1 – laboratoriya ishi energetikada qoʼllaniladigan qurilmalari va dasturiy taʼminotni oʼrnatish, ishlay prinsipi bilan tanishish


Download 14.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.10.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1702164
Bog'liq
Laboratoriya mashg\'ulotlari1




1 – LABORATORIYA ISHI 
ENERGETIKADA QOʼLLANILADIGAN QURILMALARI VA DASTURIY 
TAʼMINOTNI OʼRNATISH, ISHLAY PRINSIPI BILAN TANISHISH 
 
 
Laboratoriya ishidan maqsad: Energetikada qo’llaniluvchi dasturlar haqida 
umumiy tushunchaga ega bo’lish, EHMga yuklashni o’rganish va interfeysi bilan 
tanishish. 
Nazariy qism 
 
SCADA (inglizcha Supervisory Control And Data Acquistion - dispetcher 
nazorati va ma'lumotlarni to'plash) dasturi quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi: 
 Jarayondan olingan o'lchovlar va holat to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish
 Jarayonga masofadan turib boshqarish 
 Markazlashtirilgan tizim platformasi
 Qurilmalarni nazorat qilish 
 Jarayonlarda qo’llanilishi 
 Energetika tizimini loyihalashda qo’llash 
 Gaz, neft, kimyoviy moddalar yoki suv uchun quvur liniyalarini 
modellashtirish 
 Temir yo'l / transport jarayonlarini avtomatlashtirish 
 atom, gaz, uglerod ishlab chiqarish zavodlarini loyihalash 
Rasm 1 SCADA sistemasi o'rnatilgan xona 
 
 
 
SCADA tomonidan nimalar boshqariladi? 



1. 
kran almashtirgichlar 
2. 
Kommutatsiya qurilmalari 
3. 
Shunt kondensator / reaktor 
4. 
Generatorning sozlash nuqtalari 
5. 
Qo'zg'alish va quvvat chiqishi 
6. 
Ketma-ket boshqarish tizimi 
Rasm 2 Elektr ta'minoti sistemalarining loyihasi 
 
SCADA boshqaruv tizimi 3 ta qismdan iborat: 
 Masofaviy substansya 
 Signallar almashinuvchi qism 
 Markaziy boshqaruv 
Rasm 3 SCADA ning ishlash prinspi 
Substansyada asosiy qurilmalar va ulardagi ma’lumotlarni masofaviy terminal 
(Remote Terminal Unit (RTU)) ga yuboruvchi aqlli elektronik qurilmalar (Aktuator, 
logic controller (Programmable Logic Controller (PLC)) dan tashkil topgan. 



RTU - bu SCADA tizimidagi turli xil sensorlar, hisoblagichlar va boshqaruv 
muhiti bilan bog'liq aktuatorlar bilan bevosita aloqada bo'lgan asosiy komponent. 
Ushbu RTUlar real vaqt rejimida logik kontrollerlardan (PLC) ni va ma'lumotlarni 
uzatish uchun modem (masofaviy stantsiya ma'lumotlarini raqamli shaklga to'g'ri 
konvertatsiya qiluvchi qurilma), shuningdek, qabul qilingan signallarni asosiy 
blokdan olib boshqarish uchun ishlovchi aktuatorlardan iborat. 
Signallar almashinuvi qismida axborotlar almashinuvchi qurilmalar joylashadi. 
Axborot almashinuvi 1200bps (inglizcha - bit per second – 1 sekunddagi bit) 
bo’lsada, haqiqy qiymadi 300bps dan kichik bo’ladi. 
Markaziy substansyada SCADA dasturiy ta’minoti o’rnatilgan EHM lar va tashqi 
boshqaruv nuqtasi joylashadi 
 
Nazorat savollari 
 
1. 
SCADA nima va qanday vazifalarni bajarishga mo’ljallanga? 
2. 
SCADA tomonidan nimalar boshqariladi? 
3. 
SCADA boshqaruv tizimi necha qismdan iborat? 
4. 
Aktuator, PLC va RTU qurilmalari nima vazifalarni bajaradi? 
5. 
SCADA qurilmalari o’rtasida axborot almashish tezligi qancha? 
 

Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling