1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Faoliyatni yaxshilash jarayoni natijaviyligining asosiy shartlari


Download 0.87 Mb.
bet27/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Faoliyatni yaxshilash jarayoni natijaviyligining asosiy shartlari. J. Xarringto o'n yillar avval faoliyatni yaxshilash jarayonlarini muvaffaqiyatliamalga oshirish yollarini o'nta guruhga ajratgan. Ular quyidagilardir:
- iste'molchiga jarayonning asosiy omili sifatida qarash;
- rahbariyatning faoliyatni yaxshilash jarayonini tatbiq qilish bo'yichauzoq muddatli majburiyatlarni boshqaruv tizimining tarkibiy qismi sifatidaqabul qilishi;
- takomillashtirishning chegarasiz jarayon ekaniga ishoonish;
- muammolar yuzaga kelganidan so'ng ularga e'tiborni qaratishdan ko'raularning oldini olishning afzal ekanini anglash;
- rahbarlarning qiziqishi, yetakchi mavqeyi va bevosita ishtiroki;
- «nolta xato» formulasi ko'rinishida ishlarni standartlashtirish;
- barcha ishchilarning ham jamoa tarkibida, ham shaxsiy qatnashuvi;
- asosiy e'tiborni odamlarni emas, balki jarayonlarni takomillashtirishga qaratish;
- jarayonning tashqi ishtirokchilari, jumladan, ta'minotchilarningtashkilot vazifasini anglaganda chinakam hamkorlarga aylanishiga ishonch;
-xizmatlarni e'tirof etish.


2.Yuqori rahbariyatning faoliyati
Yaxshilanishlar maqsadga muvofiqligining dastlabki tahlili. Rahbarkorxonaning rivojlanishi va inqirozi uchun javobgar shaxs hisoblanadi.Korxona egalari, mulkdorlar rahbarlarning boshqaruv imkoniyatlariga tayanibkapital kiritadilar va qoidadagidek ularni rentabellikning o'sishi uchun butunlaymas'ul deb hisoblaydilar. Hozirda ko'p korxonalar uchun sifat foyda olishningasosiy manbalaridan biriga aylangan.
O'z firmasining faoliyatini yaxshilash uchun o'zining vaqti, kuchinisarflash va mablag' ajratishning maqsadga muvofiqligini hal qilish uchunrahbarga quyidagi 20 savolga javob berishni taklif qilish mumkin:
1. Korxonangizning mahsulot va xizmatlarining potensial iste'molchilarisoni yildan yilga o'syaptimi?
2. Sizning yaroqsiz mahsulotlardan ko'rgan zararlaringiz va nuqsonlarnito'g'rilashga sarflagan xarajatlaringiz sotilgan mahsulot hajmining 1% dankamroq qismini tashkil qilyaptimi?
3. Siz ishlab chiqarish tartiblarini bajaryapsizmi?
4. Siz ishlab chiqarishning rejalashtirilgan xarajatlarini hisobga olganholda ish tutyapsizmi?
5. Siz faqat texnik shartlarning talablariga javob beradigan materiallar,detallar va butlovchi buyumlardan foydalanyapsizmi?
6. Sizda sababsiz ish qoldirish, ishga chiqmaslik va boshqa sabablargako'ra ish vaqtidagi yo'qotishlar 5% dan kam ko' rsatkichni tashkil qilyaptimi?
7. Sizda yillik ishchilar qo'nimsizligi 5% dan kammi?
8. Siz o'zingizning korxonangizga mahoratli kadrlarni jalb qilishimkoniyatiga egasizmi?
9. Personalning xatolari tufayli yo'qotishlar miqdorini hisobga olganholda o'z xodimlaringizni tayyorlashga kerakli miqdorda mablag' ajratyapsizmi?
10. Ishchilaringiz ish vaqtining 90%i davomida o'z vazifalarini bajarishyaptimi?
11. 0'zingizning buyumlaringiz va xizmatlaringizga iste'molchilaringiztalabi qay darajadaligini to'g'ri anglayapsizmi?
12. Siz ishchilaringizning ruhiyatini ko'tarishni xohlarmidingiz?
13. Korxonangiz ishchilari hozirgidan yaxshiroq ishlay olishigaishonasizmi?
14. Kirish nazoratining natijalariga ko'ra korxonangizga kelayotganfoydalanishga yaroqsiz detallar va yig'iladigan buyumlarning ulushi 19% nitashkil qilyaptimi?
15. Korxonangizdagi nazoratchilar ishlab chiqarishda qatnashuvchiishchilarning 5% dan kam qismini tashkil qilyaptimi?
16. Ishchilaringizning ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish bilanbog'liq bo'lmagan ishlarga sarflagan vaqti ishdan tashqari ish vaqtining 5%idan oshmayaptimi?
17. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarish davrininguzunligini qisqartirish imkoniyati mavjud deb hisoblaysizmi?
18. 0'zingizga yuborilgan tashakkurnomalarga asoslanib, xaridorlaringizning shikoyat qilmasligi haqida ishonch bildira olasizmi?
19. So'nggi 5-10 yilda korxonangizda mehnat unumdorligining o'sishsur'ati inflatsiyaning o'sish sur'atidan yuqori bo'lganmi?
20. Oxirgi 5 yilda aksiyalarga to'langan dividendlaringizning o'sish sur'atiinflatsiyaning o'sish sur'atidan yuqori bo'lganmi?
«Ha» degan ijobiy javob bir ballga baholanadi. Ballar yig'indisi ko'rinishidabarcha savollarga javoblarni baholash yuzasidan quyidagi tavsiyalarni berishmumkin: jadval6.1


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling