1 – laboratoriya ishi Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o‟rnatish Ishdan maqsad


Download 255.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana05.05.2023
Hajmi255.06 Kb.
#1432696
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-laboratoriya ishi

Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni 
boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‗lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi 
qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‗rniga SSH protokolini 
qo‗llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun 
ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida 
ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday 
identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq 
uzatiladi. 
SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda himoyani 
ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) 
ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasidagi 
uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP- port 22 ni, Telnet 
TCP-port 23 ni ishlatadi. 
Kerakli resurslar: 
– 1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 
15.0(2), obraz lanbasek9); 
– 1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP 
da emulyator terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty); 
– cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun console 
kabeli; 
– ethernet kabeli. 
1. Kommutatorni sozlashni tekshirish 
1.1. Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang 
a. Topologiyaga mos ravishda konsolli ulanishni o‗rnating. Bunda 
Ethernet kabelini PC-A ga ulamang (bu real qurilmaga ulanishda). 
b. Tarmoq qurilmasini sozlashda konsolli port yoki Telnet / SSH 
ulanish uchun terminal (m: komp‘yuter)da emulyatsiya dasturlari mavjud 
bo‗lishi kerak. Ushbu dasturlardan ba‘zilari quyidagilardir: 
− PuTTY; 
− Tera Term; 
− SecureCRT; 
− HyperTerminal; 
− Terminal OS X. 
Laboratoriya ishini bajarishda topologiyani qurish va Cisco 
kommutatoriga konsol kabeli bilan bog‗lanish yoki uzoqdan kirish usuli 
(telnet yoki SSH) orqali kirishga ruxsat olish kerak. Kommutatorning asosiy 


ko‗rsatkichlarini sozlashdan oldin kommutatorning dastlabki xolatini 
tekshirish kerak. Kommutatorning bu ko‗rsatkichlariga qurilmaning nomi, 
interfeysning nomi, lokal parollar, MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini 
ogohlantiruvchi xabar) banneri, IP manzil, statik MAC manzilni 
qo‗yilganligi kiradi. 
1.2. Kommutatorni dastlabki xolatini tekshiring. 
Kommutatorni dastlabki xolati: IOS ma‘lumotlari, interfeys 
xususiyatlari, VLAN va flesh – xotira to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
tekshiramiz. 
Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish 
mumkin. Imtiyoz rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini 
oldini olish va global konfiguratsiya rejimiga to‗g‗ridan to‗g‗ri o‗tib 
ketmaslik hamda ishchi ko‗rsatkichlarni sozlash uchun ishlatiladigan 
buyruqlarga kirmaslik uchun parol yordamida cheklash kerak. 
Imtiyoz to‗plamiga foydalanuvchi rejimining buyruqlari kiradi. 
Shuningdek boshqa buyruqli rejimlarga o‗tishni bajaruvchi configure 
buyrug‗i kiradi. Imtiyoz rejimiga kirish uchun Enable buyrug‗ini kiriting. 

Download 255.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling