1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet36/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Nazorat savollari:

1. Faoliyatning asosiy yo nalishlarini tushuntirib bering.


2. Rahbariyatning qanday kamchiliklari tashkilotning faoliyatida
muvaffaqiyatsizliklarni keltirib chiqaradi?
3. Faoliyatni yaxshilash jarayonlarini muvaffagiyatli amalga oshirish
borasida J. Xarringtonning bergan tavsiyalarini sanab o ting.
4. Rahbarlarga oz korxonasining imkoniyatlarini aniglash uchun qanday
savollar bergan bo lardingiz?
5. Nima uchun rahbarlar faoliyatni yaxshilash jarayonining tashab-
buskorlari sifatida namoyon bo ladilar?
6. Nima uchun liderni faoliyatni yaxshilash jarayonining rahbari etib
tayinlash lozim?
7. Karrington taklif qilgan namuna asosida tasavvuringizdagi firmaning
sifat sohasidagi siyosatini ishlab chiging. Navbatdagi namuna orgali
uning faoliyatni takomillashtirish jarayonini amalga oshirishga mos
kelishini tahlil qiling.
8. Rejalashtirish ishlari qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
9. IBM korporatsiyasi misolida keltirilgan namuna asosida, o'zingiz
tasavvur qilgan korxona misolida rejalashtirish majmuini ishlab chiqing.
10. Nima sababdan rejalashtirish tartibi har bir xodimning rejalashtirishda
qatnashishini talab qiladi?

7-mavzu. Faoliyatni yaxshilashga rahbarlik qilish
REJA:
1.Boshqaruv organlari.
2.Faoliyatni yaxshilash boʻyicha kengashning ishi.
3.Joriy davrdagi talablar va erishilgan natijalarni baholash.
4.Targ'ibot va o'qitish.
5.Rahbarlik qilishning obyektlari, resurslari va usullari.


Tayanch so’z va iboralar: rahbar,raqobatbardoshlik,tashviqot,sifat,nuqsonlar,nazorat,ob’yekt,resurs


1.Boshqaruv organlari
Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashi. Tashkilot faoliyatini yaxshilash jarayonini boshqarish kollegial boshqaruv organi, ya'ni ishni yaxshilash kengashi yoki komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yuqori iyerarxik bo'g'in rahbarlari ishni yaxshilash jarayonini ishlab chiqish va tatbiq qilish yuzasidan vakillarini tayinlaydilar. Jarayonning «lideri» tashkilot rahbarining vakili hamda kengash boshqaruvchisi hisoblanadi.
Ishni yaxshilash bo'yicha ma'muriy guruh. Tashkilot rahbari barcha oliy boshqaruvchilarga o'zi boshqaradigan ma'muriy guruhning faol a'zolari bo'lishlarini ta'kidlashi kerak, chunki bu holat jarayonning jadal sur'atlarda kech ishini ta'minlaydi. Bu guuh boshqaruv kengashi ishlab chiqqan stratcgiyani baholash, tasdiqlash va tegishli tadbirlarni amalga oshirish majburiyatiga ega.
Guruh yaxshilash jarayonini amalga oshirish ishlarining holatini tahlil qiladi; barcha asosiy xarajatlarni, shuningdek, personalning ish vaqti xarajatlarini aniqlaydi. Mazkur gurnuhning muntazam izlanishlar olib borishi yuqori rahbariyat tomonidan faoliyatni yaxshilash jarayoniga alohida e'tibor berilayotganini ko' rsatadi.
Kengashning vazifalariga yaxshilash jarayoni va uning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqish, o'quv dasturlarini yaratish, erishilgan natijalarni baholash va ja rayonni amalga oshirishga xizmat qilish kiradi. Kengash barcha bo'lin malarda jarayonning samarali tatbiq qilinishini ta'minlaydi.
Tashkilot rahbari kengash zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklashi mumkin:
1. Faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish.
2. Uning amalga oshirilishini boshqarish.
3.Korxona faoliyatidagi o'zgarishlarning maqsadga muvofiqligini taminlagan holda jarayonni tashkil qilish.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling