1- mavzu: Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri Reja: Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillarining bola rivojlanishiga ta’siri


Download 62.31 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi62.31 Kb.
#1302431
  1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMOIY MOSLASHUV


1- mavzu: Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri Reja: 1. Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. 2. Ijtimoiylashuv omillarining - bola rivojlanishiga ta’siri.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, oʼsmirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga taʼsir qiluvchi koʼp sonli shart-sharoitlar bilan oʼzaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga taʼsir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. Oʼrganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga boʼlinadi: tashqi va ichki. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi.
1. Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, yer shari, planetar jarayonlarni kiritsa boʼladi.
2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, yaʼni yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga taʼsir koʼrsatadigan omillarni kiritiladi.
3. Mezoomillar (mezo-oʼrta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga koʼra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga taʼsir qiladi.
4. Mikroomillar, yaʼni muayyan shaxslarga taʼsir qiluvchi omillarga -oila, qoʼshnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya tashkilotlari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tugʼilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil oʼrganishning iloji yoʼq. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib koʼrsatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, oʼxshashlik, xususiyatlarning oʼtishi tushuniladi. Irsiyatga koʼra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuygʼu organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi oʼtadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat boʼyicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham oʼtishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini koʼzda tutadi. Psixologik maʼlumotlarga koʼra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati boʼla olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon boʼlishi uning hayot, taʼlim-tarbiya jarayonlariga bogʼliq. Ota-onadan bolaga oʼtuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani oʼrganadi. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy taʼsir koʼrsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli boʼlib tugʼilayotgan bolalar soni koʼpaymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda ogʼir kechadi. Shuning uchun ularga oʼqitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shugʼullanishadi. Bu bolalar oʼz tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. 63 Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subʼektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir boʼladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan koʼp qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy meʼyorlar oʼzlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan oʼzlashtiradi. Agar bola tugʼilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli. Muhitlar - maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya tashkilotlari, turli koʼngilochar maskanlarda kechadi. Yosh oʼsib borgan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik koʼp muhitlarni oʼzlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo oʼzi uchun qulay boʼlgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda boʼladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga koʼchib yuradi. Muhit bolaning shakllanishida, uning ijtimoiy tajriba toʼplashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning oʼrganish obʼekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi taʼsirini oʼrgandilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning oʼrni Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan oʼrganiladi. Shu nuqtai nazardan inson va unga taʼsir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi oʼzaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, oʼzini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim boʼlgan koʼcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida oʼzaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada taʼsir qiladi hamda oʼzgartiradi va oʼz oʼrnida muhit ham inson oldiga oʼz talablarini qoʼyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa boʼladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan oʼrni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning oʼzida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qoʼyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqei ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tugʼma maqomlar boʼlishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tugʼilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar taʼsir koʼrsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tugʼma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi oʼquv tashkilotsida taʼlim olgan va bu soha boʼyicha 27 diplomga ega boʼlgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qoʼlga kiritilgan maqom desak adashmagan boʼlamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda oʼzini shu maqomdagilar holatiga koʼra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni oʼzlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan maʼqullanadigan maqomlar boʼlmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni oʼzlashtirishi mumkin. Pozitiv rollarga avvalo oila aʼzosining rolini kiritsak boʼladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini oʼzlashtiradi: oʼgʼil yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola oʼz rivojlanishi davomida oʼzlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa aʼzosi rolidir. Bolalar bogʼchasi va maktabda, sport toʼgaragida tengqurlari bilan muomala qilganda, bola jamoa aʼzosi, oʼrtoq, doʼst, oʼquvchi, yetakchi kabi rollarni oʼzlashtiradi. Har bir inson isteʼmolchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur boʼlgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq oʼzlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rol-oʼz vatani fuqarosi boʼlish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar boʼlish bilan bogʼliqdir. Shu bilan birga bola oʼzlashtirishi mumkin boʼlgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlangʼich kasbiy bilim yurtlarida oʼzlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi rollarini misol qilsak boʼladi. Katta shahar koʼchalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga koʼnikishgan. Oʼtganqaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida oʼgʼirlik bilan shugʼullanadiganlari ham uchraydi. Baʼzi hollarda boʼlsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini oʼzlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini taʼminlaydi. Ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga koʼnikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yoʼnalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qoʼlga kiritishi, muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor meʼyorlarini oʼzlashtirishi sodir boʼladi. Anglash sohasida oʼz “Men”i obrazini shakllantirish, oʼzining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy 65 oʼrnini anglash roʼy beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.

Download 62.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling