1- mavzu: “Nutq madaniyati” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.11.2020
Hajmi0.49 Mb.
#148738
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza matnlari


3. Nutqning mantiqiyligi. 

 

Mantiqiy  nutq  deb  yaxlit  bir  tizim  asosida  tuzilgan,  fikrlar  rivoji  izchil 



bo`lgan,  har  bir  so`z,  ibora  maqsadga  muvofiq  ravishda  ishlatiladigan  nutqqa 

aytiladi. 

 

Nutqning  mantiqiyligi  uning  asosiy  sifatlari  –  to`g`rilik  va  aniqlik  bilan 



chambarchas  bog`liqdir.  Grammatik  jihatdan  to`g`ri  tuzilmagan  nutq  ham,  fikrni 

ifodalash  uchun  noto`g`ri  tanlangan  lug`aviy  birlik  ham  mantiqiylikni  buzadi. 

Mantiqiy izchillkining buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning 

to`liq borib yetmasligiga, ba’zan, umuman, anglashmasligiga olib kelishi mumkin. 



 

Nutqning  mantiqiy  buzilishi,  eng  avvalo,  so`zlovchi  va  yozuvchining 

tafakkur  uquvi,  qobiliyati  bilan  bog`liq.  Shuning  uchun  mantiqiylik  faqatgina 

lisoniy  hodisa  sanalmasdan,  balki  tafakkur  hodisasi  ham  sanaladi.  Bunda  mavzu 

bo`yicha mavjud bilim asosida mulohaza yurgizish diqqatga sazovordir. 

 

So`zlarning  o`zi  ifodalanayotgan  narsa-hodisalarga  mos  ravishda  fikrning 



aniq  ifodalanishi  narsa  mantiqiyligi  bo`lsa,  soz  birikmalari,  gaplar,  hatto  butun-

butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo`ysundirilishi 

tushuncha mantiqiyligidir. 

 

Mantiqiylik shartlari: 

a)  tushunchalar mantiqiyligiga rioya qilish

b)  uslubiy me’yorga amal qilish; 

c)  leksik-semantik va sintaktik me’yorga rioya qilish. 

 

Mantiqiyligiga putur yetgan gaplarga misollar: 



-  Olti oylik davlatga sut sotish rejasi bajarildi. 

-  U bir kitobga 5 so`mdan qo`yib sotmoqda.   

-  Akulalar tirik bola tug`adi. 

-  Erkak paypoqlar narxi 30 foizga arzonlashdi. 

 

O`qituvchi nutqining mantiqiyligi. Nutqda bayon etilgan fikrning qismlari va 



alohida fikrning o`zaro mutanosibligi mantiqiyligi deb yuritiladi. 

 

Mantiqli  nutqda  gaplardan  fikrlar  butun  nutqdan  kelib  chiqadigan  fikrning 



qismlari hisoblanadi. Ular orasida ziddiyat bo`lmaydi. 

 

Mantiqiylik  aniqlikka  suyanadi.  Noaniq  nutq  mantiqiy  bo`la  olmaydi. 



Nutqda  mantiqlikka  erishish  uchun  unda  qo`llangan  so`zlar  bilan  ularning 

predmetlik ma’nolari mos bo`lishi lozim. 

 

So`zlar  qat’iy  aniqlikda  qo`llanganda  ham  mantiqlik  buzilishi  mumkin, 



chunki aniqlik leksik nutq bilan mantiqiylik sintaktik qurilishi bilan bog`langandir. 

Mantiqiylikning  predmet  mantiqiyligi  va  tushuncha  mantiqiyligi  deb  ikkiga 

ajratish  mumkin.  Predmet  mantiqiyligi  nutqda  til  birliklarining  o`zaro  ichki 

munosabatlari mosligidan iborat. 

 

Tushuncha  mantiqiyligi  mantiqiy  fikr  tuzilishi  hamda  bu  tuzilishning 



nutqdagi til belgilari ma’no aloqalaridan iborat. 

 

Mantiqiylikni  ta’minlash  2  shartga  asoslanadi.  Birinchisi,  ekstrolingvistik 

shart.  Bu  shart  to`g`ri  mulohaza  qilishning  normalari  va  printsiplarini  egallashni 

taqozo  etadi.  To`g`ri  nutq  uchun  kurashuvchi  eng  avvalo,  mantiqiy  fikrlashni 

o`rganishi lozim. 

 

Ikkinchi  shart  sof  lingvistik  bo`lib,  nutqiy  tuzilish  belgining  bir-biriga  zid 



bo`lmasligini,  mazmuniy  bog`liqligini  uyushtiruvchi  til  vositalarini  bilishni  talab 

qiladi. 


4. Nutqning sofligi. 

G`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lgan nutq sof nutq deyiladi. 

 

Nutqning sofligiga quyidagilar putur yetkazadi: 



a)  dialektalizmlar; 

b)  g`ayri tildan olingan so`zlar; 

c)  jargon va argolar; 

d)  vulgarizmlar; 

e)  parazit so`zlar. 

 

5. Nutqning ta’sirchanligi. 

Tinglovchi  va  o`quvchi  ruhida  o`zgarish,  hayajon  yasovchi  nutq  ta’sirchan 

nutq deyiladi. Bunday nutq oldiga quyidagi talablar qo`yiladi: 

a)  tinglovchi e’tiborini tortish; 

b)  tinglovchi qiziqishini oshirish; 

c)  nutq dalil, isbot misollarning yetarli bo`lishini ta’minlash; 

d)  fikrni bayon etishda qiziqarli shakllardan foydalanish; 

e)  so`zlashda tabiiylikka erishish. 

 

Nazorat savollari. 

1.  Nutqning asosiy xususiyatlari qaysilar? 

2.  Adabiy til me’yorlari haqida gapiring. 

3.  Nutqning aniqligi deb nimaga aytamiz? 

4.  Nutqning mantiqiyligi nima? 

5.  Nutqning sofligiga nimalar putur yetkazadi? 

6.  Fikrni bayon etishda qanday qiziqarli shakllardan foydalanish mumkin? 

 


 

A d a b i y o t l a r : 

1.  R.Qo`ng`urov  va  b.  Nutq  madaniyati  va  uslubiyoti  asoslari.  T.,  “O`qituvchi”, 

1992. 

2. E.A.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., “O`zbekiston”, 1980. 



3. H.Abdurahmonov, N,Mahmudov. So`z etikasi. T., “Fan”, 1981 y. 

4.  N.Mahmudov.  O’qituvchi  nutqi  madaniyati.  T.:  Alisher  Navoiy  nomidagi 

O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 

 

        7-mavzuTibbiyot xodimining nutqiy madaniyati va uslubshunoslik 



R e j a:  

1.  So`zlashuv uslubi. 

2.  Rasmiy uslub. 

3.  Ilmiy uslub. 

4.  Publisistik uslub. 

5.  Badiiy uslub. 



Tayanch iboralar. 

 

Funktsional  uslublar,  adabiy  so`zlashuv  uslubi,  oddiy  so`zlashuv 



uslubi,  rasmiy  uslub  xususiyatlari,  ilmiy  uslub  xususiyatlari,  publitsistik 

uslub, badiiy uslub. 

 

Kishilar  har  qanday  sharoitda  va  faoliyatning  barcha  sohalarida  aloqa  qilish 



jarayonida tildagi leksik, frazeologik, Grammatik va fonetik vositalarni tanlash va 

ishlatishda  bir-birlaridan  ma’lum  darajada  farq  qiladilar.  Umumxalq  tili  doirasida 

til  vositalarining  bunday  tanlab  olinishi  nutqda  xilma  xil  ko`rinishlarning  paydo 

bo`lishiga  olib  keladi.  Bunday  xilma-xil  nutq  ko`rinishlari  nutq  uslublari  deb 

yuritiladi. 

 

Nutq  uslublari  ifoda  vositalari  tizimining  muayyan  aloqa  doirasida  maqsadga 



muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko`rinishlaridir. 

 

Nutq  uslublari  tilning  vazifasi  –  funktsiyasi  bilan  bevosita  bog`liq  bo`ladi. 



Shuning uchun ham ular funktsional uslublar deb yuritiladi. 

 


1.  Og`zaki nutq uslubi 

 

Og`zaki  nutq,  ma’lum  bir  modal  munosabatlarni  ifodalash  uchun  asos  bo`lsa, 



uslub  fanining  ob’yekti  bo`ladi.  Bu  holat  –  gap  bo’laklari  tartibining  “buzilishi” 

bilan,  soda  gap,  to`liqsiz  gaplarning  bo`lishi,  dialog  nutqning  mavjudligi  bilan 

xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, og`zaki nutqning ba’zi shakllari yozma nutqda 

o`z  o`rnini  topadi:  (keluvdi,  kelardi).  Og`zaki  nutq  uslubida  qisqa  hajmli 

bog`lovchisiz  qo`shma  gaplar  ko`p  ishlatiladi,  badiiy  vositalar  kam  qo`llaniladi. 

Ayniqsa,  ko`p  ma’noli  so`zlar  ko`proq  ishtirok  etadi.  Og`zaki  nutqda  qochirma, 

piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng imkoniyat mavjud bo`ladi. Og`zaki nutq 

rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda qo`llanilmaydi. 

 

Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi: 



1.  Adabiy so`zlashuv uslubi 

2.  Oddiy so`zlashuv uslubi. 

 

Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va 



ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. 

 

Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish 



xarakterli xususiyatdir. 

 

So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor: 



1.  Fonetik xususiyatlar. 

2.  Leksik-frazeologik xususiyatlar 

3.  Grammatik xususiyatlar 

 

2. Rasmiy uslub. 

 

Rasmiy  (ish  yuritish)  uslubga  hisob-statik  organlar,  sud,  adliya,  fuqarolik 



holatlarini  qayd  etuvchi  va  notarial  idoralar,  prokuratura,  ichki  ishlar  va  boshqa 

vazirliklarning,  idora,  muassasa,  tashkilotlarning,  ayrim  shaxslarning  rasmiy 

hujjatlari  nota,  qaror,  farmon,  ko`rsatma,  qo`llanma,  konstitutsiya,  hukm,  ajrim, 

shartnoma,  tavsiya, izohnomalar  va  ariza,  shikoyat, axborot, majlis  bayoni, tilxat, 

tarjimai  hol,  ishonchnoma,  guvohnoma,  e’lon,  dalolatnoma,  ma’lumotnoma, 

hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. 

 

Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 



1)  badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi; 

2)  uslub  leksikasi  kitobiy  va  xolis  so`zlardan  iborat  bo`ladi:  uslubda 

professional terminologiya mavjud bo`ladi; 


3)  eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi; 

4)  quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi; 

a)  tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning 

belgisi  yoki  biror  harakati,  bir  narsaga  munosabatini  ifodalovchi  otlar 

ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h. 

b)  noaniqlikka  yo`l  qo`ymaslik  maqsadida,  odatda,  otlar  olmosh  bilan 

almashtirilmaydi; 

c)  fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; 

oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin; 

d)  bu  uslubda  uyushiq  bo`lakli  gaplar  keng  qo`llanilib,  ayrim  o`rinlarda 

bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin; 

e)  qo`shma  gaplardan,  xususan,  shart  ergash  gapli  qo`shma  gaplardan  keng 

foydalaniladi; 

f)  so`roq  va  undov  gaplar  deyarli  qo`llanilmaydi,  asosan,  darak  va  buyruq 

gaplar ishlatiladi. 

5)  Hujjatlar  matni  birinchi  shaxs  yoki  uchinchi  shaxs  tilidan  yoziladi.  Yakka 

rahbar  nomidan  yoziladigan  farmoyish  hujjatlari  birinchi  shaxs  tilidan 

bo`ladi.  Shuningdek,  ayrim  shaxs  tomonidan  yozilgan  hujjatlar  (ariza, 

tushuntirish  xati)  ham  birinchi  shaxs,  birlik  sonida  shakllantiriladi.  Boshqa 

hujjatlar  esa  yo  birinchi  shaxs  ko`plik  sonda,  yoki  uchinchi  shaxs  birlik 

sonda rasmiylashtiriladi. 

6)  Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq 

foydalaniladi. 

7)  Hujjatning  axborot  tizimi  aniq,  mukammal,  fikr  mantiqan  teran  bo`lishi 

shart. 

8)  Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi. 



9)  Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi. 

3.  Ilmiy uslub. 

 

Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U 



o`z  ichida  yana  ilmiy  texnikaviy,  ilmiy-hujjat,  ilmiy-ommabop,  o`quv-ilmiy  kabi 

bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi. 

 

Ilmiy  uslubning  hozirgi  zamon  taraqqiyoti  bilan  bog`liq  ravishda  quyidagi 



umumiy xususiyatlari bor: 

1)  axborotning ob’yektivligi, aniqligi; 

2)  nutqning ma’lumotlarga boyligi; 

3)  fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi; 

4)  muallif individualligining sezilmasligi; 

5)  emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi; 



6)  atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi; 

7)  matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi; 

8)  adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi; 

9)  fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi; 

10) 

ellipsis  hodisasining  bo`lmasligi  (nazarda  tutilgan  birorta  so`zning 



tushib qolishi); 

11) 


turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; 

12) 


otlarni, asosan, birlikda ishlatish

13) 


matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish; 

14) 


maxsus  bog`lash  uchun  xizmat  qiladigan  so`z,  so`z  birikmalarining 

qo`llanishi. 



                           4. Publitsistik uslub. 

 

Publitsistika  keng  ma’noda  ijtimoiy-siyosiy  hayot  masalalarini  yoritadigan 



barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki 

ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan 

bosh  maqolalar,  felyeton,  murojaatnomalar,  chaqiriqlar,  deklaratsiyalar  uslubning 

yozma turidagi asarlaridir. 

 

Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga 



ega  bo`lsada,  ular  publitsistik  uslubning  umumiy  talablariga  bo`ysunadi. 

Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va 

ta’sirchan  notiqlik,  mantiqiy  salobat,  tashviqot  va  targ`ibot  kabi  xususiyatlar 

mavjud bo`ladi. 



                       5. Badiiy uslub. 

 

Badiiy  nutq  uslubi  inson  amaliy  faoliyati  va  hayotining  hamma  tomonlarini 



qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi. 

 

Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Bu uslub 



muallifga  asarning  estetik  ta’sirini  kuchaytirish  uchun  tilning  barcha  leksik  va 

Grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-

yangi,  ifoda  vositalari  yaratish  imkonini  beradi.  Badiiy  nutq  uslubida  til  obraz, 

xarakter  va  manzaralar  yaratish  vositasi  bo`lib  xizmat  qiladi.  Bu  uslub  o`zining 

obrazliligi bilan adabiy boshqa funktsional uslublaridan ajralib turadi.  

 

Quyidagi  vaziyatli  masalani  mustaqil  fikrlaringiz  asosida  hal  qilishda 

qatnashing: 

              1. Keng qiyofa texnikasi 


  Agar  siz  suhbatga  yaxshigina  tayyorlanib  kelgan  bo‘lsangiz  va  o‘z  fikringizni 

miqdoriy ma’lumotlar yordamida asoslayotgan bo‘lsangiz-u, suhbatdoshingiz sizni 

maydalikda  hamda  vaziyatni  butun  yaxlitligini  ko‘rmayotgan-ligingizda 

ayblayotgan bo‘lsin. 

   Sizni  xulqingiz  harakatlari:  undan  aniq  ma’lumotlarga  qarshi  nimanidir  qo‘ya 

olishini so‘rang. O‘zingiz faqat ayni shu sonlar asosida aniq qilib umumiy chiziq 

aniqlanayotganini ta’kidlang.   

  Dialogni  o‘qing  va  unda  ilgari  surilgan    fikrlarga  o‘z  mulohazalaringizni 

bildi-ring: 

                    Ijodkor orzusi 

 

Bu voqea Samarqandda Registon ansambli yonida bo‘lgan edi. Oldinda G‘afur aka 



Hamid G‘ulom bilan, orqada  S.Ahmad quloq solib borardi. G‘afur aka Samarqand 

tarixi,  ayniqsa  Alisher  Navoiy  hayoti  bilan  bog‘liq    tomonlarini  gaprib  berardi, 

ba’zan  to‘xtab  ko‘zoynagini  qo‘liga  olib  peshtoqla-ridagi  arab  va  fors  tillarida 

yozilgan xatlarni titkilab qolardi. Registon maydoniga kirganda G‘afur aka go‘yo 

ulug‘  bobolar  bosgan  tuproqni  oyoq  osti  qilishni  istamagandek  avaylab 

yurayotganga o‘xshardi, u endi shivirlab gapirardi: 

- Mana shu erdan necha marta Navoiy yurgan. Mana shu peshtoqlarga  tikilib ne-

ne hayollarga borgan ekan. Manavu to‘g‘ridagi eshikdan Ulug‘bek necha bor kirib 

chiqqan. Ajab! 

 G‘afur  akaning  bola  tabiati  bo‘lib,  sal  narsaga  quvonib,  sal  narsaga  mo‘lt-mo‘lt 

ko‘z  yoshi  to‘kardi.  O‘ylaganimiz  to‘g‘ri  chiqdi,  G‘afur  akaning  ikki  ko‘zi  jiqqa 

yosh edi. SHunday paytlarda uni chalg‘itish kerak. 

-  G‘afur  aka,  bunaqa  qiladigan  bo‘lsangiz,  ertaga  saylovchilar  bilan  bo‘ladigan 

uchrashuvda yig‘loqi deputat olib keldik, deb aytamiz.  

  G‘afur aka darrov hushini yig‘di. 

- Ha, shayton sezib  qolding-a. Shu topda hayol o‘lgur olib qochgan ekan. Navoiy 

bilan  gaplashayotgan  edim.  Suhbat  juda  shirin  joyiga  kelganda  xayolni  bo‘lib 

qo‘yding. She’r tug‘ilayotgan edi-ya! 

     

     Daraxshon yulduzlar sari o‘kirgan. 



     Bo‘ynida zanjir-u, qalbi ozod sher. 

     Insoniy muhabbat mehri-la vafo, 

     Erku baxt timsoli ulug‘ Alisher. 

 

  Albatta bita zo‘r she’r yozaman. Yozib qo‘y, keyin esimdan chiqib qolmasin. 



  Oradan  bir  yil  o‘tib  Navoiyning  besh  yuz  yillik  yubileyi  kunlarida  G‘afur  aka 

Navoiyga bag‘ish-langan she’rini yozdi.  (Said Ahmad). 



 

Nazorat savollari 

1. Nutqning uslubiy turlarining shakllanishiga qanday asoslar sabab bo`lgan? 

2. So`zlashuv uslubining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 

3. Rasmiy uslubning qanday xususiyatlari bor? 

4. Ilmiy-uslubning qanday xususiyatlari bor& 

5. Publitsistik va badiiy uslubning qanday jihatlarini bilasiz? 



A d a b i y o t l a r : 

1.  R.Qo`ng`urov  va  b.  Nutq  madaniyati  va  uslubiyoti  asoslari.  T.,  “O`qituvchi”, 

1992. 

2. E.A.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., “O`zbekiston”, 1980. 



3.  G`.Abdurahmonov,  S.Mamajonov.  O`zbek  tili  va  adabiyoti.  T.,  O`zbekiston, 

1995. 


4. A.Shomaqsudov va b. O`zbek tili stilistikasi. T., O`qituvchi, 1985. 

N.Mahmudov va b. O`zbek tilida ish yuritish (munshaot) T.O`.R. Entsiklopediyasi 

bosh redaktsiyasi, 1990. 

5.  N.Mahmudov.  O’qituvchi  nutqi  madaniyati.  T.:  Alisher  Navoiy  nomidagi 

O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 

 

         8-mavzuNutqning kommunikativ va boshqa sifatlari.  



R e j a: 

1.  Kirish. 

2.  Suhbat va uning oldiga qo`yilgan talablar 

3.  Muhokama va uning oldiga qo`yilgan talablar 

4.  Munozara va uning oldiga qo`yilgan takabkar 

5.  Notiqlik va uning oldiga qo`yilgan talablar. 



Tayanch iboralar 

 

Suhbat, muhokama, munozara, tashviqiy nutq, tanqidiy nutq, tabrik nutqi. 



 

Fikr  suhbat,  muhokama,  munozara  shaklidagi  nutqiy  faoliyatlar  davomida 

og`zaki bayon qilinadi. 

Suhbat  –  ma’lum  bir  mavzu  yuzasidan  dialog  (yoki  polilog)  tarzida  bo`lib 

o`tadigan nutqiy muloqot. 

Suhbat oldiga qo`yilgan talablar: 

1.  Mavzudan chetga chiqmaslik 

2.  Savollarga aniq, qisqa, to`la javob berish. 

3.  Javob  berish  jarayonida  savolning  ahamiyatiga  e’tibor  berish,  dalil  va 

misollarning ishonarli bo`lishini ta’minlash. 

4.  Suhbat  jarayonida  tinglovchilar  holati,  vaqti  qiziqishlari,  mavzuning 

dolzarbligini hisobga olish. 

5.  Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish. 

6.  Suhbat  davomida  nutqning  ifodalilik,  ta’sirchanlik,  mantiqiylik, 

to`g`rilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish. 



Muhokama 

Muhokama – biror masala yuzasidan ko`pchilikning fikrini to`plash, ma’lum 

to`xtamlarga kelishini anglatadi. 

Muhokama nutqi oldiga qo`yilgan t a l a b l a r: 

1.  Muhokama mavzuidan chetga chiqmaslik. 

2.  Fikrni ixcham, soda, ta’sirli qilib ifodalash. 

3.  Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik. 

4.  Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo`nda qilib keltirish. 

5.  Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik. 

6.  Fikrni  ifodalash  davomida  o`zgalar  fikriga  hurmat  bilan  qarash,  o`rinsiz 

bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish. 

7.  Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. O`zini og`ir tutish. 



Munozara 

Munozara  –  biror  masala  yuzasidan  taraflarning  bahsini,  tortishuvini 

anglatadi.  Bahs  jarayonida  har  bir  ishtirokchi  o`zining  haq  ekanligini  isbotlashga 

intiladi. 

Munozarada nutqqa qo`yilgan talablar: 

1.  Mavzudan chetga chiqmaslik. 

2.  Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning yetarli bo`lishi. 

3.  Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish. 



4.  Nutqning ifodali tizimli, hayajonli bo`lishi. 

5.  Nutq shaklining ixcham, qiziqarli bo`lishi. 

6.  Nutq egasining vazmin, og`ir bo`lishi. 

7.  Suhbatdosh  hurmatning  ifodasi  bo`lishi,  uning  shaxsiga  tegadigan  so`z  va 

gaplarning bo`lmasligi. 

Notiqlik 

 

Aytilayotgan  fikrning  tinglovchiga  yetib  borishi  va  uning  ruhi  hamda 



xulqiga ta’sir etish notiqlik san’atiga bog`liq. 

Notiqona nutq maqsadi va xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi: 

a)  tashviqiy nutq 

b)  tanqidiy nutq 

c)  tabrik nutqi. 

1.  Tashviqiy  nutq deb muallif ko`zda  tutgan  biron  voqea-hodisani bajarishga 

tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi. 

Tashviqiy nutq oldiga qo`yilgan talablar: 

a)  mavzudan chetga chiqmaslik 

b)  mavzu mohiyatini to`la ochib berish 

c)  mavzu dolzarbligini uqtira olish. 

d)  Nutqning ta’sirchanligini oshira olish. 

e)  Ko`chirma va misollarni o`rinli keltira olish. 

2.  Tanqidiy nutq. 

Yuz  bergan  hodisalar,  shaxslar  hatti-harakatlariga  e’tirozli  munosabatda 

bo`luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. 

Tanqidiy nutq oldiga qo`yilgan talablar: 

a)  yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish; 

b)  tanqid uchun dalillarning yetarli bo`lishi; 

c)  notiqning o`ta hayajonlanib ketmasligi; 

d)  haqiqatdan chetlanmaslik; 

e)  kishi shaxsiga tegmaslik; 

f)  nutq shaklining jozibadorligi, ohangdorligi. 

To`ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug`ilgan kunlarda so`zlanadigan nutq 

tabrik nutqidir. Bu nutq oldiga qo`yilgan talablar. 

a)  tabriklanuvchi 

shaxsning 

ijodi, 

hayoti, 


fazilatlaridan 

asosiy 


ma’lumotlarni berish; 

b)  nutqning ixcham, jozibador, ohangdor bo`lishi; 



c)  nutqning til vositalariga boy, shaklan qiziqarli bo`lishi. 

Til – ma’lum kishilar jamoasi a’zolarining muloqoti uchun muhim va asosiy 

vosita  hisoblangan  o`ziga  xos  belgilar  sistemalaridan  biri  bo`lib,  jamiyatda 

tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an’analarni avloddan-avlodga 

yetkazish uchun xizmat qiladi. 

 

Nutq  –  ifodalangan  ma’lumot  talabiga  mos  holda  til  qoidalari  asosida 



tuzilgan til belgilarining tartibidir. 

 

Matn  –  u  yoki  bu  holda  tugallangan  mazmun  va  nutqning  birligini  o`zida 



shakllantirgan hamda ifodalangan og`zaki yoki yozma asarga aytiladi. 

 

Fikrni  og`zaki  bayon  etganda  o`qituvchi  suhbat,  muhokama,  munozara 



usullaridan foydalanadi. 

 

Fikrni  yozma  bayon qilish bayon, saylanma  bayon, konspekt, referat, sharh 



biologiyasi,  avtibiografiya,  tavsifnoma,  intervyu,  ma’ruza,  lektsiya,  hisobot, 

maktub, kundalik kabi shakllardan iborat. 



Nazorat savollari. 

1. 


Suhbat oldiga qanday talablar qo`yiladi? 

2. 


Muhokama nutqi oldiga qanday talablar qo`yiladi? 

3. 


Munozara nutqi oldiga qanday talablar qo`yiladi? 

4. 


Notiqlik va uning oldiga qo`yilgan talablar haqida ma’lumot bering. 

Adabiyotlar 

1.  T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. T., O`qituvchi, 1993 

2.  A.Xo`jayeva. Notiqlik san’ati. T., 1967. 

3.  E.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., O`zbekiston, 1980. 

4.  M.Usmonov. Yoshlarning ahloq madaniyati. T., O`qituvchi, 1988. 

5.  N.Mahmudov.  O’qituvchi  nutqi  madaniyati.  T.:  Alisher  Navoiy  nomidagi 

O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 

 


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling