1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet39/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

To'rtinchi qoida. Takomillashuvga erishish strategiyasini tavsiflash lozim. Takomillashtirish jarayoni alohida muammolarni hal qilish hisobiga doimiy ravishda mukammallashib boradi. Shu tarzda, strategiyaning sifati ortib boradi.
Beshinchi qoida. Takomillashuv strategiyasiga erishish yollarini belgilash darkor. Ko'plab korxonalarda muammolami bartaraf qilishga kamroq vaqt va mablag' sarflash uchun ularning oldini olishga ehtiyoj seziladi. Hamma xodimlarni jarayonga jalb qilish usuli muammolarning oldini olish vositasi hisoblanadi.
Oltinchi qoida. Mas'ul shaxslarni aniqlash lozim. Faoliyatni yaxshilash jarayonida sifatni ta'minlash hammaning majburiyati sanaladi. Hech bir jrochi, bo'linma, tashkilot xatolardan sug'urtalanmagan. Biroq muammolar yuzaga kelganda aybdorlarni qidirish o'rniga ularni hal qilish yo llarini izlash lozim.
Yettinchi qoida. Ishni yaxshilash darajasini baholash mezonlarini o'matish lozim. Yaxshilash iste'molchini birinchi darajali buyumlar va xizmatlar bilan ta'minlash uchun talab qilinadigan xarajatlarni kamaytirish bo'yicha baholanadi.
Faoliyatni yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish. Yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish keyingi bosqich hisoblanadi. Bu jarayon faoliyatning barcha sohalariga tegishli bo'lishi uchun teran fikr yuritish asosida ishlab chiqilishi lozim.
Tajribali rahbarlar va puxta tayyorgarlik ko'rgan ishchilar soni ko'pchilikni tashkil qilgan korxonalar va tashkilotlarda faoliyatni yaxshilashh jarayonini amalga oshirish optimal variant hisoblanadi. Bunda samaradorlik va sifatni oshirish jarayoni korxonaning faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bu borada tashkilot a'zolari sotuv bozorida o'z mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlash qiyinchiliklarini boshdan kechiradilar. Barcha mashaqqatlardan so'ng katta hajmda daromadlar va samaraga erishiladi. Har bir tashkilot o'zining shaxsiy ehtiyojlariga ega. Turli ehtiyojlar alohida shoxobchalar va hattoki bo'linmalarga ham xos. Jarayonni tanlash korxonaning mahsulot va xizmatlari, o'ziga xos xususiyatlari, rahbarlari va raqobat bardoshliligiga bog'liq. Ba'zan tashkilot rivojlanishining yo'nalishlarini o’zgartirish bo'yicha keskin choralar ko'rish talab qilinadi.
Yirik korxonada faoliyatni yaxshilashning global jarayoni boshqaruv kengashi tomonidan ishlab chiqilishi va ko'plab majburiyatlarni, elementlarni ko’zda tutishi kerak. Konxona tarkibiga kiruvchi bo'linmalar darajasida jarayon detallashtiriladi. Yirik tashkilot tarkibidagi alohida joylashgan har bir korxona uchun faoliyatni yaxshilash bo'yicha o'zining boshqaruv kengashi tarkib toptirilgan bo’lishi kerak.
Boshqaruv kengashining a'zolari faoliyatni yaxshilash jarayonining barcha elementlari bilan batafsil tanishadilar. Ular bu elementlardan foydalanish imkoniyatlari va ularning tashkilot bo'linmalariga ta'siri haqida tasavvurga ega bo'lishlari lozim.
Ishni yaxshilashning bu elementlari boshqaruv kengashi tomonidan tavsiflanilganidan va yuqori rahbariyat tasdiqlaganidan keyin kengash ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqishi kerak. Ushbu bosqichda faqat yirik tadbirlar rejalashtiriladi, lekin dasturning qayta ishlanishi natijasida uni amalga oshirishning ikkinchi darajali bosqichlari ham qamrab olinadi. Har bir yirik tadbir uni ish lab chiqishning tafsilotlarini ifodalovchi zarur hujatlar majmuasi va loyiha ko'rinishida rasmiylashtiriladi. Bu majmuaga foydalanilgan ma'lumotlar kiritiladi, yordam so'rab murojaat qilish mumkin bo'lgan organlar sanab o'tiladi, yakunlangan tajribaviy dasturlarning natijalaridan iborat bo'ladi.
Yirik tashkilotlarda bunday hujjatlar majmuasi asosida faoliyatni yaxshilash jarayonining asosiy elementlaridan foydalanishni tavsiya qiluvchi hisobotni tuzish maqsadga muvofiq.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling