1 – laboratoriya ishi Mavzu: ims tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish. Ishning maqsadi


Download 292.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi292.94 Kb.
#1407831
Bog'liq
1-compressed



1 – laboratoriya ishi
Mavzu: IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish.
Ishning maqsadi: IMS tayyorlash texnologiyasining asosiy bosqichlari
ularning topologiyasi bilan tanishish va IMS belgilanish tizimini o‘rganib chiqish. 
Qisqacha nazariy ma’lumot: 
Elektronika o‘zining yarim asrlik tarixi davomida IMSlar elementlari 
o‘lchamlarini kamaytirish yo‘lida rivojlanmoqda. 1999 yilda mikroelektronika 
texnologik ajratishning 100 nmli dovonini engib nanoelektronikaga aylandi. Hozirgi 
vaqtda 45 nmli texnologik jarayon keng tarqalgan. Bu jarayon optik litografiyaga 
asoslanishini aytib o‘tamiz. 
Mikroelektron qurilmalar (IMSlar) yaratishning ananaviy, planar jarayon 
kabi, usullari yaqin 10 yillik ichida iqtisodiy, texnologik va intellektual chegaraga 
kelib qolishi mumkin, bunda qurilmalar o‘lchamlarini kamaytirish va ularni tuzilish 
murakkabligining oshishi bilan harajatlarning eksponensial oshishi kuzatiladi. 
Muammoni nanotexnologiyalar usullarini qo‘llagan holda yangi sifat darajasida 
echishga to‘g‘ri keladi. 
1. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar. 
 
2. 2 ta listga IMS tayyorlash texnologiyasining asosiy bosqichlarini yozish va 
rams,chizmalarini chizish va baholangandan keyin xemis tizimiga joylash. 
3. Laboratoriya prinsipal va ishchi sxemasini o‘qish va tushuntirib berish. 
4. Laboratoriya ishini sxema yordamida stentda yig‘ish va ishlatib ko‘rsatish.
5. Programmasini tuzish. 


Laboratoriya ishini bajarish stenti 
IMSni ichki tuzilish 


IMSni ichki ko’rinishi 
1.1. IMS belgilanish tizimini o‘rganib chiqish va berilgan IMSlar majmuidagi har 
bir IMS uchun qisqacha xarakteristika berish: funksional vazifasi, texnologiyasining 
turi, qo‘llanish sohasi, asosiy parametrlari. 
2.1. Namoyish qiluvchi maket va ko‘rgazmali qurollar bilan tanishib chiqing. 
2.2. Berilgan majmuadagi IMSning nomini, turining klassifikatsiyasini va har bir 
IMS turkumini aniqlang. 
2.3. Ma’lumotnomadan foydalanib o‘rganilayotgan IMSga xarakteristika bering: 
bajaradigan vazifasi, qo‘llanio‘sohasi, asosiy elektr parametrlari. 
2.4. IMS tayyorlash asosiy bosqichlaridan foydalanib, IMS tayyorlash texnologik 
bosqichlarining ketma – ketligi haqida umumiy bayon bering va ularga qisqacha 
xarakteristika bering. 
2.5. Kuzatilayotgan tasvir qaysi texnologik bosqichga ta’luqli. 
2.6. Mikroskop ostida tugallangan kichik va o‘rta darajali integratsiyadagi IMS 
topologiyasini ko‘rikdan o‘tkazing. 








IMS prinsipal sxemalari 
- berilgan sxemalarda asosiy belgilanishlari; 
- berilgan sxemalarda har bir IMS uchun qisqacha xarakteristika; 
- yarimo‘tkazgich va gibrid IMSlar tayyorlash texnologik bosqichlarini bayoni; 
void setup() { 
pinMode(13, OUTPUT); // объявляем пин 13 как выход 

void loop() { 
digitalWrite(13, HIGH); // зажигаем светодиод 


delay(1000); // ждем 1 секунду 
digitalWrite(13, LOW); // выключаем светодиод 
delay(1000); // ждем 1 секунду 

(har bir labaratoriya baholangandan keyin yuklanadi baxolanmagan hemis 
tizimiga yuklangan laboratoriyalar baholanmaydi). 
Nazorat savollari 
1. Integral mikrosxema (IMS) nima ? 
2. IMS asosiy xususiyati nimada ? 
3. IMS elementi va komponentasi deb nimaga aytiladi ? 
4. Pardali, gibrid va yarim o‘tkazgichli IMSlarning bir – biridan farqi nimada? 
5. Nima sababli tranzistorli tuzilma turli IMS elementlari yasashda asosiy 
hisoblanadi ? 
6. Integral mikrosxema elementlarini izolyasiyasi qanday amalga oshiriladi ? 

Download 292.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling