1- ma’ruza kirish
boshqaruvchi, mo’tadillashtiruvchi barqarorlashtiruvchi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
boshqaruvchi, mo’tadillashtiruvchi barqarorlashtiruvchi hamda ta’qib etuvchi
85 tizimlarga bo‘lish imkoniyatini beradi. Mo‘‘tadillashtiruvchi tizimlar, aksariyat hollarda, tezlikni barqarorlashtiruvchi tizimlar bo‘lib hisoblanadilar. YAna texnologik jarayonlarni boshqa parametlarini ham barqarorlashtiruvchi tizimlar, masalan, turli yo‘l–yo‘l lentasimon materiallarni o‘rashada tortishish kuchini o‘zgartirmay ushlab turuvchi, keng tarqalgandir. Bu tizimlar rasmiy ravishda barqarorlashtiruvchi tizimlar deb sanalsada, ularni tuzilishi hamda ishlash qonuniyati tezlikni barqarorlashtiruvchi tizimlarning tuzilishidan va ishlash qonuniyatidan tubdan farq qilib, ularni alohidadan ko‘rib chiqish darkor ekanligini taqozo etadi. Taoqib etuvchi EYU ABT lari OB ning holatini rostlovchi tizimlarni ifodalaydi. Ta‘qib etuvchi tizimga misol tariqasida harakat yo‘nalishi oldindan ma‘lum bo‘lgan, uchayotgan ob‘ektni kuzatishga mo‘ljallangan antenka qurilmasining boshqarish tizimini ko‘rish mumkin. Dasturli EYUABT ham odatda berilgan dastur asosida o‘zgarishi kerak bo‘lgan BO ning holatini boshqaradi. Dasturli boshqarish tizmlar orasidagi farq berilgan dasturlar asosidagi farqlar bilan aniqlanadi. Hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgani bu dasturli boshqarishning raqamli tizimlari bo‘lib, ularda dastur tashuvchi bo‘lib disketlar yoki kampakt disklar xizmat qiladi. Ammo dastur boshqacha ham berilgan bo‘lishi mumkin: masalan, nusha olib metall qirquvchi dastgohlarda dastur mahsulotning modeli ko‘rinishida beriladi. EYU ABT ning masalasi, bu holda, kesuvchi asbobning xarakatini model shaklini qaytargan holda amalga oshirishini taominlashdan iborat bo‘ladi. Boshqarish maqsadalirini amalga oshirish, tizimning ish jarayonini davomida, uning parametrlarini yoki tashqi muhitini o‘zgarishi tufayli murkkablashishi mumkin. Bunday hollarda shunday tizimlar qurish kerak bo‘ladiki, zero ular ish sharoitining o‘zgarishiga moslasha borsin, yaoni adaptiv tizim bo‘lsin. Adaptiv tizimlarda rostlagichlarning parametrlarini qayta sozlash yoki tizilishini o‘zgartirish berk tizimlar o‘zgarayotgan parametrlarning barcha oraliqlarida optimal sharoitda bo‘lsin. Adaptatsiya jarayonini tashkil etish usuli bo‘yicha tizimlar qidiruvchi va qidiruvchi emas bo‘lishligi mumkin, yaoni optimal ish sharoitlarini avtomatik usulda qidiruvchi yoki usiz. Undan tashqari, moslashish darajasiga qarab tizimlar o’z–o’zini sozlovchi (ularda ob‘ekt yoki tizimning dinamik tavsifiyatlari asosida va ish jarayonida olingan tashqi ta‘sirlar parametrlari xaqida olingan ma‘lumotlar bo‘yicha rostlagichlarning parametrlarining o‘zgartirish amalga oshiriladi) va o’zi tashkil etuvchi (ob‘ektning holati xaqidagi kelayotgan informatsiyalar asosida boshqarish algoritmini shakllantirish va rostlagichlar parametrlarini hamda ularni tuzilishlarini o‘zgarishi amalga oshiriladi). Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling