1- laboratoriya ishi ishning nomi: Detallarga boshlang‘ich ishlov berish Ishdan maqsad


Download 148.31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi148.31 Kb.
#1609632
Bog'liq
1-lab



1- LABORATORIYA ISHI 
1. Ishning nomi: Detallarga boshlang‘ich ishlov berish 
2Ishdan maqsad: Talabalarga kiyim yoqasi, bortlari, cho‘ntak qopqoq, manjet va qirqimlariga 
ishlov berish yo‘llarini o‘rganish. 
3. Ishning nazariy qismi. 
Kiyimning biron shaklda bo‘lishi uchun gazlamani detallarga bo‘lib bichib, ularni birin – 
ketin ulash yo‘li bilan erishish mumkin. Bundan tashqari, gazlamaning plastikligi va boshqa 
xossalaridan foydalanib, uni cho‘zilish va boshqa ta’sirlardan saqlaydigan turli qotirmalar, uqalar 
ishlatib ham kiyimga shakl berish mumkin. Namlab isitib ishlaganda kirishtirilgan va cho‘zilgan 
joylarini saqlab qolish mumkin bo‘lgan gazlamalardan tikilgan kiyimlarga materialning plastik 
xossasi hisobiga kerakli shakl beriladi. Gazlamaning bunday xossali bo‘lishi dazmollab kirishtirish 
va dazmollab cho‘zish operatsiyasini bajarishga imkon beradi. Kiyimga solqiroq tikish yo‘li bilan 
kerakli shakl berish gazlamaning kirishishi xisobiga bo‘ladi. Buning uchun mashinada chok 
solayotganda ulanayotgan detallarning bittasi solqiroq tikiladi.
Boshlang‘ich ilov berishga detallarni turg‘unlashtirish, kiyim qirqimlariga ishlov berish 
kiradi. Kiyimning yoqasi, bortlari, cho‘ntak qopqoqlari va manjetlariga turg‘unlik berish uchun 
ularga yelim kukuni qoplangan xilma-xil qotirmalar ishlatiladi. Bunday qotirmalar kiyimni 
kimyoviy tozalashga, sovun eritmasiga, qaynatishga va yuvishga chidamli bo‘ladi. Qotirmalar 
kiyim tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va dastlabki shaklini uzoq vaqt saqlaydi. Qotirma asosiy 
detal shaklida, chok xaqlari qoldirmay yoki ag‘darma chok bilan tikiladigan cheti chokka 0,1- 0,2 
sm kirib turadigan qilib bichiladi. Detallar tikilmasidan oldin, ularga qotirma yopishtiriladi. 
Yopishtirishda qotirma namlanmaydi, dazmollovchi sathning harorati 140
0
S – 160
0
S, ta’sir etish 
vaqti 10-30 sek, bosim-0,5M bo‘ladi. 
1.1-rasm. Detallar qirqismiga ishlov berish. 
Ayollar va qizlar bolalar ko‘ylaklari tikilayotganda biriktirma choklarning barcha 
qirqimlari 51-A kl, 851kl, 208-A kl, 8515kl mashinalarida yo‘rmalab chiqiladi. Tabiiy shoyi
duxoba kam titiladigan bo‘lgani uchun ularning qirqimlarini arratishsimon qilib kertib qo‘ilsa 
bo‘ladi. Sintetik materiallarni qirqimlariga issiqlik ta’sir ettirib eritilib, so‘ngra sovutilsa, qirqimlar 
titilmaydigan bo‘ladi. 
Asosiy detal qirqimlari bukilib, yopiq qirqimli qilibtikiladi. Ayrim detallar qirqimlari 
mag‘iz qo‘yib tikiladi. Maxsus moslama (mag‘izlagich) yordamida detal chetiga maxsus tasma 
ikki buklanib bostirib tikiladi. 


4. Ish joyini jihozlash. 
1. Tikuv mashinasi. 
2. Dazmol stoli. 
3. Dazmol. 
4. Asosiy material. 
5. Flezilin. 
6. Andozalar. 
7. Qaychi. 
5. Ishni bajarish tartibi. 
Mashg‘ulotni bajarishdan oldin biz kerakli narsalarni taxt qilib olamiz. So‘ngra asosiy 
materialga andozalarni joylashtirib kerakli detallarni qo‘yib bichib olamiz. Asosiy detaldan 0,1-
0,2sm kichik qilib flizilindan yoki bort qotirmasidan detallarni bichib olamiz. So‘ngra bichilgan 
asosiy detallarimiz (yoqa, bort, cho‘ntak qopqoq, manjet) ustiga flezilindan yoki bort qotirmasidan 
bichilgan detallarimizni joylashtiramiz. Tayyorlagan detallarimiz dazmol stolga joylashtirib 
dazmol qilamiz. Detallarimiz tikishga tayyor bo‘ladi. Qirqimlarga ishlov berishda 3-4 ta 
detallardan bichib olamiz. Ularni birlashtiruvchi chok bilan mashinada birlashtiramiz va maxsus 
mashinada yo‘rmalaymiz. Boshlang‘ich ilov berishga detallarni turg‘unlashtirish, kiyim 
qirqimlariga ishlov berish kiradi. Kiyimning yoqasi, bortlari, cho‘ntak qopqoqlari va manjetlariga 
turg‘unlik berish uchun ularga elim kukuni qoplangan xilma-xil qotirmalar ishlatiladi. Bunday 
qotirmalar kiyimni kimyoviy tozalashga, sovun eritmasiga, qaynatishga va yuvishga chidamli 
bo‘ladi. Qotirmalar kiyim tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va dastlabki shaklini uzoq vaqt saqlaydi. 
Qotirma asosiy detal shaklida, chok xaqlari qoldirmay yoki ag‘darma chok bilan tikiladigan cheti 
chokka 0,1- 0,2 sm kirib turadigan qilib bichiladi. Detallar tikilmasidan oldin, ularga qotirma 
yopishtiriladi. Yopishtirishda qotirma namlanmaydi, dazmollovchi sathning harorati 140
0
S – 
160
0
S, ta’sir etish vaqti 10-30 sek, bosim-0,5M bo‘ladi. Etak qismini, yeng uchlarini yopiq 
qirqimli qilib tikamiz. Ana shunday qilib amaliy mashg‘ulotimizni olib boramiz. 
6. Hisobot mazmuni. 
1. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumot. 
2. Andozalar qo‘yib bichilgan detallar. 
3. Bort qotirmasi yopishtirilgan detallar. 
4. Ishlov berilgan detallarni qirqimlari. 
5. Xulosa. 
6. Ishlatilgan adabiyotlar. 
7. Nazorat uchun savollar. 
1. Detallarga boshlang‘ich ishlov berishga qanday ishlar kiradi? 
2. Detallar qirqimlariga qanday ishlov beriladi? 
3. Asosiy detal qirqimlariga qanday ishlov beriladi? 
4. Sintetik materiallar qirqimlariga qanday ishlov beriladi? 
Adabiyotlar. 
1. M.SH.Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent-1977yil. 
2.G.K.Qulijonova, S.S.Musaev “Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi” Toshkent-2002yil. 

Download 148.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling