1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


-mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida yer-suv munosabatlari


Download 1.08 Mb.
bet16/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

8-mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida yer-suv munosabatlari
Reja:

  1. Vohada paxta yetishtirishning yo’lga qo’yilishi;

  2. Surxon-Sherobod vohasining XX asr boshidagi suv inshootlari;

  3. Vohada XX asr boshida yer egaligi munosabatlari;

Asosiy adabiyotlar

  1. Abduraimov M.A. Buxoro xonligida agrar munosabatlar tarixidan lavhalar. T., «Fan», 1 va 2 jildlar. 1966, 1970 yillar.

  2. Aminova R.G. Kollektivlashtirish qashshoqlashtirish demakdir. «Sharq yulduzi», 1992, 12- son.

  3. Bobur. «Boburnoma»-T., «Yulduzcha». 1989. 6, 46,47. 116, 120, 124,126 betlar.

  4. Boytillaev R. Varqsar (yoki qadimiy to`g’on tarixi). Mahalla 2006. 29 mart.

  5. Bartold V.V. Turkistonning sug’orilish tarixidan. Hayot va iqtisod. 1992. 1,2,3 sonlar

  6. Golovanov A.A. Крестянство Узбекистана-эволюсия сотсиалного положения 1917-1937 gg.-T.,»Fan». 1992.

  7. Dmitriev A.A. V Туркестане гонят русских. «Земшина» газ. 1910. 7 oktyabr.

  8. Yo`ldoshev M.Y. Xiva xonligida еr egaligi va davlat tuzilishi.-T., 1999

  9. Krivoshein A.V. Записка главноуправляшего земледелием и землеустройством о поездке в Туркестан -SPB, 1912, 111 b

XX asr boshida o‘zbek dehqonining asosiy mehnat qurollari omoch, mola va ketmon bo‘lib, zamonaviy texnika deyarli bo‘lmagan. Ko‘pincha dehqonlar ish quroli va urug‘lik yetishmasligidan boylardan og‘ir shartlar asosida yerni ijaraga olishga majbur bo‘lishgan. Chunonchi 1917 yilda Farg‘ona vodiysida jami yerlarning 13% yoki 137592 desyatinasi ijaraga berilgan3. Ijarachi dehqon – chorikor hosilning uchdan ikki yoki to‘rtdan uch qismini yer egasiga berishi lozim edi.“Chorikor” so‘zining lug‘aviy jihatdan hosilning to‘rtdan biri uchun ishlovchi degan tushunchada keladi. Keng ma’noda, yerni ijaraga olib, hosilning uchdan biri, to‘rtdan biri yoki yarmi uchun ishlovchi dehqon tushunilgan. XX asr boshlaridagi chorikorlarni aslo yollanma ishchilar bilan tenglashtirmaslik kerak. Negaki chorikorlarning katta qismi yollanma ishchilardan farqli ravishda o‘z mehnat qurollariga ega bo‘lib, yirik yer egalari – boylarga turli asoratli shartlar asosida bog‘lanib qolishgan edi. Ular to yig‘im-terim tugaguniga qadar ijaraga olingan erdan keta olmas edilar. Shu tomondan olib qaralsa, chorikorlik ko‘p jihatdan Rossiyadagi barshchinaga o‘xshab ketar edi. Paxtachilikda yollanma ishchilar “batraklar” va “mardikorlar” deb atalib, yagana, o‘toq, paxta terish, ko‘sak chuvish kabi ishlarni kunbay yoki ishbay asosida bajarishgan. “Batrak” atamasi turkiycha “botirroq” (yoki “badrak”) so‘zidan olinib, mulki bo‘lmagan yollanma ishchi tushunilgan. Chor Rossiyasi davrida quloq yoki pomeshchik xo‘jaliklaridagi yollanma ishchilar “batrak” deb atalgan2. Sababi XIX asrda Qrim va Volgabo‘yidagi ko‘pgina turkiy tilli tatar aholisi ish izlab Ukraina va Rossiyaning g‘allachilik o‘lkalariga ketib, yirik yer egalarining yerlariga yollanib ishlashgan. Natijada “batrak” so‘zi rus tiliga mustahkam o‘rnashib qolgan3. Turkiston hududiga bu atama faqat Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagina kirib kelgan. Turkistonning o‘zida esa yollanma ishchilar “mardikor” deyilgan. Keyinchalik, XIX asr oxiri XX asr boshlarida paxtachilik rivojlanishi bilan “mardikor” va “batrak” so‘zlari deyarli bir vaqtning o‘zida ham rus, ham o‘zbek aholisi tomonidan qo‘llanilgan.


Bundan tashqari, boy xo‘jaliklarda yollanma ishchi kuchidan doimiy foydalanish tartibi ham keng tarqalgan va bunda oylik, yillik yoki mavsumiy singari muddatli ishlar bilan shug‘ullanuvchi kishilar qarol deyilgan. Ularning qishloq xo‘jaligidagi salmog‘i ham ancha yuqori bo‘lgan. Masalan, 1921 yilda Farg‘ona vodiysidagi Qo‘qon qishloq volostida o‘rtacha bitta quloq xo‘jaligiga 1 ta qarol va 1,5 chorikor bo‘lgan. Yirikroq xo‘jaliklarda 1 qarol va 2,6 chorikor to‘g‘ri kelgan. 375 chorikorga 59 qarol to‘g‘ri kelgan.Asta-sekinlik bilan bo‘lsada, Buxoro amirligi qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlar kirib kela boshladi. Rus mustamlakachilari Buxoro amirligidan ko‘proq paxta olishga intilib, g‘o‘za maydonlarini kengaytirish yo‘llarini o‘rgana boshladilar. Shu maqsadda ular Surxon vohasidagi beklik va amlokdorliklar, shahar va qishloqlarni har tomonlama o‘rganishga kirishdilar. Natijada, Surxon vohasi rus kapitalining diqqatini o‘ziga jalb etgan yirik makonga aylandi.Buxoro amirligi qo‘shbegisining 1915 yilgi ma’lumotiga ko‘ra, Surxondaryo havzasida Sherobod, Boysun, Sarijo‘y, Dehnov bekliklari joylashgan. Ular viloyat deb atalgan. Har bir viloyat amlokdorliklarga bo‘lingan. Bular quyidagilardir: Boysun viloyati – Darband, Dahparakent, Egriariq, Kofruni- Yomchirabot, Kiyiktu, Qumqo‘rg‘on, Laklakon, Machay-Kentala, Pasurxi, Poshxurd va Xatak amlokdorliklariga bo‘lingan;
Sherobod viloyati – Gilambob, Jarqo‘rg‘on, Maydaariq, Pattakesar, Sayidobod va Tallashqon amlokdorliklaridan iborat bo‘lgan;
Sarijo‘y viloyati – Oqqo‘rg‘on, Gazarak, Dashtinabot, Regar, Sariosiyo, Sarijo‘y, Sharg‘un amlokdorliklaridan tashkil topgan;
Dehnov viloyati – Bobotog‘, Davrqo‘rg‘oni Dehnov, Dashar, Po‘stindara, Sangardak, Sina, Xizirsho amlokdorliklariga bo‘lingan.
1916 yil yozida Sherobod vohasini statistik-iqtisodiy jihatdan o‘rgangan tadqiqotchilar Vladimir Petrovich Golovkin va Konstantin Mironovich Gorodeskiy Sherobod bekligida yana Cho‘chqaguzar amlokdorligi bo‘lganligini qayd etishadi. Bundan shunday fikrga kelish mumkinki, Buxoro amirligida vaqti-vaqti bilan yangi amlokdorliklar va hatto bekliklar tashkil etilgan, o‘zini oqlamagan ma’muriy-hududiy birliklar esa tugatib borilgan.
O‘lkada mavjud yer egaligining uch turi bo‘lgan. Davlat yerlari – amlok, xususiy yerlar – mulk, masjid va madrasalar yerlari – vaqf deyilgan. Mulk yerlari o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘lingan:
Mulki xurri xolis – barcha soliqlardan ozod qilingan yerlar. Bunda yer egasi faqat ariq tozalash uchun ishchi yuborishi kerak bo‘lgan
Mulki ushr – hosilning o‘ndan biri hisobida soliq to‘laydigan mulk turi. Bu soliq naqd pul bilan undirilgan.
Mulki xiroj – hosilning beshdan bir qismi hisobida soliq to‘lanadigan yerlar. Uning soliqlari natura bilan to‘langan
Vaqf yerlari barcha soliq va majburiyatlardan ozod qilingan. Bu yerlarning bir qismi “dahyak” deb atalib, hosilning o‘ndan bir qismi xayr-ehson uchun ishlatilgan1.
Buxoroda amlok yerlarining barchasi davlatga tegishli bo‘lgani uchun, uni ishlatadigan kishilar amir foydasiga ijara haqini to‘lashni lozim edi. Amir bu yerlarni istalgan kishisiga berishi yoki olib qo‘yishi mumkin edi. Bundan chet el kapitali unumli foydalandi. Negaki, zamonaviy qishloq xo‘jalik boshqaruvini tushunmaydigan amir amaldorlari juda ko‘p bo‘lib, ular orqali dehqonlarni har tomonlama ezib ishlatish va o‘lka boyliklarini talash oson edi. Shuni inobatga olgan rus kapitali o‘z diqqatini amirlik yerlarini qo‘lga kiritishga qaratdi.
Rus ishbilarmon doiralarini ayniqsa, Sherobod bekligining unumdor yerlari qiziqtirgan. Shu bois 1916 yil yozida “Sherobod” aksionerlik jamiyati tomonidan bu hudud har tomonlama va chuqur o‘rganiladi. Unga ko‘ra, Sherobod bekligi aholisi 45000 kishidan iborat bo‘lgan va quyidagi rayonlarda o‘rnashgan.
Sherobod shahri tevaragidagi rayon. Unga Gilambob, Tallashqon, Maydaariq va Sayidobod amlokdorligining bir qismi kirgan. Bu eng yirik aholi markazi bo‘lib, unda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi 26 ming kishi yashagan.
Angor qishlog‘i atrofidagi rayon. Unga Sayidobod amlokdorligining qolgan qismi kirgan. Aholisi 6000 kishi bo‘lgan.
Jarqo‘rg‘on qishlog‘i tevaragidagi rayon. Aholisi 5560 kishini tashkil etgan. Angor va Jarqo‘rg‘on rayonlari aholisi qo‘ng‘irotlarning vaxtamg‘ali, ochamayli, chag‘atoy, qonjig‘ali urug‘laridan iborat bo‘lgan.
Pattakesar va Cho‘chqaguzar amlokdorliklari rayoni. Aholisi 8000 kishidan iborat bo‘lib, yarmi o‘zbeklar, qolganini turkmanlar tashkil etgan1.
Sherobod bekligi aholisi Pattakesar va Sherobod shaharlaridagi bir necha o‘n savdogar xo‘jaligini hisobga olmaganda to‘liq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dehqonlar savdo-sotiq bilan faqat qish paytlarigina mashg‘ul bo‘lishgan. Ular tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi Taskand qishlog‘ilik Alimardon va Soliobodlik Mo‘minxo‘ja tomonidan sotib olingan. Shuningdek, savdogarlarning yana bir turi bo‘lib, ular bir joydan ikkinchisiga quyidagi tartibda – Jarqo‘rg‘on-Ko‘kaydi-Sherobod- Angor-Pattakesar yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chib turishgan2.
Yuqoridagilardan Pattakesar va Cho‘chqaguzar amlokdorliklari 1894 yildan boshlab Rossiya imperiyasining siyosiy va iqtisodiy nazoratiga o‘tganligi bois3 rus tadqiqotchilarining asosiy e’tibori qolgan beshta amlokdorlikka qaratilgan. Shu bois keyingi o‘rinlarda Gilambob, Tallashqon, Maydaariq, Sayidobod va Jarqo‘rg‘on amlokdorliklari qayd etiladi.
1916 yil yozidagi ma’luotlarga ko‘ra, beshta amlokdorlikda yashovchi 7347 oilaning 6,9% yersiz bo‘lgan. Ular odatda Boysun bekligidan ko‘chib kelgan kishilar edi. 900 oila (12,8) oz yerli, qolgan 80 % yerga ega xo‘jaliklar sanalgan. Yer bilan ta’minlanganlik darajasi turli qishloqlarda turlicha edi. Masalan, Rabotakda 1 desyatina, Yangiariqda 11/3 desyatina, Azizonda 22/3 – 31/3 desyatina, Istara va Gilambobda 62/3 desyatina, So‘xtada 10 desyatinadan ortiq yeri borlar yer bilan ta’minlanganlar sirasiga kirgan.
Huquqiy jihatdan bu yerlarda amlok, ya’ni davlat yerlarini chorikorlarga ijaraga berish tartibi hukm surgan. Amalda bu xususiy mulk huquqiga yaqin turgan. Aholining yeri “hovli”, “hayat” va “dash”ga
bo‘lingan. Qishloqlarning ichidagi sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan yerlar hamda bedazorlar «hayat» deb ataladi. “Hovli” deganda biror-bir xo‘jalikning atrofi devor bilan o‘rab olingan uy-joyi, mulki tushuniladi2. “Hovli” va “hayat” muayyan shaxsning mulki hisoblangan. Uni sotish yoki sotib olish mumkin bo‘lgan. “Dash” esa butun qishloqning mulki sanalgan. Voyaga yetgan va uylangan har bir qishloq yigiti dashda o‘z hissasiga ega edi. Har bir “dash” 1 yoki 2 “salkash” (paykal)dan tashkil topgan. Biriga ekin ekilgan, qolgani haydab qo‘yilgan.
Daladagi ekinlar quyidagi tartibda taqsimlangan.
“Dash”da faqat arpa bilan bug‘doy ekilgan. “Ko‘k” ekinlar – paxta, kunjut, mosh, qovun va boshqalar hayatda yetishtirilgan. Bunda dash yerlari uch salkashga bo‘lingan. Birida bug‘doy ekilgan, ikkinchisi haydab qo‘yilgan, uchinchisi dam olgan.
Ko‘k ekinlar dashda ekilgan. Uning ikki turi bo‘lgan. Birinchisida dash yerlari uch salkashga bo‘linib, bir qismida bug‘doy, ikkinchi qismida ko‘k ekinlar ekilgan, uchinchisi dam olgan. Ikkinchisida dash yerlari bir- biridan bir necha chaqirim uzoqlikdagi ikki dalaga bo‘lingan. Har bir dala ikki salkashga bo‘lingan. Bir dalada arpa yoki bug‘doy ekilib, “dash” deyilsa, ikkinchi dalada ko‘k ekinlar ekilgani uchun “ko‘k” deb atalgan. Quyidagi jadvalda Sherobod bekligi amlokdorliklaridagi ekinzorlar to‘g‘risida ma’lumot desyatina hisobida keltiriladi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling