1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


Download 1.08 Mb.
bet2/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

Geosiyosiy ma’lumotlar
QADIMGI SUV OMBORLAR QACHON VA QAYERDA QURILGAN ?!.
- Dunyodagi eng qadimgi suv ombori eramizdan 3000 yil avval Qadimgi Misrda hukmdor Menes tomonidan qurdirilgan. Bu suv omborning balandligi 15 metr, eni esa 450 metrni tashkil etgan.
- Eramizdan 2800 yil avval Qohirada Sadd al-Kafar nomli ulkan suv ombori qurib bitkazildi. To‘g‘onning uzunligi 108 metr, balandligi esa 12 metr bo‘lgan.
- Eramizdan 2300 yil avval xuddi shu Qohira shahrining o‘zida mashhur va sirli Myoris suv ombori qazilib ishga tushirildi. Tarixchi Gerodot uni dunyoning mo‘jizalaridan biri deb ta’riflagan edi. Unga suv Nil daryosidan kanallar orqali olib borilgan. Keyinchalik, ko‘chmanchilik va dehqonchilik shuningdek chorvachilikning rivojlanishi natijasida Yevropada so‘ngra esa boshqa o‘lkalarda suv omborlari qurilishi asta-sekinlik bilan qurila boshlangan.
Dunyo bo‘yicha
- Ayni paytda Yer sharida suv sig‘imi 1 million metr kubdan ortiq bo‘lgan 30000 ta suv ombori mavjud bo‘lib, shularning 14 foizini hajmi 100 million kub metrlik suv omborlari tashkil qiladi va ularda jami dunyo suv omborlari suvining 95 foizi saqlanib turibdi.
- Dunyo bo‘yicha eng yirik suv omborlari bo‘lgan mamlakatlar ishtirokida Katta suv omborlari qo‘mitasi ( ICOLD ) tuzilgan. Unga sig‘imi 100 million metr kub va undan ortiq bo‘lgan suv omborlari bo‘lgan mamlakatlar a’zo hisoblanadi. Bu tashkilot yilma-yil o‘zining hisobotlari, byulletenlari va tadqiqotlarini e’lon qilib boradi.
- Hozirgi paytda dunyoda sig‘imi 100 million metr kubdan ziyod suv omborlari soni 240 dan ortiqdir.
- To‘g‘oni baland suv omborlari dunyoda kam uchraydi. Bu borada dunyoda oldingi o‘rinlarda turadigan Tojikistondagi Nurek suv omborini (to‘g‘onning balandligi 300 metr), Shveysariyadagi (to‘g‘onning balandligi 284 metr), Grand-Deksans suv ombori (to‘g‘onning balandligi 262 metr), To‘polang suv ombori (to‘g‘onning balandligi 187 metr) va boshqalardir.
- Ayni paytda dunyo bo‘yicha 13,5 mlrd. gektar foydalaniladigan yerlar mavjud (2014 yilgi ma’lumot).
- Dunyoda 260 dan ortik transchegaraviy daryolar bo‘lib, ularning 70 tasi Yevropada, 53 tasi Osiyoda, 39 tasi Shimoliy va Janubiy Amerikada va 60 tasi Afrika hududida joylashgan (2012 yilgi ma’lumot).
- Dunyo aholisining bugungi kunda 1,2 mlrd. aholisi toza ichimlik suviga muhtojlik sezmoqda (2012 yilgi ma’lumot).
- Tabiatda suvning 1330 ta turi uchraydi.
- Inson taxminan o‘z hayoti davomida 35 tonna suv ichadi.
- Dunyo bo‘yicha yer yuzida 1 mlrd. kub kmdan ziyod suv zaxirasi bor. Shundan 3 foizigina ichish uchun yaroqli (2006 yilgi ma’lumot).
- 1990 yilga kelib suvga muhtoj Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari soni 3 tadan 11 taga yetgan bo‘lsa, 2025 yilga borib ular safiga yana 7 ta mamlakatning qo‘shilishi kutilmoqda (2009 yilgi ma’lumot).
- Suv iste’molchilarga katta xarajatlar evaziga yetkazib beriladi. Masalan, Isroil va Ispaniyada 1 metr kub suvni yetkazib berishga 40 sent (480 so‘m), AQShda 24 sent (290 so‘m) xarajat qilinadi. Respublikamizda bu raqam 4,2 so‘mni tashkil qiladi. Dunyo mamlakatlarida bu xarajatlarning 50 foizi davlat, qolgan 50 foizi suvdan foydalanuvchilar tomonidan qoplanadi. Farq shundaki, mamlakatimizda bu xarajatlarning hammasi davlat tomonidan qoplanmoqda (2006 yilgi ma’lumot).
- Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Angliya qiroli Richard I 1197 yilda dunyoda birinchilardan bo‘lib daryolarning ifloslanishiga qarshi qonunga imzo chekgan bo‘lib, o‘shanda Temza xartiyasi kuchga kirgan.
- Ingliz qirolichasi Yekaterina I - XVI asrda kimda-kim chuchuk suv olishning arzon usulini kashf etsa, unga 10 ming funt sterling miqdorida mukofot va’da etgan. Bu mukofot hozirgacha davlat xazinasida o‘z egasini kutib yotibdi.
- BMT tomonidan 2003 yil Xalqaro chuchuk suv yili deb e’lon qilingan.
- Yer yuzining to‘rtdan uch qismi suvlikdan iborat. Ammo inson bevosita ishlatishi mumkin bo‘lgan suv zahiralari juda kam.Barcha suvlarning 96,5 foizi dunyo okeanining sho‘r suvlariga to‘g‘ri keladi.
- Yer yuzining qariyb 10 foizi muz va aysberglar bilan qoplangan.
- Ayni damda chuchuk suv miqdori yer yuzidagi barcha suvlarning 2,5 foizini tashkil etadi.
- Yer yuzining 1 milliarddan oshiq aholisi doimiy chuchuk suv manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
- Har yili sayyoramizdagi 3-4 million kishi suv orqali tarqaladigan kasalliklar natijasida hayotdan ko‘z yummoqda.
- Taxminlarga ko‘ra yaqin 20 yil ichida suvni iste’mol qilish 40 foizga ortadi.
-Hozirgi paytda yer yuzidagi 1 milliard 100 million odam toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. 2025 yilga borib esa bu raqam 3 milliarddan oshib ketadi.
- Dunyodagi toza ichimlik suvining 20 foiziga ega bo‘lgan Rossiyaliklar vaqti kelganda jahon bozorida Baykal ko‘lining suvini qadaqlab sotishni rejalashtirayotir.
-Ma’lumotlarga ko‘ra 2025 yilga kelib yerdagi har 3 kishidan 2 nafari ichimlik suvi yetarli bo‘lmagan hududlarda yashashi kutilmoqda.
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, insonlar kasallanishining 90 foizga yaqini ichish uchun yaroqsiz suvdan foydalanish tufayli kelib chiqar ekan.
- Aynan yer ostida chuchuk ichimlik suvning 90 foizi saqlanadi.
- Dunyo olimlarining fikricha inson hayoti davomida suv ichish orqali 80 kilogramdan 100 kilogramgacha kimyoviy balchiqni yutadi.
- Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020-2025 yillarga keliboq, barcha chuchuk suv resurslari inson faoliyati uchun egallanib, suv ham investitsiya manbaiga aylanib sotila boshlanadi.
- Dunyo miqyosida so‘ngi 100 yil maboynida suvning sarflanishi 6 maratoba oshgan.
- 2050 yilga kelib odamzodga hozirgiga nisbatan ikki barobar ko‘proq ichimlik suvi zarur bo‘ladi.
- Yer yuzida har kuni 6000 nafarga yaqin odam, xususan bolalar suv muammosi tufayli nobud bo‘lmoqda.
- Oxirgi 40 yil ichida jahon bo‘yicha kishi boshiga chuchuk suv miqdori 60 foizga kamayadi.
- Olimlarning taxminiga ko‘ra suv tanqisligi yer yuzida boshqalariga nisbatan Afrika, Hindiston va Xitoyda sezilarli darajada ro‘y berishi mumkin. Eng murakkab holat Xitoyda yuz bersa ajabmas. Chunki bu mamlakatdagi 600 shahardan 550 tasi hozirgi kundayoq yuqoridagi muammoga duch kelgan. Shu bois bu davlat suvni qayta ishlash borasida dunyodagi yetakchilikni qo‘lga oladi.
- O‘rtacha bir yilda bir kishi 4 ming litrdan 25 ming litrgacha suv sarf qilar ekan.
- Dunyoda bir kunda 274 million, bir yilda esa 100 milliard litrdan ko‘p ichimlik suvi sotiladi.
-Yevropada 55 ta daryoning atigi 5 tasi toza.
- So‘ngi 100 yil ichida sug‘oriladigan yerlar 40 million gektardan 400 million gektarga kengaygan.
- Dunyoda bir kunda 2 million tonna chiqindi suvga tashlanadi, 1 litr ifloslangan suv 8 litr suvni nobud qiladi.
-Saudiya Arabistonida benzindan ko‘ra suvning narxi ham, qadri ham baland ekan.
- Isroil davlatida ekinlarga tomchilab suv quyiladi.
- Yer yuzidagi jami suv miqdori 1,4 milliard kub kilometrni tashkil etadi. Bu har bir insonga 350 million kub metr suv to‘g‘ri keladi degani. Biroq ming afsuski, ushbu suvning 2,5 foizigina chuchuk suvni tashkil etadi. Uning ham 70 foizidan ko‘prog‘i qor va muz qatlamlarida saqlansa, qolgan 30 foizigina sayyoramizning yuzasida betartib ravishda joylashgan ko‘llar, daryolar va yer osti suv zaxiralaridir.
- Hozirgi kunda ba’zi hududlarda 1 litr suv tarkibida tuzning miqdori 2-3 grammga yetadi. Ichish maqsadida ishlatiladigan suv tarkibidagi tuz 1 grammdan oshsa, albatta yaroqsiz deb hisoblanadi.
- Hindistonliklar Ganga daryosini “Ona Ganga” deyishadi va ibodat qilishadi.
- Muqaddas Ganga daryosini tozalash dasturi uchun Jahon banki Hindistonga 1 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishga qaror qildi. Chunki uzunligi qariyb 2,5 ming kilometr, suv havzasi maydoni 1 milliard kvadrat kilometrni tashkil etadigan ushbu daryo bo‘yida mamlakat aholisining uchdan bir qismi, ya’ni 440 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.
- Ayrim hisob kitoblarga qaraganda 18 mamlakatdagi 166 million aholi suv taqchilligidan, 11 mamlakatdagi 270 million odam suvsizlikdan nihoyat og‘ir sharoitlarda yashab, azob chekmoqda.
- Jahondagi 34 ta sersuv daryodan katta qismi Rossiya hududlaridadir. Bu Yenisey, Ob’, Lena, Amur, Volga, Kalima, Ural va Orlyonek kabi daryolardir.
- Jahon suv manbalarining katta qismi-80 foizi faqat qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Har kubometr suvdan faqat 0,3 kubometri o‘simliklar tomonidan foydalaniladi. 57 foizi esa irrigatsion isrof bo‘ladi.
- Dunyo bo‘yicha 261 ta daryo havzalari bir necha davlat hududlaridan o‘tgan, bu esa o‘z navbatida “suv uchun urush”lar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
- Ma’lum bo‘lishicha har yili okean va dengizlarga 10-12 million tonna atrofida neft’ mahsulotlari to‘kilmoqda. Dunyo okeanida hozir jami 2500 ta neft’ quduklari ochilgan bo‘lib, shundan 800 tasi AQSh, 540 tasi Janubiy-Sharqiy Osiyo, 400 tasi Shimoliy dengiz, 150 tasi Fors ko‘rfasida joylashgan. Ularning chuqurligi o‘rtacha 900 metrgacha boradi.
- AQSh da 30 dan ortiq daryo va ko‘llarning jiddiy ifloslanishi oqibatida unda na cho‘milib va na baliq ovlab bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha suv manbalarini tozalash uchun 400 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ zarur.
- Hozirgi paytda AQSh da iste’mol suvining 75 foiziga xlor moddasi bilan ishlov berilmoqda.
- 2025 yilga borib dunyo aholisining uchdan ikki qismi qisman va jiddiy suv tanqisligi seziladigan mamlakatlarda yashaydi.
-Yer yuzining 71 % i suv bilan qoplangan.
- 1990 yilning o‘rtalaridan boshlab, dunyo aholisining 40% yashaydigan 80 ga yaqin mamlakat suv tanqisligidan aziyat cheka boshlagan. Dunyoda 1,1 milliard kishi yoki jami aholining 18 % toza suv olish, 2,2 milliard kishi esa kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Bu asosan Osiyo va Afrika qit’asiga tegishli muammodir.
- Yerdagi suvning umumiy zahirasi 138 598 4610 kub km.ni tashkil qiladi. Jami suvning 96,5 % yoki 133 8000000 kub km. dengiz va okean suvidir.
- Chuchuk suvning 70 % i muz qoplamlarida, 30 % i esa tuproqdagi nam yoki olish qiyin bo‘lgan yer osti qatlamlarida joylashgan. Yer yuzida mavjud bo‘lgan chuchuk suv zahiralarining 1 % dan insoniyat foydalanishi mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling