1- laboratoriya mashg’ulot rdb dastgohlarida bosh harakat yuritmasini loyihalash va tanlash
Download 14.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya mashgulotlar
199 1- Laboratoriya mashg’ulot RDB dastgohlarida bosh harakat yuritmasini loyihalash va tanlash. Dastgohlarda bosh harakat bu kesish harakatidir. Dastgohlarning aksariyatida bosh harakatining ishchi organi (shpindel) aylana harakatini amalga oshiradi. Bosh harakat tezliklari diapazoni ( 𝐷 𝑉 = 𝑉 𝑚𝑎𝑥 𝑉 𝑚𝑖𝑛 ⁄ ) ishchi organning aylanish tezliklari diapazoni bilan ta’minlanadi ( 𝐷 𝑛 = 𝑛 𝑚𝑎𝑥 𝑛 min ⁄ ). Aylanish tezliklar diapazoni odatdagi dastgohlarda tezliklar qutisi yordamida ta’minlanadi. Zamonaviy raqamli dastur bilan ishlaydigan dastgohlarda bosh harakati yuritmalari uchun rostlanadigan va avtomatik tarzda boshqariladigan yuritmalar qo‘llaniladi. Harakat diapazonini kengaytirish yoki kerak bo‘lsa tezliklarni ta’minlash uchun kichik diapazonli tezliklar qutilari (uzatish nisbati i V )yuritmaga kiritilishi mumkin (rasm 1). BundaD 1 diapazoni ichida tezliklar ravon va uzluksiz o‘zgartiriladi. Rasm 1. Rostlanadigan bosh harakat yuritmasi sxemasi 200 Bosh harakat yuritmalari bir necha hususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 1) elektr dvigatellarni yuqori quvvati; 2) berilgan aylanish chastotasida uzoq vaqt mobaynida ishlash; 3) xoxlagan aylanish chastotasida dvigatel quvvatidan maksimal darajada foydalanish; 4) katta massadagi ishchi organlarni harakatga keltirish. Bosh harakat manbasi sifatida chastota bo‘yicha rostlanadigan doimiy va o‘zgaruvchan tok elektrodvigatellardan foydalaniladi. Bosh harakat elektryuritmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: Ishchi organ tezligining doimiyligini ta’minlash; Kesish asbobi yoki detalni talab etilgan tezliklari va kesish kuchlarini ta’minlash; Tez-tez yoqish yoki o‘chirishlarda, xarakat yo‘nalishini o‘zgartishda (reverslashda) dinamikaviy xarakteristikalarni saqlab turish; Qisqa muddatli kuch ortishiga chidamlik va qizishga bardosh berish. Bosh harakat yuritmalarida o‘zgaruvchan tokli asinxron bir yoki ko‘p tezlikli elektrodvigatellardan keng foydalaniladi, ayniqsa, pozitsion va to‘g‘ri burchakli raqamli boshqarish tizimlarida. Doimiy tok elektrodvigatellari ko‘p afzalliklariga ega bo‘lgani uchun, ular RDB dastgohlarda, ayniqsa, konturli va kombinatsiyalashgan boshqarish tizimlarida keng ishlatiladi. Doimiy tok yuritmalari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: Aylanish chastotasini rostlash uslubi bo‘yicha: a) bir zonali rostlash (kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan); b) ikki zonali rostlash (1- zona kuchlanishni o‘zgartirish, 2 -zona - magnit oqimini kamaytirish yo‘li bilan); YUritmaning ishchi kvadrantlari bo‘yicha: ikki kvadrantli (reverslanmaydigan); to‘rt kvadrantli (reverslanadigan); YAkor o‘zgartirgichi sxemasi bo‘yicha: bir fazali; uch fazali nosimmetrik; uch fazali simmetrik; olti fazali. YUritma strukturasi bo‘yicha: rostlanadigan yuritma (aylanish chastotasi bo‘yicha teskari aloqali); kuzatuvchi yuritma (holat bo‘yicha teskari aloqa zanjiri bilan); kombinatsiyalashgan rostlanish. 201 Download 14.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling