1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi


Download 0.6 Mb.
bet25/46
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#224577
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
2 маъруза матни

ALTda loyihalash rejimlari. Qandaydir marshrutni bajarishda inson ishtiroki va EHMdan foydalanishning tavsifi va ishtirok etish darajasi bo'yicha loyihalashning bir qancha rejimlarini farqlashadi.

Avtomatik rejim yechimga inson aralashmasidan EHMda formal algoritmlar bo'yicha loyihalash bajarilganda qo'llanadi.

Qo'l (avtomatlashtirilmagan) rejim marshrut EHM yordamisiz bajarilishi bilan tavsiflanadi.

Avtomatlashtirilgan loyihalash agar marshrutdagi loyihaviy protseduralarning bir qismini inson qoida, qolgan qismini esa EHMdan foydalanib bajarsa, bunday loyihalash qisman avtomatlashtirilgan bo'ladi. Bunday rejim loyihalash past darajada avtomatlashtirilganini aks ettiradi.



Dialogli (interaktiv) rejim ancha takomillashgan rejim bo'lib, unda marshrutdagi hamma protseduralar EHM yordamida bajariladi, inson ishtiroki esa loyihaviy protseduralar yoki operatsiyalar natijalarini operativ baholashda, davom ettirish yo'llarini tanlashda va loyihalash borishini korrektirovka qilishda namoyon bo'ladi. Agar dialog initsiatori inson bo'lsa, unga EHMdagi avtomatik hisoblarni istalgan paytda uzish imkoni berilgan bo'lsa, bunday dialog aktiv deyiladi. Agar hisoblashni uzish EHMda bajarilayotgan, oldindan nazarda tutilgan ma'Ium momentlarda dastur buyruqlari bo'yicha amalga oshirilsa, ya'ni loyihalovchi dialog initsiatori bo'la olmasa, u holda dialog passiv deyiladi.

ALT rivoji, xususan, loyihalashning avtomatlashtirilishi darajasining ortishi yo'nalishida bormoqda. Lekin ALT bilan dialog rejimida ishlashda zarurat solmoqda, chunki murakkab tizimlarni loyihalash jarayonini to'lig'icha formallashtirib bo'lmayapti va ba'zi hollarda inson ishtiroki qaror qabul qilishni tezlashtirish imkonini bermoqda.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling