1 – Laboratoriya ishi Mavzu


Download 306.82 Kb.
bet1/13
Sana21.11.2023
Hajmi306.82 Kb.
#1792995
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Laboratoriya


1 – Laboratoriya ishi

Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim
sharoitlarini aniqlash

II. Mashg`ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida mikroiqlimni sanitariya me’yorlari, qo’llaniladigan asboblarni tuzilishi va ishlash jarayonlarini o’rganish.


III. Laboratoriya ishini o’tkazish uchun qo’llaniladigan asboblar, jihozlar va ko’rgazmali qurollar:
Termometr, barometr, psixrometr, PBU-Sh, gigrometr, katatermometr, parrakli, va kosachali animometrlar, termoanimometr, Avgust va Assman, psixrometrlari.
IV. Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1. Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning gigiyenik me’yorlari bilan tanishish.
2. Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob, uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash jarayonlari bilan tanishish.
3. Ish o’rinlaridagi mikroiqlim parametrlarini o’lchash:
4. Ish o’rinlarida aniqlangan havo parametrlari qiymatini sanitariya me’yorlari (SN -245 - 79) va davlat standarti ( DAVAN 12.1.005-88. MXST ) talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlash.
5. O’tkazilgan laboratoriya ishi to’g`risida xulosa.

V. Laboratoriya ishini bajarganligi to’g`risida o’quvchining hisoboti.


1.Ish o’rnidagi mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing).
2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish o’rnida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring va chizmasini chizing.
3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring.
4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi to’g`risida ma’lumot bering.
5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini ko’rsating.
6. Ish o’rinida mikroiqlim parametrlarini o’lchang hamda uni sanitariya me’yorlariga to’g`ri kelish va kelmasligi to’g`risida xulosa qiling.

VI. O’tkazilgan laboratoriya ishi to’g`risida talabaning xulosasi.

Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.

Sanoat korxonalarining ish o’rinlarida havo muhitining meteorologik sharoitini quyidagi ko’rsatgichlar belgilaydi:


1. Havoning harorati °C larda.
2. Havoning nisbiy namligi, % larda.
3. Havoning bosimi , R/mm simob ustuni yoki Pa da.
4. Ish o’rnidagi havo harakati tezligi, m/s larda.
Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari mavjud bo’lib, bular har xil mashina – mexanizmlar ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari bo’lib, ish o’rnida havo haroratining ortishiga olib keladi.
Yuqoridagi omillar ta’sirida hosil bo’ladigan ishlab chiqarish binosining ish o’rnidagi havo muhitiga sanoat mikroiqlimi deb aytiladi. Meteorologik omillardan ayrim holda bittasi yoki bir nechasi birgalikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog`lig`iga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida esa, meteorologik omillarning deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi.
Ba’zi sharoitlarda bunday omil foydali ta’sir ko’rsatsa: masalan qish faslida isituvchi omil va shu bilan birgalikda texnologik jarayonlar natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin. Nisbiy namlik bilan birgalikda havo haroratining ortib ketishi inson sog`ligi uchun og`ir sharoitni vujudga keltirishi mumkin. Bulardan tashqari ish o’rnidagi havo haroratining oshirilishi, harorat yuqori bo’lgan holatlarda ijobiy natija bersa, harorat past bo’lganda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Inson organizmidagi issiqlikni bir xil chegarada (36-37°C) saqlab turish, organizmda jismoniy va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan issiqlikni tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvi hisobida amalga oshirilishi termoregulyatsiya deyiladi.Meteorologik sharoiti doim o’zgarib turgan ishlab chiqarishdagi ish o’rinlarida tana haroratining o’zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo’lgan organizmdagi biokimiyoviy jarayonlarning normal bo’lishini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko’rsatilgan darajadan ortib ketishini "issiqlik urishi ", sovushini esa "sovuq urish " deb aytiladi.
Shu sababli ham inson organizmida "issiqlik boshqarilishining" fiziologik mexanizmi mavjud bo’lib, u markaziy asab tizimi nazorati ostida bo’ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik muvozanatini doimiy saqlab turishdir.Inson organizmining tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 xil yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. Inson tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish (radiatsiya) orqali havo almashinuvi (45%).
2. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya) uchun (30%).
3. Tana terlab bug`lanishi va nafas olish yo’llari orqali (25%).

Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning gigiyenik me’yorlari


Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning me’yorlari " Sanoat korxonalarini loyihalashda sanitariya me’yorlari" (SN 245-86), "Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi", "Ish zonasi mikroiqlimi" (DAVAN 12.1.005-88. MHST) ga asosan belgilanadi. Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarining ish o’rinlarida ishlab chiqarish mikroiqlimi, yil fasllari va bajariladigan ish toifasiga qarab, u yerdagi harorat, nisbiy namlik va havo harorati tezligining ish o’rinlari uchun ruxsat etilgan eng qulay (optimal) me’yorlari belgilangan.I
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi:
Yengil jismoniy ishlar toifasi (I toifa), o’tirib, tik turib yoki yurish bilan bog`liq bo’lgan holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo’riqish yoki yuklarni ko’tarishni talab qilmaydigan ishlar kiradi. Bunda insonning quvvat sarfi soatiga 150 kkal (172 j/s)ni tashkil etadi.
O’rtacha og`irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa) soatiga 150-250 kkal (175-293 j/s) quvvat sarflanadigan , doimiy yurib bajariladigan va og`irligi 10 kg gacha bo’lgan yuklarni tashish bilan bog`liq bo’lgan ishlar kiradi.
Og`ir jismoniy ishlar (III toifa) muntazam ravishda jismoniy zo’riqish, xususan og`ir yuklarni (10 kg dan ortiq) doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ko’tarish bilan bog`liq bo’lgan ishlar kiradi. Yuk yuklovchi va tushiruvchi kishilarning, ta’mirlash, payvandlash, montaj ishlarni olib boruvchi kishilarning bajargan ishlari misol bo’ladi. Bunda kishi sarflaydigan quvvat sarfi soatiga 250kkall (293 j/s) dan yuqori bo’ladi.

Download 306.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling