1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet37/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Kengashning tarkibi. Boshqaruv kengashida tashkilotning barcha funksional bo'linmalariga ta'rif berilishi kerak, chunki ularning har biri tashkiliy tuzilmaning elementlari bo'lib, o'zaro aloqadorlikda ish yuritadi. Bu bo'linmalarning hamjihatlikdagi faoliyati mehnat unumdorligi va ishning sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Yangi g'oyalarni amalga oshirishda yetakchi mavqega ega bo'lgan, takomillashuvlarning zaruriyat ekanini anglaydigan, jamoa a'zolarining hurmatini qozongan, xatolarga yo'l go'ymaslik konsepsiyasining ahamiyatini anglagan ishchilar kengashning a'zolari bo'lishi lozim.

Kengashning a'zolari: 1) boshqaruv kengashiga o'zlarining funksional bo'linmalari haqidagi ma'lumotlarni taqdim qiladilar va mazkur bo'linmani ishni yaxshilash jarayoniga jalb qilish huquqiga cga; 2) o'zlarining funksional bo'linmalarida ishni yaxshilash jarayonining tashabbuskorlari hisoblanadilar 3) amalga oshirilayotgan ishlarga doir ma'lumotlarni jamlaydilar, rahbariyatga jarayondagi ijobiy o'zgarishlar haqida xabar beradilar va erishilgan natijalarni baholaydilar.


Boshqaruv kengashi har bir funksional bo'linmani tavsiflash uchun yetarli a'zolar soniga ega bo'lishi, lekin samarali ishlashni ta'minlash uchun uning a'zolari soni me'yordan oshib ketmasligi kerak. Faoliyatni yaxshilash jarayonining barcha jabhalari bilan doimiy shug'ullanuvchi raisdan tashqari qolgan barcha a'zolar bir vaqtda o'zlari ishlab turgan lavozimlarida ham ishlashni davom ettiradilar.
Agar koxonaning ishchilari kasaba uyushmasining a'zolari hisoblansa, boshqaruv kengashi tarkibiga kasaba uyushmasining vakillari ni kiritish maqsadga muvofiq.
Kengashning ishchi yig’ilishlari. Boshqaruv kengashining birinchi ishchi yig'ilishlari uch kunlik tadbirlarni o'z ichiga olib, ularda kengashning a'zolari ishni yaxshilash konsepsiyasi bilan tanishadilar va korxonada to'plangan sifat muammolarini oshkora muhokama qiladilar. Bunday kengash tashkilotdan tashqarida, tinch holatda o't kazilishi kerak. Uni faoliyatni yaxshilash masalalari bo'yicha tajribali maslahatchi olib borishi lozim.
Dastlabki yig’ilishlar juda muhim ahamiyatga ega, chunki kengash a'zolari aloqalarining soddalashishiga va ularning turli bo'linmalardagi muammolarni yanada chuqurroq tushunishlariga imkon beradi. Korxona uchun bunday yig ilishning quyidagi kun tartibini ko'rsatish mumkin:
1. Yig'ilishning ochiq deb e'lon qilinishi (Korxona rahbari).
2. Nima uchun faoliyat takomillashtirilishga ehtiyoj sezacli? (Rahbar
o'rinbosari).
3. Raqobatbardoshlilik. (Marketing bo'yicha rahbar).
4. Sifat sohasida xalqaro g'oyalar. (Maslahatchining ma'ruzasi).
5. Ishni yaxshilash jarayonining mazmun-mohiyati. (Maslahatchining
ma'ruzasi).
6. Korxona muvaffaqiyatsizliklarining sabablarini tahlil qilāsh. (Masla-
hatchi bilan seminar o'tkazish).
7. Ishchi guruhlar uchun o'tkazilgan tahlilga mos ravishd a harakatlar
rejasini ishlab chiqish yuzagidan bajariladigan vazifalar. (Uch-to'rt guruh).
8. Guruhlarning tavsiyalarini taqdim etish va muhokama qilis h. (Guruhlar
vakillarining chiqishlari).
9. lshni yaxshilash usullarining umumiy holati. (Maslahatchining
ma'ruzasi: Mahsulotning past sifati oqibatida yo'qotishlar hisobi. Statistik
usullar. Muammolarni hal qilish usullari. Xizmatchilar faoliyatirni yaxshilash.
Jarayonlarni nazorat qilish usullari).
10. Katta boʻlmagan guruhlarni ajratib, kechki ish uchun namunalarni
hal qilish va tavsiya qilingan harakatlar rejasini shakllantirish.
11. Guruhlarning tavsiyalarini taqdim etish va muhokama qilish. (Guruh-
larning a'zolari).
12. Faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirishning ilg'or tajribasi
bilan tanishtirish. (Boshqa korxonaning vakili).
13. Navbatdagi uch oy uchun harakatlar rejasini ishlab chiqish. (Faoliyatni
yaxshilash boʻyicha boshqaruv kengashi).
14. Xulosalar chiqarish. (Jarayonning «lideri»).
15. Yigʻilishning yopilishi. (Korxona rahbari).
Zarur ma'lumotlarga ega bo'lish maqsadida ma'muriy guruh a'zolari ushbu uch kunlik yigʻilishda qatnashishlari, ayniqsa, strategik jarayonning boshlanishidanoq ishtirok etishlari lozim.
Dastlabki yigʻilishdan so'ng boshqaruv kengashi faoliyatni yaxshilash boʻyicha maʼmuriy guruh bilan hamkorlikda bir oyda ikki martadan kam boʻlmagan holda yigʻilishlarni muntazam oʻtkazishi kerak. Bunday yigʻilishlar davomida faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Jarayonni tatbiq qilish bosqichi tugaganidan soʻng boshqaruv kengashi muayyan muammolarni hal qilish zarurati yuzaga kelganda toʻplanadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling