1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Faoliyatni yaxshilash boʻyicha kengashning ishi


Download 0.87 Mb.
bet38/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

2.Faoliyatni yaxshilash boʻyicha kengashning ishi
Kengashning tadbirlari:
1. Faoliyatni yaxshilashning asosiy qoidalarini qaror toptirish.
2. Faoliyatni yaxshilashga yo'naltirilgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Mavjud talablar va ularni qondirish yoʻlida erishilgan natijalarni baholash.
4. Tashviqot – targʻibot dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Faoliyatni yaxshilashga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
6. Faoliyatni yaxshilash strategiyasini mukammal holga keltirishda rahbariyat va oddiy ishchilarga yordam koʻrsatish.
7. Har bir boʻlinma ishini yaxshilashning yillik rejasi tahlili.
8. Moddiy va ma'naviy rag'batlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
9. Tajribaning tarqalishiga ko'maklashish.
10. Boshqaruv tizimiga aloqador boʻlgan va faoliyatni yaxshilashga yoʻnaltirilgan strategiyani isloh qilishga salbiy ta'sir koʻrsatuvchi muammolarni bartaraf qilish.
11. Tashkilotning ham ichidagi, ham tashqarisidagi faoliyatni yaxshilash strategiyasini takomillashtirish boʻyicha boshqa tadbirlar bilan oʻzaro aloqadorligini ta'minlash.
12. Zaxiralarni boshqarish tizimini «o'z vaqtida» ishlab chiqish va joriy qilish.
Ishni yaxshilashning asosiy qoidalarini o'rnatish. Ko'pchilik sifat va takomillashuvning mazmunini bilishini e'tirof ctadi, lekin ularning kam qismi bu atamalar haqida umumiy tushunchaga ega. Quyidagi savollarga javob berish boshqaruv kengashiga takomillashtirishning asosiy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash imkonini beradi:
1. Sifatning ta'rifi qanday?
2. Faoliyatni yaxshilashning ta'rifi qanaqa?
3. Yakuniy natija nimadan iborat?
4. Takomillashuvga erishish strategiyasi qanaqa?
5. Unga erishish uchun qanday usullarni qo'llash kerak?
6. O'lchashning qaysi mezonlaridan foydalaniladi?
Birinchi qoida. Sifat - subyektiv tushuncha. F. Krossbi uni «talablarga mos kelish» deb a'riflaydi. E. Deming «Sifatni boshqarish mukammallikka erishishni anglatmaydi. U bozor uchun maqbul sifat darajasiga erishishdir», deb hisoblaydi. J. Juran sifatga efoydalanishga qulaylik» sifatida ta'rif beradi.
J. Xarrington sifatni «iste'molchiga ma'qul bo'lgan narxda uning talablarini yetarli darajada yoki ortig'i bilan qondirisho kabi tavsiflaydi. Eng avvalo, faoliyatni yaxshilash strategiyasini isloh qilishda boshqaruv kengashi tashkilotning sifat sohasidagi siyosatiga murojaat qilishi lozim. Sifat siyosati iste'molchilarni raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlashga xizmat qilishi va buning uchun har bir ishchiga mas'uliyat yuklashi lozim. Shuningdck, mazkur siyosat nafaqat tashkilot chegaralaridan Ishqariga chiqadigan tayyor mahsulotlar va xizmatlarga, balki tashkilotdagi boshqa ishchilar qabul qiladigan xizmatlar va mahsulotlarga nisbatan ham tatbiq etilishi lozim.
Sifatning ta'riflaridan biri: iste'molchilarning talablarni shunday narxda yetarlicha yoki ortig'i bilan qondirish kerakki, natijada ularda sizning mahsulotlaringiz yoki xizmatlaringizga ehtiyoj yuzaga kelsin.
Ikkinchi qoida. Takomillashuvni iste'molchilar uchun maqbul narxda ularning talablarini oshirib yuborish va kelishuvlar yoki tuzatishlarsiz ularning barqaror xususiyatlariga erishish kabi tavsiflash lozim.
Uchinchi qoida. Takomillashuvning yakuniy maqsadini aniqlash. Butun dunyodagi transmillatli kompaniyalar o'z oldilariga juda oddiy maqsadni qo'yishgan: xatolarni bartaraf qilish va kamchiliksiz faoliyat yuritishni ta'minlash. Har bir korxona, tashkilot uchun bu vazifani hal qilishga intilish natija beradi.
Xatola» atamasini «nugsonlar> atamasining o'miga qabul qilish lozim, chunki xatolar hammaga zavod ishchisi, sozlovchi, muhandis, hisobchi, huqugshunos, marketolog, rahbarga tegishli.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling