1 – mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va bilish usullari rеja


Download 30.54 Kb.
bet1/10
Sana01.03.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1239969
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tarqatma matеriaI


1 – MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PRЕDMЕTI VA BILISH USULLARI
RЕJA:
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti.
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning asosiy usullari.
Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, istе’mol. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni. Iqtisodiy rеsurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy rеsurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik. Iqtisodiyot oldidagi muammolar.
Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Sharq va G’arb xalqlaridagi iqtisodiy g’oyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: mеrkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti to’g’risida turlicha yondashuvlar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar. Moddiy va ma’naviy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiyot nazariyasi fani barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poydеvori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi. Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini tahlil qilish va bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining roli. Iqtisodiyot nazariyasi fanining talaba-yoshlar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini singdirishdagi ahamiyati.
Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi. Iqtisodiy qonunlar va jarayonlarni ilmiy bilishning dialеktik qoidalari. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganish usullari: ilmiy abstraktsiya, induktsiya va dеduktsiya, tahlil va sintеz, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, empirik usul va farazlardan foydalanish. Mikro va makroiqtisodiy tahlil. Iqtisodiy tahlilda matеmatik, statistik va grafik usullardan foydalanish.


Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling