1- ma’ruza. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana04.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1424992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1- Ma’ruza.Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi

Maydondagi chiziqlar. 
Barcha chiziqlarning kengligi 5 sm. O‘yin maydonchasini ikkita yon va 
ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. O‘rta chiziq o‘yin maydonini har biri 9x9 m 
o‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Har bir maydonchaning 
hujum chizig‘i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm li 
kesik chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi. 
Zonalar. 
Oldingi hujum zonasida 2,3,4-zonalar joylashadi. Orqa himoya zonasida 
1,6,5-zonalar joylashadi. To‘p kiritish zonasi 9 m o‘lchamga teng bo‘lgan orqa 
chiziqning davomidir. 
To‘p, to‘r va ustunlar. 
To‘rning tuzilishi 
To‘rning kengligi 1 m va uzunligi 9,5 m bo‘lib, teshiklari 10x10 sm 
kvadrat shaklida, qora rangli ipdan to‘qilgan bo‘lishi kerak. To‘rning yuqori 
qismida 5 sm kenglikdagi lenta bo‘lib, uning ichidan tros (ustunlarga 
mustahkamlash uchun) o‘tkaziladi. To‘rning pastki qismidan shnur o‘tkaziladi. 
To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlarga perpendikular ravishda 
chegaralovchi lentalar joylashtiriladi. Lentalarning kengligi 5 sm va uzunligi 1m 
bo‘ladi. To‘rning ikki tomoniga joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir 
yo‘nalishda ikki antenna vertikal ravishda joylashtiriladi. Antenna diametri 10 
mm, uzunligi 1,8 m li naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan 
tayyorlangan bo‘ladi. To‘r o‘rta chiziq ustidan vertikal joylashtirilishi kerak. 


Ustunlar 
To‘r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqda o‘rnatiladi. 
Ustunlarning balandligi 2,55 m. Ustunlar yumaloq va tekis shaklda bo‘lib, 
o‘yinchilarga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ustunlar tortuvchi va taranglashtiruvchi 
moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor. 
To‘p 
To‘pning ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiy yoki sintetik 
charmdan ishlanib, o‘zi qat’iy dumaloq shaklga ega bo‘lishi lozim. Uning aylana 
diametri 65-67 sm, og‘irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,82 mba yoki 
gPa gacha bo‘lishi lozim. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling