1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet29/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Potensial tejamkorlik. Potensial tejamkorlikni baholash faoliyatniyaxshilash jarayonini amalga oshirish uchun yakuniy tayyorlovchi bosqichhisoblanadi. Sifatning pastligi tufayli sarflangan xarajatlarga oid ma'lumotlarnitahlil qilish bilan ishni boshlash kerak. Agar tijorat tashkilotida mos hisobtizimi bo'Imasa, biroq u ko'proq yoki ozroq muvaffaqiyatli ish olib borayotganbo'lsa, u holda past sifat natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashgayillik daromadning 20 dan -40% igacha bo'lgan qismi sarflanayotganini,xodimlar ish haqining 30%i mehnat natijalarini tekshirish va xatolarnituzatishga sarflanayotganini chamalab aytish mumkin.
Faoliyatni yaxshilash jarayoni qo'llanilmagan Amerikaning ko'plabkorxonalarida sifatning pastligi natijasida sarflangan xarajatlar dastlab aksiyalar qiymatining 25% ini, mehnat xarajatlarining 25% ini, ishlab chiqarishmaydoni va tovar- moddiy zaxiralarning 40% ga yaqinini tashkil qilgan.Faoliyatni yaxshilash jarayoni xarajatlarning qisqarishi vositasida ishgachiqmaslik holatlarini kamaytiradi, mehnat unumdorligi va ishchilarningruhiyatini ko'taradi. Natijada avvalgidan yuqori sifatli mahsulotlar vaxizmatlar sotuv bozorining kengayishiga olib keladi.
Tashkilot rahbarining ishtiroki. Faoliyatni yaxshilash jarayoninimuvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uni qo'llab-quvvatlashdan tashqaritashkilot rahbarining faol ishtiroki ham talab qilinadi. Xodim bosh rahbardanfaqat so'zlarni emas, balki ishni ham kutadi. Direktor bu jarayonda qatnashishi, jarayonning amalga oshirilishi haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak.Direktor jarayonning muvaffaqiyatli rivojlanishiga imkon beruvchi yokito'sqinlik qiluvchi odamlarning ijobiy jihatlari va kamchiliklari bilanhisoblashishga majbur.
Rahbariyatni so'rov qilish. Rahbarlik hay'atini so'rov qilish yuqori vao'rta (unchalik katta bo'lmagan korxonalarda esa quyi) bo'g'indagi rahbarlar faoliyatining samaradorligini oshirish yo'llarini belgilashning samarali usulihisoblanadi.
So'rov uchun korxona faoliyati haqida o'nta savolni tavsiya qilish mumkin.
Ularga javob o'n ballik shkala bo'yicha baholanadi: a) amal qilinayotgan
holat; b) bo'lishi kerak bolgan holat; d) berilgan savolning ahamiyatlilik
darajasi. Bunday savollar, eng avvalo, quyidagilar bo'lishi mumkin:
1. lirochilarning o zaro hamkorlikdagi faoliyati qay darajada?
2. Bolinmalar o'zaro hamkorlikda qanchalik yaxshi ish yuritadilar?
3. Bo'linmalar va xodimlarning xizmat ko'rsatish saviyasi qay ahvolda?
4. Rahbariyatning mehnat sifatiga e'tibori qanday?
5. Ishchilar o'z mehnatining sifati haqida qayg'uradilarmi?
6. Xizmatchilar va ishchilarning ruhiyati qanchalik yuqori?
7. Xizmatchilar va ishchilarning mehnat unumdorligi nechog'lik yuqori?
8. Xizmatchilar va ishchilar mehnatining tashkil etilganligi qanday
ahvolda?
9. ljrochilar o'Trtasida axborot almashinuvi qanchalik oqilona yo'lga qo'yilgan?
10. Bo'linmalar o'rtasida axborot almashinuvi maqbul darajadami?
So'rovni yashirin tarzda o 'tkazish maqsadga muvofiq. Ma'lumotlarniumumlashtirish va tahlil qilish uchun betaraf tomon sifatida boshqa birkorxonadan vakillar chaqirilishi mumkin.
So'rov ma'lumotlarini tahlil qilishda ikki omilga e'tibor berish kerak
1. Ishlarning hozirgi holatini baholash darajasi. U yaxshilashlarningkorxona uchun qanchalik zarurligini aniqlashga ko'maklashadi;
2. Ishlarning hozirgi va kutilayotgan baholanishlari orasidagi farq.
Baholashlarning bir-biriga to'g'ri kelishi cng yaxshi holat hisoblanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling