1- mavzu. Kirish
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA. BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI
1. Biotexnologiya - fanining mohiyati va vazifalari Mikrob biotexnologiyasi - bu o’ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va ulardan sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo’lgan mikrob hujayralari, organelalari va fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq xo’jaligi va meditsinada foydalanishning nazariy va amalliy tomonlarini yoritib beradigan fandir. Bu fan asosan mikrobiologiya, fiziologiya, biokimyo va genetika fanlari yutuqlari asosida tashkil qilingan bo’lib, uning zaminida ko’zga kurinmas mikroorganizmlar faoliyatidan unumli va oqilona foydalanish yotadi. Mikroorganizmlar o’zlarining keng tarmoqli fermentlar tizimi tufayli o’sish, rivojlanish va ko’payish jarayonlaridan, hayotiy zarur, insoniyat uchun xizmat qilaoladigan minglab fiziologik faol moddalar ishlab-chiqarish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari mikroorganizmlar har xil tabiiy va kimyoviy birikmalarini o’ta muhim moddalarga aylantirish (modifikatsiya qilish) imkoniyatlariga ham egalar. Insoniyat paydo bo’lganlaridan buyon bilib-bilmay mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanib kelganlar. Non pishirish, pivo, vino, uksus, qatiq tayyorlash kabi qadimiy texnologiyalar mikroorganizmlar ishtirokida amalga oshishini hozirgacha ham hamma bilavermaydi. Yuqorida zikr etilgan jarayonlarni ko’pchiligi insoniyat hali mikroorganizmlar haqida bilimga ega bo’lmagan vaqtlardan beri mavjudligi fikrmizning dalilidir. +adim-qadimlarda (ko’pincha hozir ham) bu jarayonlarda achitqi sifatida, shu maxsulotlarga havo va suv orqali kirib qolgan mikroorganizmlar faoliyat ko’rsatgan. Non yopishda xamirturushdan yoki qatiq tayyorlashda bir qoshiq eski qatiqdan foydalanish zarurligi hammaga ma’lum. Ammo, xamirturushda saxaromitsetlar, qatiqda esa sut achituvchi bakteriyalar borligini hozirgacha ham ko’pchilik bilmaydi. Bugungi kunda mikroorganizmlar xalq-xo’jaliginng har xil tarmoqlari uchun sut kislotasi, limon kislotasi, yog‘ kislotalari, etil spirti, atseton, butanol va yuzlab boshqa maxsulotlar etkazib beradilar. Mikroorganizmlardan sut kislotasi, butanol va atseton olish texnologiyalarini birinchilardan bo’lib, buyuk rus olimi V.N.SHaposhnikov (1884-1968) va uning shogirdlari N.D.Ierusalimskiy (1901-1967), M.N.Bexteryova limon kislotasi olish texnologiyasini esa S.P.Kosto’cheva (1877-1931) va I.S.Butkevich (1872-1942) yaratganlar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling