Kommunikatsion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikatsion modulga yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bŏyicha uzatishdir. Kommunikatsion modul’ paketlarni kommutatsiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.
Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Kontsentratorlar axborotni tezligi katta bŏlgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tarmoqlararo shlyuzlar va kŏpriklar tarmoqni lokal’ komp’yuter tarmoqlari bilan ulashga yoki global’ tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Kŏpriklar yordamida tarmoq protkollari bir xil bŏlgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi. Har qanday tarmoqda quyidagi qism tizimlarini ajratish mumkin:
foydalanuvchi qism tizimi;
boshqarish qism tizimi;
kommunikatsion qism tizimi;
Foydalanuvchi yoki abonent qism tizimi foydalanuvchilarning (abonentlarning) komp’yuter tizimlarini ŏz ichiga oladi va foydalanuvchilarning axborotni saqlash, ishlash va olishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
1- rasm. Komp’yuter tarmoғi fragmenti.
Boshqarish qism tizimsi komp’yuter tarmoqlarining barcha elementlarini ularning ŏzaro aloqasi yagona qoida bŏyicha amalga oshiriluvchi yagona tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qism tizim butun tarmoq ishlashi uchun optimal’ sharoit yaratish maqsadida xizmatchi axborotni yiғish, taxlil qilish va elementlarga ta’sir etish yŏli bilan tizim elementlarining ŏzaro aloqasini ta’minlaydi.
Kommunikatsion qism tizimsi foydalanuvchilar manfaatlari va tarmoqni boshqarish uchun tarmoqda axborotni uzatishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, tarmoqning ishlashini uzoqlashtirilgan jarayonlarni kommunikatsion qism tizim orqali ŏzaro aloqasi kabi tasavvur etish mumkin. Uzoqlashtirilgan jarayonlarning ŏzaro aloqasi deganda fayllarni almashish, elektron pochta orqali axborotlarni uzatish, programmani bajarishga buyurtma yuborish va natijani olish, ma’lumotlar bazasiga murojaat va h. tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |