1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston xalqi Amudaryo suvining mazaliligi va yoqimliligi jihatidan dunyoda tengsiz ekanligi bilan albatta faxrlanadi. Unga bu jihatdan hatto ulug‘vor Nil daryosi ham bas kela olmaydi”
VOHAMIZDA
- Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan jami 22 ta yirik va o‘ta muhim gidrotexnik inshootlar- 5 ta suv ombori, 6 ta magistral kanallar, 5 ta nasos stansiyalari, 5 ta gidrouzellar va 1 ta kollektor mavjuddir. - Vohamizda 326 ming gektar sug‘oriladigan maydon mavjud bo‘lib, shundan 98 ming gektari boshoqli don ekinlari, paxta 119,6 ming gektar, bog‘-uzumzor 28 ming gektar, aholi tomorqasi 50 ming gektar, boshqa ekinlar 30 ming gektarni tashkil qiladi. - Viloyatimiz ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashda umumiy uzunligi 15,0 ming kilometr bo‘lgan sug‘orish tarmoqlaridan foydalanilmoqda. Bu ish yillik quvvati 1 mlrd. 300 mln kvt ga teng 113 ta nasos stansiyalari orqali amalga oshirilib, suv resurslari 21 ta yirik gidrotexnik inshootlar hamda umumiy sig‘imi 896 mln. m3 ga teng bo‘lgan 5 ta suv omborlari tomonidan boshqariladi. - Vohamizda beshta suv ombor, ya’ni Janubiy Surxon, To‘palang, Uchqizil, Oqtepa va Namuna-Degrez suv omborlari mavjud bo‘lib, bu mazkur suv omborlar jami 905,5 million metr kub suv yig‘ish imkoniyatiga ega. - Vohamizning To‘palang-Qoratog‘ daryolari orqali-117500 ming gektar (36 foiz), Surxon-Sherobod kanallari orqali-87300 ming gektar (27 foiz), Amu-Zang kanali orqali-120200 ming gektar (37 foiz) yeri sug‘oriladi. - Viloyatimizdagi mavjud suv omborlarining suvni qabul qilish imkoniyatlari quyidagichadir:-Janubiy Surxon suv ombori-800 million metr kub (hozirda 503 million metr kub), To‘palang suv ombori-500 million metr kub, Uchqizil suv ombori-165 million metr kub, Oqtepa suv ombori-100 million metr kub, Namuna-Degrez suv ombori-17,5 million metr kub. - Vohamizda ishlab turgan eng katta nasos stansiyalarining yerlarni sug‘orish ko‘rsatgichlari quyidagicha: “Jayxun” nasos stansiyasi-sekundiga 92 kub metr suv chiqarib, vohaning 65000 gektar yerini suv bilan ta’minlaydi; “Amu-Zang-1” nasos stansiyasi esa sekundiga 100 kub metr suv beradi va vohaning 82000 gektar yerini sug‘oradi; “Amu-Zang-2” nasos stansiyasi sekundiga 112 kub metr suv beradi va vohaning 81 000 gektar yeriga o‘z suvini yetkazib beradi. “Sherobod” nasos stansiyasi esa sekundiga 120 metr kub suv chiqarib, vohamizning 75111 gektar yerini obi-hayot bilan ta’minlaydi. Demak, jami viloyatimiz bo‘yicha 244,6 ming gektar yer maydoni yuqorida qayd qilingan yirik nasoslar orqali sug‘oriladi. - Viloyatimizda sug‘oriladigan yerlarning 100 ming gektaridan ziyodrog‘i sho‘rlangan bo‘lib, uning 44 ming gektari o‘rtacha, 1,5 ming gektari esa kuchli darajada sho‘rlangandir. - 1918 yilda viloyatimiz bo‘yicha bor yo‘g‘i 20 ming gektar yer sug‘orilar edi xolos. - 1962-1975 yillar mobaynida Sherobod cho‘lida 57 ming gektardan ziyodroq yer o‘zlashtirildi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 326 ming gektar yerdan oshib ketdi. - Viloyatimizda bir gektar g‘o‘zani sug‘orish uchun 12,5 ming kubometr suv talab etiladi. - Agar Surxondaryoda yashovchi har bir aholi bir ho‘plamdan suv ichsa, buning uchun qariyb oltmish ming litrdan ziyodroq suv ketadi. - Agar vohamiz ahlining hammasi bir vaqtda vanna qabul qilsa, bunga qariyb, 100 million litrdan ko‘proq suv sarf bo‘lar ekan. “Turkiston xalqi Amudaryo suvining mazaliligi va yoqimliligi jihatidan dunyoda tengsiz ekanligi bilan albatta faxrlanadi. Unga bu jihatdan hatto ulug‘vor Nil daryosi ham bas kela olmaydi” Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling