1 – Laboratoriya ishi Ma’lumotlar va obyektlarni kodlash Ma’lumotlarni kodlash


Download 45.69 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi45.69 Kb.
#1144852
1   2   3
Ma’lumot va ob’ektlarni kodlash


Ish rejasi:

  1. Yuklarni kodlash

  2. Konteynerlarni kodlash

TYTBAT da yuklarning nomlari olti xonali raqamlar bilan kodlanadi: kodning birinchi ikkita raqami – yukning tarifguruxi; uchinchi raqam tarif guruxidagi pozitsiya raqami; to‘rtinchi vabeshinchi raqamlar – yukning tarif pozitsiyasidagi tartib raqami xisoblanadi. Yuk kodidagi nazorat raqamini aniqlash uchun xam stansiya kodini aniqlashdagi algoritmdan foydalaniladi (og‘irlik qatori – 1,2,3,4,5 va kodlash moduli -11).


Poezdlar turidan kelib chiqqan xolda nazorat raqamisiz to‘rt xonali raqamlar bilan kodlanadi.(5 ilova).
Universal konteynerlar turidan kelib chiqqan xolda raqamlanadi: o‘rta tonnajli va yirik tonnajli. O‘rta tonnajli konteynerlarning raqamlari 9 ta raqamdan iborat bo‘ladi: 8 ta raqam –asosiy qism (1taraqam esa konteynerning turi va o‘lchamini bildiradi) va 9- raqam nazorat soni. Yirik tonnajli konteynerning raqami 4 belgili prefiksdan tashkil topgan bo‘lib, u mulkchilik davlatini tavsivlaydi, va 7 raqamdan iborat bo‘ladi:bunda 6 ta raqam –asosiy qism va 7- raqam nazorat soni.
O‘rta tonnajli konteynerlarning kodidagi nazorat sonini aniqlash uchun 11 modulidan foydalaniladi, og‘irlik qatori esa: 20, 21, ... , 27. Xisoblar stansiya kodining nazorat sonini aniqlashdagi usul kabi amalga oshiriladi. Keltirilgan konteyner turlari uchun nazorat belgilarini xisoblashga doir masala 1.3. rasmda keltirilgan.



1.3.- rasm. O‘rta tonnajli konteynerlarni kodi uchun nazorat raqamini xisoblash


Yirik tonnajli konteynerlar xamda o‘rta tonnajli konteynerlarning kodidagi nazorat raqamlarini aniqlash amali bir biriga o‘xshash bo‘lib, birdan bir farqi shundan iboratki yirik tonnajli konteynerlarda prefiks xisobga olinishi lozim, ya’ni alfavit bo‘yicha 10 dan boshlab son ko‘rinishiga aylantirib olinishi lozim. (11 moduliga bo‘linmaydigan sonlardan tashqari - 11, 22, 33). Keltirilgan konteyner turlari uchun nazorat belgilarini xisoblashga doir masala 4- rasmda keltirilgan.





4- rasm. Yirik tonnajli konteynerlar kodi uchun nazorat raqamini xisoblash

1 – Laboratoriya ishi


Ma’lumotlar va obyektlarni kodlash


Ma’lumotlarni kodlash


Temir yo‘l transportida boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi (TYTBAT) da ma’lumotlar va ob’ektlarni kodlash kodlashning to‘rtta tizimi bo‘yicha olib boriladi: tartibli, seriyali - tartibli, fasetlivasinflili. Tartibli kodlash ob’ektlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri ketma-ket rasmiylashtirishga asoslangan. Seriyali – tartibli kodlashda esa ob’ektlar guruxlarga ajratiladi va guruxning ichida esa kodlar tartib bo‘yicha belgilanadi. Fasetli kodlashda ob’ektning tarkibiy kodi aniqlanadi, va uning xar bir qismi aniq bir belgilarini bildiradi. Fasetning tarkibiy qismi ichida xar qanday tizimi bo‘yicha kodlash usuli qo‘llaniladi.Sinflili kodlashda esa ob’ektning tegishli bo‘lgan sinfi aniqlab olinadi, ushbu sinf nim sinflarga ajratib olinadi, ob’ekt kaysi nim sinfga tegishliligi aniqlab olinadi va xakozo.Xar bir darajaning elementlari ketma ket va xar qanday tizim bo‘yicha kodlanadi.


Vagonlarning raqamini, stansiya va yuklarning nomlarini kodlash uchun TYTBAT da ortiqcha kodlardan, ya’ni asosiy kodddagi xatoliklarni aniqlash imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha raqam - nazorat belgisi qo‘llaniladi.

Stansiyalarni kodlash


TYTBAT da temir yo‘l stansiyalarining kodi oltita raqamdan tashkil topgan bo‘ladi. Birinchi beshta raqam kodning asosiy qismini tashkil etsa, oltinchi oxirgi raqamnazorat raqami xisoblanadi. Stansiya kodining birinchi ikkita raqami stansiya tegishli bo‘lgan tarmoq xududining tartib raqami (tarmoq 99 ta xududga ajratilgan) kodning oxirgi uchta raqamlari esastansiyaning tarmoq xududi ichidagi tartib raqamini bildiradi. Yuk jarayonlari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar uchun kodning beshinchi raqami doimo nol bo‘ladi. statsiyaga kelib tutashgan va yuk amallari uchun yopiq bo‘lgan stansiyalar (yo‘lovchistansiyalari, to‘xtash punktlari, raz’ezdlar va boshqalar) ning oxirgi beshinchi raqami 1 dan 9 gacha bo‘lgan ketma-ketlikda kodlanadi. Ushbuxolatda stansiyalarning kodlari uchastkalarda juft yo‘nalishga tomon ortib boradi.


Shunday qilib, tarmoq xududi ichida jami mingtadan ko‘p bo‘lmagan ajratish punktlari bo‘lishi mumkin va ularning orasida yuztadan ko‘p bo‘lmagan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar bo‘lishi mumkin. Xududlar uchun zarauriy bo‘lgan va yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar nolli tartib raqamiga egadir va shuning uchun ularning kodlaridagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi raqamlari nol sonni tashkil etadi.
Shunday qilib, nazorat raqami, shunday tanlab olinishi lozimki, kod raqamining yig‘indilarining og‘irlik koeffitsientlariga bo‘lgan nisbati K raqamiga teng taqsimlanadigan bo‘lsin (mod
ul bo‘yicha nol bilan taqqoslanadigan).
Temir yo‘l stansiyasi kodi nazorat raqamini xisoblash bo‘yicha masala 1.1. rasmda keltirilgan. (VSJD, Tayshet stansiyasi – kodining asosiy qismi 92000). Ushbu masalada kodning nazorat raqami 2 ga teng bo‘ldi va to‘liq kod – 920002.
1.1. – rasm. Stansiya kodi uchun nazorat raqamini xisoblash

Agar nazorat raqami 10 ga teng bo‘lsa, kodga ikkita nazorat raqamlarini kiritmaslik uchun, og‘irlik qatorini ikkita pozitsiyaga surish amalga oshiriladi. Bunda qator quyidagi ko‘rinishga keladi 3, 4, 5, 6, 7 va shundan so‘ng xisob qaytadan amalga oshiriladi.Agar bo‘linmadan qolgan son shunda xam 10 ga teng bo‘lsa, u xolda nazorat raqami nol deb qabul qiinadi.


Ko‘rib chiqilgan stansiyalarning ortiqcha kodlash tizimi, kodlardagi barcha bittalik xatoliklarni va shu bilan birga 90 foiz atrofida boshqa xatoliklarni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Bir nechta xolatlarda TYTBAT da stansiya kodlarining oddiylashtirilgan, ya’ni belgilarining soni kam bo‘lgan tizimidan foydalaniladi. Birinchidan nazorat raqami mavjud bo‘lmagan stansiya kodlari qo‘llanilishi mumkin. Ushbu xolatda stansiya kodi asosiy qismi beshta sondan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar uchun yagona raqamlash tizimidagi koddan foydalaniladi (YaRT kodi). Ushbu kod stansiya kodining birinchi to‘rtta sonidan tashkil topgan bo‘ladi va beshinchi nazorat raqami kodda ishlatilmaydi. Uchinchidan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar uchun stansiya YaRT ning ximoyalangan kodidan foydalanish mumkin. Ushbu kod YaRT kodining to‘rtta raqami va nazorat raqamidan tashkil topadi. Yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar kodidagi beshinchi raqam doimo nol bo‘lganligi uchun, ularning kodlari uchun nazorat raqamlari birinchi to‘rtta raqamlar bo‘yicha xisoblanishi mumkin, ya’ni YaRT kodi bo‘yicha. Bunday yo‘l bilan xisoblab topilgan nazorat raqami, olti belgili stansiya kodidagi nazorat kodi bilan mos kelishi mumkin.

Vagonlarni kodlash


Vagon raqami sakkizta raqamlar zanjiridan kodlanadi: birinchi yettita raqam asosiy kodni tashkil etadi, oxirgi sakkizinchi raqam esa nazorat raqami xisoblanadi.Kodlash uchun quyidagi og‘rlik qatoridan foydalaniladi: 2, 1, 2, 1, 2, 1, 2, modul esa 10 teng deb qabul qilinadi. Nazorat raqamini kodlash algoritmi stansiyalarni kodlashdan bir muncha farq qiladi. 1.2- rasmda vagon kodining nazorat raqamini xisoblash sxemasi keltirilgan.


Uni aniqlashda ikki xonali raqamlar yig‘indisi qo‘shiladi. Nazorat raqami esa olingan yig‘indini to‘ldiruvchi son bo‘ladi (masalada u 41) va yaqin o‘nlikkacha olinadi (bizdagi xolatda 50 gacha). Shunday qilib nazorat raqami 9 ga teng va vagonning to‘liq raqami - 74354689.

1.2. rasm. Vagon kodi uchun nazorat raqamini xisoblash


Raqamning birinchi soni vagonning turini aniqlab beradi, ikkinchi son esao‘qliligi va asosiy xarakteristikasini bildiradi, uchinchi son esa vagon to‘g‘isidagi qo‘shimcha xarakteristikalarini bildiradi, yettinchi raqam bo‘yicha vagonda o‘tish yo‘lakchasi bor, yo‘qligi aniqlanadi.Raqamlash tizimi birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamlar bo‘yicha vagonni biror bir turga mansubligini aniqlash imkoniyatini beradi. Bir turga mansub bo‘lgan vagonlarning xisobiy tara og‘irliklari va uzunliklari bir xil bo‘ladi (shartli vagonlarda).
Barcha turdagi tezkor xamda statistik xisobotlarda turli guruxdagi vagonlar orasidan vagonlar quyidagi raqamlash kesimida ajratib olinadi:
• Xayvonlarni tashuvchi vagonlar - 9100000 – 9109998,
• Sement tashuvchi vagonlar - 9300000 – 9399998,
• Fiting platformalar - 9400000 – 9499998,
• Don tashuvchi vagonlar - 9500000 – 9599998
9669498 – 9669998 raqamlar kesimidagi 968 turidagi vagonlar orasidan g‘ildirak juftliklarini tashishga mo‘ljallangan 4 o‘qli platformalar belgilab olinadi.
Vagon raqamidagi yettinchi raqam agar u 9 ga teng bo‘lsa, vagonda tormoz maydonchasi mavjudligini bildiradi.

№ 1 laboratoriya ishi (2 qism)


Ma’lumot va ob’ektlarni kodlash


Ish rejasi:


1. Yuklarni kodlash
2. Konteynerlarni kodlash

TYTBAT da yuklarning nomlari olti xonali raqamlar bilan kodlanadi: kodning birinchi ikkita raqami – yukning tarifguruxi; uchinchi raqam tarif guruxidagi pozitsiya raqami; to‘rtinchi vabeshinchi raqamlar – yukning tarif pozitsiyasidagi tartib raqami xisoblanadi. Yuk kodidagi nazorat raqamini aniqlash uchun xam stansiya kodini aniqlashdagi algoritmdan foydalaniladi (og‘irlik qatori – 1,2,3,4,5 va kodlash moduli -11).


Poezdlar turidan kelib chiqqan xolda nazorat raqamisiz to‘rt xonali raqamlar bilan kodlanadi.(5 ilova).
Universal konteynerlar turidan kelib chiqqan xolda raqamlanadi: o‘rta tonnajli va yirik tonnajli. O‘rta tonnajli konteynerlarning raqamlari 9 ta raqamdan iborat bo‘ladi: 8 ta raqam –asosiy qism (1taraqam esa konteynerning turi va o‘lchamini bildiradi) va 9- raqam nazorat soni. Yirik tonnajli konteynerning raqami 4 belgili prefiksdan tashkil topgan bo‘lib, u mulkchilik davlatini tavsivlaydi, va 7 raqamdan iborat bo‘ladi:bunda 6 ta raqam –asosiy qism va 7- raqam nazorat soni.
O‘rta tonnajli konteynerlarning kodidagi nazorat sonini aniqlash uchun 11 modulidan foydalaniladi, og‘irlik qatori esa: 20, 21, ... , 27. Xisoblar stansiya kodining nazorat sonini aniqlashdagi usul kabi amalga oshiriladi. Keltirilgan konteyner turlari uchun nazorat belgilarini xisoblashga doir masala 1.3. rasmda keltirilgan.
1.3.- rasm. O‘rta tonnajli konteynerlarni kodi uchun nazorat raqamini xisoblash

Yirik tonnajli konteynerlar xamda o‘rta tonnajli konteynerlarning kodidagi nazorat raqamlarini aniqlash amali bir biriga o‘xshash bo‘lib, birdan bir farqi shundan iboratki yirik tonnajli konteynerlarda prefiks xisobga olinishi lozim, ya’ni alfavit bo‘yicha 10 dan boshlab son ko‘rinishiga aylantirib olinishi lozim. (11 moduliga bo‘linmaydigan sonlardan tashqari - 11, 22, 33). Keltirilgan konteyner turlari uchun nazorat belgilarini xisoblashga doir masala 4- rasmda keltirilgan.




4- rasm. Yirik tonnajli kon
Download 45.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling