1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Strategiya, taktikani shakllantirish va qisqamuddatli rejalashtirish


Download 0.87 Mb.
bet33/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

3. Strategiya, taktikani shakllantirish va qisqamuddatli rejalashtirish.
Rejalashtirish majmui.Yuqori sifatga erishish to'g'ri tekshirilgan rejaningmavjudligi va kapital qo'yilmalarning sezilarli darajada (hattoki bir nechao'n barobar) oshishini talab qiladi. Shuning uchun, faoliyatni yaxshilashsohasidagi strategiya korxona, tashkilot umumiy strategiyasining tarkibidano'rin olishi kerak. Rejalashtirish majmui oltita o'zaro bog'langan pog'onalardan iborat:
1. Magsad korxonaning mavjud bo lish sababini tushuntirib beradi. Maqsadtez-tez o'zgarib turmaydi. Odatda, korxona o'z faoliyatini to'xtatib, boshqafaoliyat sohasiga o'tish haqida qaror qabul qilganda uning ish yuritish maqsadi o’zgaradi.
2. Ish yuritish tamoyillari- korxona faoliyatining asosi bo'lib, tashkilotningmadaniy muhitini belgilaydi. Kamdan kam hollarda ish yuritish tamoyillarigatuzatishlar kiritiladi.
3. Korxonaning vazifalari 3-20 yilga mo'ljallangan bo'lib, firmafaoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi.
4. Miqdoriy ko'rsatkichlar samaradorlikning parametrlarini ifodalaydi.
Korxona ularni reja ko'rsatkichlari sifatida qabul qilib, muayyan vaqt oralig'idaularga erishishga intiladi.
5. Strategiva samaradorlikning rejalashtirilgan ko rsatkichlariga erishish yo’llarini ifodalaydi.
6. Taktika ko'zda tutilgan strategiyaning amalga oshirilishini ta'minlaydigan vosita hisoblanadi. Odatda, taktika deyilganda 1-3 yilda bajarilishiko'zda tutiladi, aniq belgilangan qisqa muddatli vazifalar tushuniladi.
Rejalashtirish majmuini kompyuter ishlab chiqarish korxonasi misolidako'rib chiqamiz.
Maqsad. Faraz qilaylik, ebarcha davlatlarning kompyuterlarga ehtiyojiniqondirish uchun xizmat qilish» korxonaning maqsadiga aylangan. Maqsadniifodalash kompyuterlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va bu sohada xizmatko'rsatish tadbirlarini qamrab oladi. Biroq bunda u korxonaning faoliyatsohasiga togishli chtiyojlarinigina qondirishni nazarda tutadi.
Ish yuritish tamoyillari firmadagi madaniy muhit va tashkiliy xulqnibelgilaydi. Ularni IBM korporatsiyasi misolida ko'rib chiqamiz. Korporatsiyarahbarlari uchun quyidagi qoida muhimdir: «Agar tashkilot raqobatchilarbilan kurashda ijobiy natijaga erishishga intilsa, korxonaning faoliyatiasoslangan tamoyillar negiziga qurilishi kerak. Har bir rahbar qarorlar qabulqilish va har qanday tadbirlarni amalga oshirishda ushbu tamoyillargatayanishi kerak».
IBM korporatsiyasida amal qilinayotgan tamoyillar:
Insonga, uning huquqlari va qadr-qimmatiga hurmat. Bu asosiy tamoyildir.
Ushbu tamoyilga amal qilgan holda IBM korporatsiyasi: ishchilarning ijodiysalohiyatini yuzaga chiqarish, rivojlantirish va korporatsiyaning maqsadiga erishishyo'lida ulardan samarali foydalanadi; xodimlar mehnatiga haq to' laydi va ularmehnatining natijasiga qarab xizmatda ko'tarilishiga ko'maklashadi; bahslimasalalarni xolis ko'rib chiqadi va ularni adolatli hal qilish maqsadida rahbarlarva bo'ysunuvchilar o'rtasida shartnomalar tuzish g'oyasini ilgari suradi.
Iste'molchiga xizmat ko'rsatish. IBM ning maqsadi iste'molchiga eng yugortalablarga javob beradigan xizmatlarni ko' rsatish hisoblanadi. Shuninguchun, kompaniya o'zini quyidagilarga mas'ul deb biladi: iste'molchilarningehtiyojining hozirgi holatini bilish va kelajagini bashorat qilish;
iste'molchilarga kompaniya mahsulotining foydalanish sifatini kafolatlash vako'rsatilayotgan xizmatlardan samarali foydalanishga yordam berish.
Yugori sifat faoliyatning asosiy shartidir. Yuqori sifatli mahsulotlarniishlab chiqarish hisobiga IBM korporatsiyasi jahon bozorida o'zining nufuziga ega bo'lgan.Bu borada korporatsiyaning salohiyatidan to'la foydalanilganholda oldinda turgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga ahamiyat berilgan.Kompaniya o'zini quyidagilarga mas'ul deb hisoblaydi: innovatsionloyihalarda yetakchi o'rinni qo'lga kiritish; eng kam xarajat qilgan holdaeng mukammal loyihalar asosida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, bundaboshqa korxonalar, xorijiy davlatlarning tajribasidan unumli foydalanish.
Rahbar samarali ish yuritadigan tashkilotchi bo ishi kerak. Har birrahbar barcha xodimlarni mehnat jarayoniga jalb qila olsagina faoliyatningmuvaffagiyat bilan yakunlanishini tasavvur qilish mumkin. Buning uchunIBM da rahbarlarga quyidagi majburiyatlar yuklangan: xodimlarni ularningoldida turgan vazifalarni yuqori sifat bilan bajarishga rag'batlantish; qo'lostidagi xodimlari bilan bevosita muloqotda bo'lish; qabul qilinayotgan qarorlarva olib borilayotgan siyosatga shubha bilan qarash (chunki shubha haqiqatga yetaklaydi); firma, ishchi uchastka va bo'limning ehtiyoji, maqsadlaridanxabardor bo'lish; o'z ishini kelajak bilan bog'langan holda rejalashtirish;yangi g'oyalar, yangiliklarga moyillik.
Korporatsiyaning aksiyadorlar oldidagi majburiyatlari.IBM korporatsiyasining kapitali aksiyadorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish manbayihisoblanadi. Ushbu majburiyatlar quyidagicha: aksiyadorlarning kompaniyagaishonib topshirgan mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish; kiritilgankapital uchun katta foyda olish va uni uzluksiz oshirishni ta'minlash.
Ta’minotchilar bilan halol munosabatlar. Kompaniya o'zini mahsulotlariko'rsatilayotgan xizmatlarining sifati, ishonchliligi va narxi bo'yicharaqobatbardoshliligiga erishish uchun mos keladigan ta'minotchilarnitanlashga, shartnomalarni imzolashda ta'minotchilar va [BM korporatsiyasining qonuniy qiziqishlarini tan olish va shartnomada ko'rsatilgan majburiyatlarni vijdonan bajarishga, ta'minotchilar bilan teng huquqli shartnomalarimzolashga, o'zi bilan raqobatlashayotgan korxonalarni jamiyatningchtiyojlarini kelajakda hozirgidan ham samaraliroq qondiradi deb o'ylash vaulardan har taraflama ustun kelishga majbur deb hisoblaydi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling