1- laboratoriya mashg’ulot rdb dastgohlarida bosh harakat yuritmasini loyihalash va tanlash


Download 14.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.10.2023
Hajmi14.57 Kb.
#1699603
Bog'liq
1-laboratoriya mashgulotlar



199 
1- Laboratoriya mashg’ulot 
RDB dastgohlarida bosh harakat yuritmasini loyihalash va tanlash.
 
Dastgohlarda bosh harakat bu kesish harakatidir. Dastgohlarning aksariyatida 
bosh harakatining ishchi organi (shpindel) aylana harakatini amalga oshiradi. Bosh 
harakat tezliklari diapazoni (
𝐷
𝑉
= 𝑉
𝑚𝑎𝑥
𝑉
𝑚𝑖𝑛

) ishchi organning aylanish tezliklari 
diapazoni bilan ta’minlanadi ( 𝐷
𝑛
= 𝑛
𝑚𝑎𝑥
𝑛
min 

). Aylanish tezliklar diapazoni 
odatdagi dastgohlarda tezliklar qutisi yordamida ta’minlanadi. 
Zamonaviy raqamli dastur bilan ishlaydigan dastgohlarda 
bosh 
harakati 
yuritmalari uchun rostlanadigan va avtomatik tarzda boshqariladigan yuritmalar 
qo‘llaniladi. Harakat diapazonini kengaytirish yoki kerak bo‘lsa tezliklarni ta’minlash 
uchun kichik diapazonli tezliklar qutilari (uzatish nisbati i
V
)yuritmaga kiritilishi 
mumkin (rasm 1). BundaD

diapazoni ichida tezliklar ravon va uzluksiz o‘zgartiriladi. 
Rasm 1. Rostlanadigan bosh harakat yuritmasi sxemasi 


200 
Bosh harakat yuritmalari bir necha hususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 1) elektr 
dvigatellarni yuqori quvvati; 2) berilgan aylanish chastotasida uzoq vaqt mobaynida 
ishlash; 3) xoxlagan aylanish chastotasida dvigatel quvvatidan maksimal darajada 
foydalanish; 4) katta massadagi ishchi organlarni harakatga keltirish. 
Bosh harakat manbasi sifatida chastota bo‘yicha rostlanadigan doimiy va 
o‘zgaruvchan tok elektrodvigatellardan foydalaniladi. 
Bosh harakat elektryuritmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
Ishchi organ tezligining doimiyligini ta’minlash; 
Kesish asbobi yoki detalni talab etilgan tezliklari va kesish kuchlarini 
ta’minlash; 
Tez-tez yoqish yoki o‘chirishlarda, xarakat yo‘nalishini o‘zgartishda 
(reverslashda) dinamikaviy xarakteristikalarni saqlab turish; 
Qisqa muddatli kuch ortishiga chidamlik va qizishga bardosh berish. 
Bosh harakat yuritmalarida o‘zgaruvchan tokli asinxron bir yoki ko‘p tezlikli 
elektrodvigatellardan keng foydalaniladi, ayniqsa, pozitsion va to‘g‘ri burchakli 
raqamli boshqarish tizimlarida. 
Doimiy tok elektrodvigatellari ko‘p afzalliklariga ega bo‘lgani uchun, ular 
RDB dastgohlarda, ayniqsa, konturli va kombinatsiyalashgan boshqarish tizimlarida 
keng ishlatiladi. 
Doimiy tok yuritmalari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
Aylanish chastotasini rostlash uslubi bo‘yicha: a) bir zonali rostlash 
(kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan); b) ikki zonali rostlash (1- zona kuchlanishni 
o‘zgartirish, 2 -zona - magnit oqimini kamaytirish yo‘li bilan); 
YUritmaning 
ishchi 
kvadrantlari 
bo‘yicha: 
ikki 
kvadrantli 
(reverslanmaydigan); to‘rt kvadrantli (reverslanadigan); 
YAkor o‘zgartirgichi sxemasi bo‘yicha: bir fazali; uch fazali nosimmetrik; uch 
fazali simmetrik; olti fazali. 
YUritma strukturasi bo‘yicha: rostlanadigan yuritma (aylanish chastotasi 
bo‘yicha teskari aloqali); kuzatuvchi yuritma (holat bo‘yicha teskari aloqa zanjiri 
bilan); kombinatsiyalashgan rostlanish. 


201 

Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling