiat manzaralari go'zalligi;
4) ilmsizlikdan qochish;
5) turli insoniy kechinmalar talqini;
6) mehnat shavqi.
A) 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5, 6
71. «Alp Er To'nga», «Qish bilan Bahor» asarlari qanday shaklda
qofiyalangan?
A) a-a-b-a
B) a-b-a-b
C) a-a-a-a
D) a-a-a-b

72. Qaysi ijodkor Alp Er To'ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini yozgan?


A) Mahmud Koshg'ariy
B) Nosiruddin Rabg'uziy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Ahmad Yugnakiy
73. Alp Er To'nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «qanday ma'nolarda qo'llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) afsus, attang
74. «Uma kelsa, qut kelar» maqolining izohini toping.
A) «Mehmon kelsa, u bilan qut keladi».
B) «Chaqaloq dunyoga kelsa, u bilan qut keladi»>.
C) «Omad kelsa, u bilan qut keladi»>.
D) «Ilm kelsa, u bilan qut keladi»>.
75. «Devonu lug'ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag'ishlangan rivoyatni
toping.
A) «Alp Er To'nga>>
B) <>>
C) «Eltarish xoqon>>
D) «Qish va bahor>>
76. Qachon qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarn
egallab oladilar?
A) 992-yilda
B) 990-yilda
C) 994-yilda
D) 996-yilda
77. «Devonu lug'ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?
A) 1072-yilda
B) 1070-yilda
C) 1012-yilda
D) 1074-yilda
78. «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini nimalar tashki
qiladi?
A) ruboiylar
B) tuyuqlar
C) to'rtliklar
D) ikkiliklar
79. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o'xshatilib, unga
qiyosiy holda aks ettirilgan «Yay qish bila qarishti» misrasining ma'nosini toping.
A) «Yomg'ir qish qori bilan qorishdi».
B) «Yoz qish bilan qarshilashdi».
C) «Bahor qish bilan qarshilashdi>>.
D) «Yoz yomg'iri qishda yog'maydi»>.
80. Mahmud Koshg'ariy Afrosiyobni qayerda turar edi, deb ko'rsatadi?
A) Xo'tanda - Qazvin shahrida
B) Qashqarda - O'rdukent shahrida
C) Qashqarda - Qazvin shahrida
D) Xo'tanda-O'rdukent shahrida
81. Adabiyotning keyingi bosqichlarida qanday she'riy shakldagi marsiyalar
uchraydi?
1) g'azal; 2) qasida;
3) muxammas; 4) tuyuq:
5) qit'a; 6) tarkibband;
7) tarjiband; 8) musaddas.
A) 3, 4, 5, 6, 7, 8
B) 1, 2, 3, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 5, 7,8
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
82 «Tavg'ach xanning to'rqusi telim, tenglamazib bichmas» qadimiy
maqolinining to'g'ri izohini toping.
A) «Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko'p, lekin o'lchamay kesilmaydi».
B) «Qazvin xoqonining ipak choponi keng, lekin o'lchamay kesilmaydi».
C) Movaraunnahr xoqonining ipak gazmoli ko'p, lekin o'lchamay
kesilmaydi».
D) «Xuroson xoqonining ipak choponi keng, lekin o'lchamay kesilmaydi».
83 Barskon nomli daryo va dovon qayerda joylashgan?
A) Bolasog'un atrofida
B) Issiqko'l atrofida
C) Sayram atrofida
D) Shosh atrofida
84. Darslikda berilgan «Devonu lug'ot at-turk» parchalari kimning nashridan
olingan?
A) B. Nazarov
B) B. To'xliyev
C) B. Karimov
D) Q. Sodiqov
85. Quyidagilar ichidan qaysi bir asar munozara janrining eng qadimgi
namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega?
A) «Qish va Bahor»
B) >
C) «Boz va Bulbul>>
D) «Bang va Chogira
86. «Qish va Bahor» munozarasida qaysi tasvir vositasi asosiy o'rin tutadi?
A) qarshilantirish
B) jonlantirish
C) o'xshatish
D) mubolag'a
87. Mahmudning qashqarlik ilk ustozlaridan birini toping.
A) Bug'raxon
B) Bo'ritegin
C) Xorun xalifa
D) Husayn xalifa
88. Saj' nima?
A) she'r turi C) o'xshatish
B) qofiyali nasr D) xalq og'zaki ijodi
89. Asarda keng qo'llangan murabba' shakliga xos bo'lgan qofiyadoshlikni
toping.
A) a-a-a-b
B) a-b-a-b
C) a-a-a-a
D) a-a-b-a
90. «Devon»dagi «Bulnar meni ulas ko'z...» («Xumor ko'zli meni asir
qiladi...») to'rtligida qaysi tasvir usuli ustunlik qiladi?
A) o'xshatish
B) sifatlash
C) jonlantirish
D) qiyos
91. Alp Er To'nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «ajun»> so'z
qanday ma'nolarda qo'llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) olam, dunyo
92. Quyidagilar ichidan noto'g'ri ma'lumotni toping.
A) Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida
bitilgan.
B) Alp Er To'nga marsiyasi barmoq vaznida bitilgan.
C) Alp Er To'nga marsiyasining har bir misrasi yetti bo'g'indan tuzilgan.
D) Alp To'nga marsiyasining har bir bandi yetti misradan iborat.
93. Qoraxoniylar davrida qaysi shaharlarda ilm-fan egalari, turli sohalarning
yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to'plangan?
A) Bolasog'un, Sayram, Samarqand, Hirot
B) Shosh, Buxoro, Qarshi, Sayram, Taroz
C) Bolasog'un, Sayram, Shosh, Taroz
D) Shosh, Bolasog'un, Hirot, Mashhad
94. Mahmudning bobosi qayerdan bo'lgan?
A) Koshg'ardan
B) Barsg'andan
C) Sayramdan
D) Tarozdan
95. «Devon»da keltirilgan «yir» so'zi yana qanday shaklda ham talaffuz
A) yer
B) yar
C) ir
D) ar
96. Mahmud Koshg'ariy to'rtlik shakliga tayanadigan she'riy janrlarni
asosan, qanday nomlagan?
A) to'rtlik yoki maqom
B) qo'shug' yoki kuy
C) to'rtlik yoki qasida
D) qo'shug' yoki she'r
97. «Alp Er To'nga» marsiyasida qaysi voqeadan keyin: «Zamon butunlay
ozdi, Tuban, yomonlar ko'paydi», - deyiladi?
A) dushman bosqinidan keyin
B) Afrosiyob vafotidan keyin
C) ilmsizlarning gavg'olaridan keyin
D) bilim (buloqlari) ko'z ochmay qo'ygandan keyin
98. «Devon»da nomlari keltirilgan Alp Er To'nganing farzandlarini toping.
A) Barman, Barsg'an, Qaz
B) Siyovush, Barman, Qaz
C) Qaz, Barsg'an, Qazvin
D) Barman, Barsg'an, Qaz, Qazvin
99. Alp Er To'nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «o'dlak>>
so'zi qanday ma'nolarda qo'llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) olam, dunyo
100. Alp Er To'nga marsiyasining turoqlari qanday shaklda?
A) 3+4 shaklida
B) 5+2 shaklida
C) 2+5 shaklida
D) 4+3 shaklida
101. Misralari nisbatan uzunroq bo'lgan she'r turi nima deb atalgan?
A) saj'
B) nasr
D) talmi'
C) rajaz
102. «Devon»dagi nimalarda insonning qalb kechinmalari, nozik his-
tuyg'ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi?
A) tuyuqlarda
B) lirik qo'shiqlarda
C) saj'larda
D) musaddaslarda
103. «Devon»dagi to'rtliklarga xos bo'lmagan qofiyadoshlikni toping.
A) a-a-a-b
B) a-b-a-b
C) a-a-a-a
D) a-a-b-a
104. «Devon»dagi qaysi to'rtlikda she'rning ta'sir kuchini ta'minlayotgan
unsurlardan biri qofiya bo'lib, undagi qofiyadosh so'zlar to'liq jarangdorligi va
ohangdoshligi bilan ajralib turadi?
A) «Qaqlar qamug' ko'lardi...>>
B) «Qish bilan Yoz»>
C) «Bulnar meni ulas ko'z»>
D) «Alp Er To'nga o'ldimu?..>>
105. Yaqiniy qalamiga mansub munozarani toping.
A) «O'q va Yoy>>
B) «Boz va Bulbul>>
C) «Binafsha va Chang>>
D) «Bang va Chog'ira
106. «Devon»da Qazvin shahrini kim qurganligi aytiladi?
A) Qaz
B) Afrosiyob
C) Siyovush
D) Barman
107. Mahmud Koshg'ariy «Devon»da Afrosiyobning bolalari qanday
atalganini eslatadi?
A) xoqon, xon
B) alp, noib
C) amir, hukmdor
D) hukmdor, sardor

3-§. YUSUF XOS HOJIB


«QUTADG'U BILIG». «QUTADG'U BILIG» DOSTONI HAQIDA.
1. «Qutadg'u bilig» dostonida Yusuf Xos Hojib o'zi tug'ilgan joyni nima deb
ko'rsatgan?
A) Yettisuv
B) Bolosog'un
C) Quz O'rdu
D) Toqmoq
2. Yusuf Xos Hojib qachon: «...(qora) quzg'un tusiteg boshim (sochlarim)
qug'u (oqqush) bo'ldi», - deb yozadi?
A) «Qutadg'u bilig» dostonini yoza boshlaganida
B) «Qutadg'u bilig» dostonini yozib tugallaganida
C) Qashqardan Bolosog'unga ko'chganida
D) Qashqardan Yorkentga ko'chganida
3. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari uchun mukofotlangani
haqidagi ma'lumotlar asarning qaysi qismida keltiriladi?
A) nasriy muqaddimasida
B) she'riy muqaddimasida
C) nasriy xotimasida
D) she'riy xotimasida
4. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha kim tomonidan kimga
qarata aytilgan?
To'p (koptok) (bir barqaror) o'rinsiz dumalab yurgani kabi,
Men ham uning kabi (o'rinsiz) kezaman.
Iltifot bilan boqqaningda ko'zimni yumganim (sababi),
Senga o'zimning qandayligimni ko'rsatmoqchi edim.
Bu kunlarda men ham bir ko'r kishi kabiman,
Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman.
A) elig tomonidan O'gdulmishga qarata
B) Oyto'ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto'ldiga qarata
D) Oyto'ldi tomonidan O'gdulmishga qarata
5. «Qutadg'u bilig» asarida eligga qaysi qahramon: «Mening barcha
qilmishlarim jafo, menga ishonma... Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bir yerda
turmaydi», - deydi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
6. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini aytadi>>
qismida Oyto'ldi eligdan nega bunday kursida o'tirganligini so'rasa, elig
qanday javob beradi?
A) «Barcha to'rt oyoqli narsa siljimas bo'ladi»>.
B) «Barcha uch oyoqli narsa siljimas bo'ladi»>.
C) «Agar uch (poyali) bo'lsa, ko'rgin, biri egri bo'ladi>>.
D) «Agar ikki (poyali) bo'lsa, ko'rgin, biri egri bo'ladi»>.
7. «Qutadg'u bilig» asarida O'zg'urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini
so'raydi va ular qaysilar?
A) 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik
B) 4 ta: kambag'allik ko'rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik,
dard-u kasalsiz hayot
C) 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag'allik ko'rmaydigan boylik
D) 4 ta: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot,
kambag'allik ko'rmaydigan boylik
8. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini
eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va ular birgalikda mamlakatni
boshqarib, budun - xalqni idora qila boshlashadi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
9. «Qutadg'u bilig» asari qahramoni O'gdulmish kim va nimaning ramzi?
A) elig - adolat ramzi
B) elig - davlat ramzi
C) vazirning o'g'li - aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi - qanoat (ofiyat) ramzi
10. «Qutadg'u bilig» asarida ramziylik uchun asos vazifasini bajargan
detallarni toping.
1) to'p; 2) kiyik; 3) Mirrix;
4) zahar solingan idish; 5) shakar;
6) Oy; 7) Quyosh.
8) qilich; 9) asal
A) 2, 5, 6, 8, 9
B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 9
11. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoviy ishlarning barchasi
hayotiy zarurat ekanligini tinmay uqtiradi va shu maqsadda dehqon,
savdogar, chorvador, hunarmand, kambag'allar, oila, bola-chaqa, ularning
tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
12. «Qutadg'u bilig» asarida O'zg'urmish kimning oqilona tushuntirishlaridan
so'ng, ziyorat maqsadidagina elig huzuriga boradi?
A) O'gdulmishning
B) Kuntug'dining
C) Oyto'ldining
D) Kulteginning
13. Mumtoz adabiyotimizda (adabiy an'analar natijasi sifatida) qiyinchilikka
duch kelgan qahramon, ma'shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiq qaddi
ko'pincha arab alifbosidagi qaysi harflarga qiyoslanadi?
A) <> yoxud «yo»> harflariga
B) «dol» yoxud «alif>> harflariga
C) <> yoxud «yo>> harflariga
D) <> harflariga
14. Yusuf Xos Hojib qo'llagan o'xshatishlar yozma adabiyotda an'anaga
aylanib ketgan bo'lib, adib zolim amaldorlarni nimaga o'xshatgan?
A) arslonga
B) sherga
C) bo'riga
D) burgutga
15. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o'rniga adibning
nimani qafasda yotgan arslonga o'xshatganini topib, qo'ying.
«... hovlida (ya'ni qafasda) yotgan arslon kabidir,
Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi»>.
A) nodonlik
C) aql
A) arg'uvon
C) osh
16. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi obrazning bo'riga qiyoslanishida ularning
ochofat va johilligi ta'kidlangan?
A) o'limning
C) saroy amaldorining
A) arslon
C) lochin
B) qalb
D) til
17. «Qutadg'u bilig»da yuzga nisbatan
ko'rinishining yoqimliligiga ishora?
B) dushmanning
D) lashkarboshining
ishlatilgan qaysi obraz kishi tashqi
B) oy
D) gul
18. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining doimiy hushyorligiga ishora?
B) zag'izg'on
D) quyon
19. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi misrada ipak gazmol, tikan
nimaning ramzi hisoblanadi?
Ko'ni so'z irig ul kim aymish, temish,
Angar torqu idtim, tikan cho g‘lamish.
Mazmuni: Kim aytsa, desa (ham) to'g'ri so'z dag'aldir, (ya'ni keskin
bo'ladi). Unga ipak gazmol yubordim, u esa tikan tugib yuboribdi.
A) ipak gazmol- taklif, tikan - rad etish
B) ipak gazmol sovg'a, tikan- dushmanlik
C) ipak gazmal-do'stlik, tikan- dushmanlik
D) ipak gazmol - boylik, tikan nafrat
20. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi bayt qaysi qahramonga
tegishli?
Juda aziz axir tiriklik kuni
Bekor ishga sarflab bo'lmaydi uni.
A) Kuntug'diga
B) O'zg'urmishga
C) Oyto'ldiga
D) O'gdulmishga
21. «Qutadg'u bilig» badiiyatning yuksak namunasi bo'lib, bunda shoir
nimalardan foydalanadi?
1) go'zal obrazlar;
2) hayotiy o'xshatishlar;
3) behad orttirilgan mubolag'alar;
4) ta'sirchan tamsillar;
5) mo'jaz ramzlar;
6) lo'nda istioralar.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 7
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 2, 3, 4, 6, 7
D) 1, 3, 4, 5, 6
22. Yusuf Xos Hojib qo'llagan qaysi o'xshatishlar yozma adabiyotda
an'anaga aylangan?
1) yuzni oyga;
2) tiriklik (hayot)ni rabotga;
3) eligni arslonga;
4) yigitlikni arg'umoqqa;
5) so'zni zahar yo shakarga;
6) ko'ngilni dengizga;
7) ko'ngilni shishaga;
8) kitobni quyoshga.
A) 1, 2, 4, 5, 6
B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 1, 2, 3, 6
D) 1, 2, 5, 6, 8
23. Yusuf Xos Hojib zulmni nimaga o'xshatadi?
A) yonib turgan o'tga
B) hayotni so'ndiruvchi zaharga
C) hamma narsani vayron qiluvchi toshqinga
D) hamma narsani vayron qiluvchi bo'ronga
24. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo'riga o'xshatilishida uning
dushmanga ayovsiz va katta kuch bilan dahshat solishi nazarda tutilgan?
A) o'limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
25. «Qutadg'u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qo'rqib ketgan
yoxud noqulay ahvolda qolgan odam yuzining belgisi sifatida keladi?
A) arg'uvon B) bo'z
C) osh D) gul
26. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshining jang taktikasidagi mohirligi, hiyla va
tadbirkorligi nimaga o'xshatiladi?
A) qoplonga C) bo'riga
B) arslonga D) tulkiga
27. «Qutadg'u bilig»da quyosh qanday istioralar bilan ifodalangan?
1) rumiy qizi;
2) sata (marjon);
3) sata qalqoni (marjon shodasi);
4) tong qizi;
5) sara qiz yuzi;
6) yorug' yuz.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6
28. Yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasi hisoblanib, turkiy
o'gitnoma - didaktik yo'nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqqan
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari nechanchi asrda bitilgan?
A) IX asr B) X asr
C) XI asr D) XII asr

29. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» dostonini yozib tugallaganda necha


yoshdan oshganligini aytadi?
A) ellik yoshdan
B) oltmish yoshdan
C) yetmish yoshdan
D) sakson yoshdan
30. «Qutadg'u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta'rif qaysi
qahramonga tegishli?
Eligga yarasin bu san'at-hunarlarim,
(Elig) xursand bo'lsin, mening tashvishlarim ketsin.
Zakovatli, bilimli, yumshoq fe'lli bek emish,
San'at-hunarli va odobli (kishi)larni orzu qilayotgan emish.
A) O'gdulmishga
B) Kuntug'diga
C) Oyto'ldiga
D) O'zg'urmishga

31. «Qutadg'u bilig» asarida eligning oldida to'pda o'tirgan kim?


A) O'gdulmish
B) Oyto'ldi.
C) vazirning qarindoshi
D) vazirning o'g'li
32. «Qutadg'u bilig» asarida elig qanday kursi ustida o'tiradi?
A) oyog'i uch ayrilik kumush kursi ustida
B) oyog'i uch ayrilik oltin kursi ustida
C) oyog'i to'rt ayrilik kumush kursi ustida
D) oyog'i to'rt ayrilik kumush kursi ustida
33. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning qo'lida nima bor edi?
A) urog'un (dori)
B) shakar (sharbat)
C) pichoq
D) kursi

34. «Qutadg'u bilig» qanday ma'noni anglatadi?


A) qut (baraka, ilm) keltiruvchi hunar
B) qut (saodat, baxt) keltiruvchi boylik
C) qut (baraka, ehson) keltiruvchi mehnat
D) qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim
35. Ijtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy
mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma'naviy asoslarining ham
yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. Shunday paytda «Qutadg'u
bilig» asari qaysi davlatning falsafiy-axloqiy yo'riqnomasi sifatida paydo
bo'lgan?
A) Somoniylar davlatining
B) Qoraxoniylar davlatining
C) Temuriylar davlatining
D) Chingiziylar davlatining
36. «Qutadg'u bilig» asari qahramoni Oyto'ldi kim va nimaning ramzi?
A) elig - adolat ramzi
B) vazir - davlat ramzi
C) vazir - aql ramzi
D) elig - aql ramzi
37. «Qutadg'u bilig» asaridagi Kuntug'di ismiga berilgan to'g'ri izohni toping.
A) Kun - Quyosh hammaga bir xil yorug'lik beradi. Hammani birdek
isitadi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag'alning farqi yo'q.
B) Kun - Oy hammaga bir xil yorug'lik beradi. O'zi ham shu (oy) sifatlidir,
goho paydo bo'ladi, goho mahv bo'ladi.
C) Kun - Yer hammaga bir xil joy beradi. Hammani birdek ko'radi. Uning
uchun katta-kichik, boy-kambag'alning farqi yo'q.
D) Kun Ezgulik hammaga bir xil oqibat ko'rsatadi. Hammani birdek
ko'radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag'alning farqi yo'q.
38. «Qutadg'u bilig»da qaysi ramziy qahramon vafot etadi va bu nimaga
ishora qiladi?
A) Oyto'ldi, ochko'zlikning oxiri voyligiga
B) Kuntug'di, adolatsizlikning oxiri voyligiga
C) Oyto'ldi, davlatning bebaqoligiga
D) O'zg'urmish, davlat bebaqoligiga
39. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoda faqat davlat yoki aql
bilan bitirib bo'lmaydigan ishlar ham borligidan, inson ko'nglida nozik
tuyg'ular mavjlanib turishidan xabar beradi, shu tuyg'ularga beparvo
bo'lmaslikka undaydi, umrni behuda o'tkazmaslik uchun hushyorlikka
chaqiradi?
UECRUT
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
40. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramon mushohadali, qat'iy fikrli inson
bo'lib, eligning shaharga kelish haqidagi taklifini rad etadi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
41. Yusuf Xos Hojib qo'llagan o'xshatishlar yozma adabiyotda an'anaga
aylanib ketgan bo'lib, adib nimani mash'alga va kimyoga o'xshatgan?
A) kitobni
B) bilimni
C) orzuni
D) ezgulikni
42. Yusuf Xos Hojib qo'llagan o'xshatishlar yozma adabiyotda an'anaga
aylanib ketgan bo'lib, adib xalqni nimaga o'xshatgan?
A) qo'yga
B) qo'ychivonga
C) oqimga
D) dengizga
43. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo'riga o'xshatilishidan maqsad
uning tajovuzkorligiga, bosqinchiligiga diqqatni tortishdir?
A) o'limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
44. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo'riga o'xshatilishi har ikkisining
ham yaxshi-yomonning farqiga bormasligi asosida vujudga kelgan?
A) o'limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
45. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshining hujumkorligi va dushmanga hamlasi
nimaga o'xshatiladi?
A) qoplonga
B) arslonga
C) to'ng'izga
D) filga
46. Yusuf Xos Hojib tun so'zi o'rnida qanday istioralardan foydalangan?
1) qora yuz bog'i; 2) zangi yuzi;
3) hindu qirtishi (qiyofasi);
4) qora soch bo'dug'i;
5) qora ko'ylak; 6) zog' rangi;
7) habash qirtishi; 8) tul to'ni;
9) qunduz terisi; 10) sevuglar qoshi.
A) 2, 3, 4, 6, 7, 9, 10
B) 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9
C) 1, 3, 4, 5, 6, 8, 10
D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
47. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramon behuda ishlar bilan band
bo'lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib umrni behuda o'tkazib
yuborishdan ogohlantiradi, mudrab borayotgan tuyg'ularni sergaklantiradi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
48. Yusuf Xos Hojibning quyidagi jumlasida qo'llanilgan nuqtalar o'rniga mos
so'zlarni qo'ying va uning turkcha so'zlarni nimaga qiyoslaganini toping.
«Men turkcha so'zlarni ........ singari deb bildim, shunga qaramay, ularni
avaylab-asrab qo'lga o'rgatdim»>.
A) ko'ldagi oppoq oqqush
B) yovvoyi tog' kiyigi
C) yirtqich bo'z bo'ri
D) yovvoyi o'rmon arsloni
49. «Qutadg'u bilig» asari haqidagi to'g'ri fikrlarni toping.
1) Adib asarda: «Davlat Adolat va Aql bilan boshqarilmog'i kerak», -
degan fikrni ramziy shaklda ifodalagan;
2) Asar so'ngida ilova qilingan qit'alardan birida adib o'z ismini ham
keltirib o'tadi: «E Yusuf, kerak so'zni so'zla ko'ni»>, ya'ni «Ey Yusuf,
kerak so'zni ro'yi rost so'zla>>.
3) Adib asarda turkiy xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va
qudratini ko'rsatib bera olgan;
4) Asar qahramonlari ramziylik kasb etadi;
5) Masnaviylar tarkibida to'rtliklar ham uchraydi;
6) Asar qahramonlarning o'zaro suhbati asosiga qurilgan;
7) «Qutadg'u bilig» badiiyatning yuksak namunasi hisoblanib, unda shoir
fikri go'zal obrazlar, hayotiy o'xshatish va lo'nda istioralar,
ta'sirchan tamsillar hamda mo'jaz ramzlar bilan ziynatlangan;
8) Adib haqidagi ma'lumotlar, asosan, dostonning o'zidagina saqlangan.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
B) 1, 2, 4, 6, 8
C) 1, 2, 3, 5, 7
D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8
50. «Qutadg'u bilig» asarida adl sifatlari kim tomonidan kimga qarata
aytilgan?
A) elig tomonidan O'gdulmishga qarata
B) Oyto'ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto'ldiga qarata
D) Oyto'ldi tomonidan O'gdulmishga qarata
51. Hozirgi Qirg'izistonning To'qmoq shahri yaqinida qaysi shaharning
xarobalari saqlanib qolgan?
A) O'tror
B) Qashqar
C) Yettisuv
D) Quz O'rdu
52. «Qutadg'u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta'rif qaysi
qahramonga tegishli?
Tili chin, yetuk hamda ko'zi va ko'ngli boy edi.
Bilimli, zakovatli, hushyor edi.
A) O'gdulmishga
B) Kuntug'diga
C) Oyto'ldiga
D) O'zg'urmishga
53. «Qutadg'u bilig» asarida nima: «...ishonchsiz, bevafo, qo'nimsiz narsa...
Yurib ketayotib to'satdan uchadi, uning oyog'i tayg'anchiqdir», - deya
ta'riflanadi?
A) baxt-davlat
B) visol
C) toj-u taxt
D) hayot
54. «Qutadg'u bilig»da mamlakat boshlig'i nima deb ataladi?
A) «hukmdor» yoki «
B) «amir» yoki «>
C) «elig» yoki «bek>>
D) <55. «Qutadg'u bilig» asarida vazir vafot etgach, uning o'rniga kim vazir


bo'ladi?
A) O'gdulmish C) Oyto'ldi
B) Kuntug'di D) O'zg'urmish
56. «Qutadg'u bilig» asarida elig bilan savol-javoblarda qaysi obraz turli-
tuman kasb-hunar, amal-martaba egalari (bek, vazir, elchi, kotib,
xazinachi)ning fazilatlari haqida gapiradi?
A) O'gdulmish C) Oyto'ldi
B) Kuntug'di D) O'zg'urmish
57. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramon taqvodor kishi bo'lib, u din va
diyonatni hamma narsadan ustun ko'radi? Uning uchun yaxshi kiyim, tansiq
taom, har xil o'yin-kulgilar ketidan borish umrni shamolga berish bilan
barobardir. Uning fikricha, inson o'z qalbini boyitishi, vujudini har xil
illatlardan forig' qilishi kerak. Buning yo'li esa ma'rifatdir.
A) Kuntug'di
B) O'zg'urmish
C) Oyto'ldi
D) O'gdulmish
58. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o'miga adibning bekni
qaysi vahshiy va yovuz obrazga o'xshatganligini topib, qo'ying.
«Beklar - bu jur'atli ... ga o'xshaydi.
G'azabga kirsa bosh kesadi, ey ravshan fikrli>>.
A) arslon C) jallod
B) lochin D) bo'ri
59. «Qutadg'u bilig»da or-nomussiz kishining yuzi nimaga o'xshatiladiki, bu
bilan shoir uning hech kimga keraksizligi, tashlandiq narsa barobaridagi
shaxs ekanini uqtiradi?
A) bo'zga
B) arg'uvonga
C) suyakka
D) oshga
60. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining baquvvatligiga ishora?
A) qoplon
B) arslon
C) lochin
D) fil
61. «Qutadg'u bilig»ning matn namunalari kimning nashridan olingan?
A) Q. Karimovning
B) K. Usmonovaning
C) B. To'xliyevning
D) H. Norimovning
62. Yusuf Xos Hojib ijodida bo'ri o'xshatishi qanday obrazlarni yoritishga
xizmat qilgan?
1) lashkarboshi; 2) ochko'z odam; 3) mard; 4) er; 5) o'lim; 6) dushman.
A) 1, 2, 3, 5
B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 3, 4, 5, 6
63. «Qutadg'u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qizil yuz
timsoli bo'lib, qizil yuz go'zallikning o'ziga xos «o'lchov birligi»dir?
A) arg'uvon
B) oy
C) osh
D) gul
64. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi bayt haqidagi to'g'ri izohlarni
toping.
Bo'dum erdi o'qteg, ko'ngul erdi ya,
Ko'ngul qilg'u o'qteg, bo'dum bo'ldi ya.
Mazmuni:
Qaddim o'qteg (to'g'ri), ko'nglim esa yoy (dek shay) edi,
Ko'ngil orzulari hanuz o'qdek, (lekin) qaddim yoy bo'ldi.
1) Birinchi misrada shoir yoshlikni, kuch-shijoatli davrni qad misolida
o'qqa, ko'ngilni esa yozga tashbeh beradi;
2) Ikkinchi misrada yigitlik qarilik bilan o'rin almashgach, keksa dil
orzulari hamon ilgarigiday jo'shqinligini, biroq bu orzu-istaklarni
amalga oshirish mushkullashganini obrazli tarzda ifodalaydi;
3) Ikkinchi misrada qadning yoyga o'xshatilishi zamirida qahramonning
mashaqqatli hayot girdobida qolganiga ishora yotadi;
4) Adib qo'llagan yuqoridagi tashbeh keyinchalik turkiy adabiyotda,
jumladan, o'zbek adabiyotida ham an'anaviy obrazga aylanib qoldi.
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 4. D) 1, 2, 3
65. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi parchani kim kimga qarata
aytgan va o'z g'oyalariga ishontira olgan?
Xudo berdi qulga ikki ko'z, quloq,
Ular bilan dunyo, oxiratga boq.
Ushlash uchun berdi yana ikki qo'l,
Biri dunyo, biri oxiratga yo'l.
Ikki oyoq berdi yana yurishga,
Biri u yon, biri bunda turishga.
A) O'gdulmish O'zg'urmishga qarata
B) Kuntug'di Oyto'ldiga qarata
C) Oyto'ldi O'zg'urmishga qarata
D) O'zg'urmish Kuntug'diga qarata

66. Yusuf Xos Hojib tasvirida «Qutadg'u bilig» asaridagi qaysi qahramon


«qilmishlari to'g'ri, fe'l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko'zi va ko'ngli boy, bilimli
zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov»> edi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
67. Qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq bilan
birga tasavvur etilgan bo'lib, jumladan, «el» so'zi qanday ma'nolarni
ifodalagan?
1) xalq; 2) mamlakat;
3) o'lka; 4) davlat (saltanat);
5) yurt; 6) nodonlar ahli.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6
68. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida elig Oyto'ldiga shakarni kim yeyishini aytadi?
A) ilm-ma'rifatli olim
B) oldin zulm ko'rib, eligdan haq - adolat topgan odam
C) ota-onani rozi qilgan adam
D) eligning onasi
69. «Qutadg'u bilig»da «el» so'zining «kun» so'zi bilan birga kelishi qaysi
tushunchalarga teng keladi?
A) «el-u xalq», «yurt», «mamlakat>>, <
B) «xalq», «o'lka», «quyosh», «vatan»>>
C) «quyosh», «yurt», «mamlakat>>, <>
D) «el-u xalq», «vatan», «yaxshilik»>, <>

70. «Qutadg'u bilig»da nechta yetakchi qahramon bor?


A) beshta
B) ikkita
C) uchta
D) to'rtta
71. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning so'l tomonida nima bor edi?
A) urog'un (dori)
B) shakar (sharbat)
C) pichoq
D) kursi
72. «Qutadg'u bilig» asari qancha muddatda yozib tugatilgan?
A) 12 oyda
B) 19 oyda
C) 15 oyda
D) 18 oyda
73. «Qutadg'u bilig» asarining umumiy hajmi qancha?
A) olti ming olti yuz bayt
B) besh ming besh yuz bayt
C) to'rt ming to'rt yuz bayt
D) uch ming uch yuz bayt
74. «Qutadg'u bilig» asarida qonun ustuvorligi, yurt osoyishtaligi va
farovonligini ta'minlagani bilan shuhrat qozongan podshoh kim?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
75. «Qutadg'u bilig» asari qahramoni Kuntug'di kim va nimaning ramzi?
A) elig - adolat ramzi
B) elig - davlat ramzi
D) vazir - aql ramzi
C) vazir - aql ramzi
76. «Qutadg'u bilig» asaridagi eng faol qahramon qaysi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
77. O'zg'urmish so'zining ma'nosini toping.
A) hushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi
B) aql bilan ziynatlangan
C) qanoat, ofiyat
D) zohid, sergak
78. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramonga
tegishli?
«Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshini yeymiz. Uxlab
tursak ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan bunday ovqatlarga ruju
qo'yishdan naf yo'q. Sen kimxoblarga o'ralab yurasan, men esa dag'al
yungdan to'qilgan to'n bilan kifoyalanaman. Ertaga o'lim kelsa ikkimiz
ham yalang'och ketamiz-ku!>>
A) Kuntug'di
B) O'zg'urmish
C) Oyto'ldi
D) O'gdulmish
79. «Qutadg'u bilig»da kishining yuzi nimalarga o'xshatiladi?
1) suyak; 2) oy: 3) osh;
4) anor; 5) bo'z; 6) arg'uvon.
A) 1, 2, 3, 4, 6
B) 2, 1, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4
D) 1, 2, 3, 5, 6
80. «Qutadg'u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz Sharq
adabiyotida yuz go'zalligining (umuman, go'zallikning ham) ramzi
hisoblanadi?
A) arg'uvon
B) oy
C) osh
D) gul
81. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» asarini kimga taqdim qiladi?
A) Muhammad Xo'jabekka
B) Ibrohim Bo'riteginga
C) Tavg'ach Bo'g'roxonga
D) Abusaid Mirzoga

82. «Qutadg'u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon


tilidan aytilgan?
Mening o'zim ham shu (oy) sifatlidirman,
Goho paydo bo'laman, goho mahv bo'laman.
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
83. «Qutadg'u bilig» asari qahramoni O'zg'urmish kim va nimaning ramzi?
A) elig - adolat ramzi
B) elig - davlat ramzi
C) vazirning o'g'li - aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi - qanoat (ofiyat) ramzi
84. «Qutadg'u bilig» asarida zohid kim?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
85. «Qutadg'u bilig» asarida elig yuzini o'girgan Oyto'ldiga qarata qaysi
xislatning kishi uchun «yaramas»ligini aytadi?
A) shoshqaloqlikning
B) yolg'onchilikning
C) badnafslilikning
D) ochko'zlikning
86. Yusuf Xos Hojib adolatni nimaga o'xshatadi?
A) hayot uchun zarur kimyoga
B) ko'ngillarni yorituvchi mash'alga
C) oqib turgan suvga
D) hammani go'zalligi ila bahramand etuvchi oyga.
87. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshining tunlari hushyor va bedorligi qaysi
obraz(lar)ga o'xshatiladi?
A) zag'izg'onga
B) lochin va ukkiga
C) tulkiga
D) ukki - boyo'g'liga
88. «Qutadg'u bilig»da qo'llanilgan quyoshning istioraviy ifodasini toping.
A) rumiy qizi
B) sevuglar qizi
C) arg'uvon qizi
D) sart qiz yuzi
89. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramon o'z maqsadi yo'lida og'ishmay
harakat qiladigan, sabot va matonatli inson hisoblanib, o'z ishini chala
qoldirib, yarim yo'ldan qaytadiganlar toifasidan emas?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
90. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi o'xshatishlar bir necha obrazlarni
yoritishga xizmat qiladi?
A) yilqi, qo'y
B) mash'al, arslon
C) yilqi, bo'ri
D) qo'y, quyosh
91. «Qutadg'u bilig» asarida «Bekka yaqin bo'lsang, o'zingga juda ehtiyot
bo'l» jumlasi qaysi qahramon tilidan aytiladi?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish

92. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini


aytadi» qismida Oyto'ldi eligdan nega pichoq olib o'tirganligini so'raganda,
elig qanday javob beradi?
A) «Qirquvchi va kesuvchi bir narsadir, ey unib-o'suvchi. Ishni adolat
yuzasidan hal qilaman»>.
B) «Ishni adolat yuzasidan hal qilaman, Beg (sifat) yoki qul (sifat)
kishilarni ajratib, farqlab o'tirmayman»>.
C) «Pichoqdek kesaman, ishlarni bichib tashlayman, Da'vo-tuhmat
qiluvchi kishi (ishini) uzatib, cho'zib o'tirmayman»>.
D) «Va dargohimga kelib mendan haq-adolat topsa, Sevinchga to'ladi va
xursand bo'ladi»>.
93. Quyidagilar ichidan qadimgi Yettisuvning markazi Bolasog'unning
ko'plab nomlaridan birini toping.
A) Qashqar
B) Quz O'rdu
C) Xo'tan
D) Tibet
94. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» dostonini qayerda tugatgan?
A) Bolasog'unda
B) O'trorda
C) Mashhadda
D) Qashqarda

95. «Qutadg'u bilig» asaridagi qaysi qahramonning fe'l-atvorida barcha ezgu


xislatlar mujassam, shunga qaramay, alohida e'tiborni ham talab qiladi?
A) O'gdo'lmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
96. O'gdulmish (o'g) so'zining ma'nosini toping.
A) qanoat, ilm
B) adl, adolatli inson
C) aql bilan ziyraklangan
D) ofiyat, sog'lomlik
97. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshining mardonavorligi qaysi obrazga
o'xshatiladi?
A) qoplonga C) bo'riga
B) arslonga D) to'ng'izga
98. «Qutadg'u bilig» asarida elig iltifot bilan boqib, kulib gapirganida unga
yuzini o'girib, javob bermagan qahramon kim?
A) O'gdo'lmish
B) Oyto'ldi
C) vazirning qarindoshi
D) vazirning o'g'li
99. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning o'ng tomonida nima bor edi?
A) urog'un (dori)
B) shakar (sharbat)
C) pichoq
D) kursi
100. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshining shiddati nimaga o'xshatiladi?
A) lochinga
B) ayiqqa
C) bo'riga
D) qo'tosga
101. Yusuf Xos Hojib qo'llagan o'xshatishlar yozma adabiyotda an'anaga
aylanib ketgan bo'lib, adib bekni nimaga o'xshatgan?
A) bo'riga
B) yo'lbarsga
C) qo'ychivonga
D) dengizga
102. Yusuf Xos Hojib ijodida yilqi (hayvon) o'xshatishi qanday obrazlarni
yoritishga xizmat qiladi?
1) nodon odam; 2) bilimsiz kishi;
3) zakovatsiz shaxs; 4) ochko'z inson;
5) yomon xulqli kishi;
6) yaramas odatli kishi..
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 5, 6
D) 1, 3, 5, 6
103. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» asari uchun qanday lavozim bilan
taqdirlanadi?
A) lashkarboshilik lavozimi
B) xos hojiblik lavozimi
C) mirzalik lavozimi
D) miroblik lavozimi
104. «Qutadg'u bilig» asarining «Kuntug'di elig Oyto'ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida elig Oyto'ldiga urog'unni kim ichishini aytadi?
A) o'zi zo'ravon-zolim va to'g'rilikdan qochadigan odam
B) o'zi behayo va or-nomussiz odam
C) o'zi baxil va hasadgo'y odam
D) o'zi takabbur va boshqalarni mensimaydigan odam
105. Quyidagi qaysi asarlarda arab alifbosidagi «yo» harfi qadimgi yozma
manbalardagi, shuningdek, xalq og'zaki ijodidagi kamon bilan bog'lanib
ketadi?
A) «Qutadg'u bilig» va «Devonu lug'ot at-turk» asarlarida
B) «Qutadg'u bilig» va «Qisasi Rabg'uziy» asarlarida
C) «Muhabbatnoma» va «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida
D) «Muhabbatnoma» va «Devonu lug'ot at-turk» asarlarida
106. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishiga ishora?
A) arslon
B) bo'ri
C) lochin
D) to'nghiz
107. «Qutadg'u bilig» asarida davlat va boylikning abadiy emasligi qaysi
obraz tomonidan tushuntirilgan?
A) O'gdulmish
B) Kuntug'di
C) Oyto'ldi
D) O'zg'urmish
108. «Qutadg'u bilig» asarida qaysi qahramonlarning savol-javoblari ba'zan
keskin munozara darajasiga yetadi?
A) O'gdulmish va O'zg'urmishning
B) Kuntug'di va Oyto'ldining
C) Oyto'ldi va O'zg'urmishning
D) O'zg'urmish va Kuntug'dining
qasoskorligi nimaga o'xshatiladi?
109. «Qutadg'u bilig»da lashkarboshining
A) lochin va quzg'unga
B) ayiq va tulkiga
C) qo'tos va tuya erkagiga.
D) ukki va burgutga



Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling