1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
4.Targ'ibot va o'qitish
Targ'ibot ishi muntazam o'tkazilishi va faoliyatni yaxshilash jarayoni ta'sirida jonlanib borishi kerak. Sifat sohasida bilim berish va targ'ib qilish rahbariyatning doimiy majburiyati sanalib, xodimlarning sifat masalalariga mas'uliyat bilan yondashishini tarbiyalash uchun zarur. Sifat sohasidagi siyosat sifatni oshirish haqida bilim berish va targ’ib qilish dasturining asosi hisoblanadi. Bu dastur barcha ishchilarni korxonaning sifat sohasidagi siyosati va xatosiz ishlash uchun qabul qilingan yangi standartlar bilan tanishtiradi. Rahbarlarda sifatga mas'ulik munosabatini shakllantirish. Bilim berish va targ'ibot dasturining keyingi bosqichi rahbariyatda sifatga munosubatni qaror toptirish hisoblanadi. Har bir rahbar faoliyatni yaxshilashning zaruratini anglashi va boshqalarga tashviq qilishi zarur. Korxonaning qanday ishlayotgani va uning raqobatchilarga nisbatan olib borayotgan siyosati haqida yuqori rahbariyat qolgan rahbarlarni xabardor qilishi zarur. Shunda rahbarlar har bir ishchi mehnatining sifatini oshirish zarurligini tushunadilar. Natijada boshqaruv apparatining ishchilar bilan uzluksiz axborot almashinuvi ro'y beradi. Korxona ishchisi hamkor sifatida. Korxonada ikki hamkor mavjud- ega va ishchi. Rahbarlar o'zlarining hamkorlarini firma ishiga bir xilda jalb qilishga mas'ul. Kamida har chorakda kompaniya prezidenti ishchilarga ish faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari va qo'lga kiritilgan natijalar haqida hisobot berishi kerak. Bunday yig'ilishda sifat va takomillashtirish masalalarig e'tiborni qaratish, ishchilar va xodimlar guruhining alohida xizmatlarini rag'batlantirish darkor. Ishchilarda sifat uchun mas'ullik hissini tarkib toptirish. Faoliyatni yaxshilash jarayoniga barcha xodimlarni jalb qilish maqsadida korxonaning haftalik gazetasi, ma'lumotli plakatlarni qo'llash va ularda faoliyatni yaxshilash va sifatni oshirishga urg'u berish tavsiya etiladi. Ishchilarga faoliyatni yaxshilash jarayonining rivojlanishini oshkora namoyish qilinishi rahbariyatning bu jarayonga jiddiy munosabatda ekanini tasdiqlaydi. Yaxshilash jarayoni doirasidagi o'qitish dasturlari. Ishdagi xatolarning bartaraf qilib bo'lmasligi haqida noto'g'ri tasavvur shakllanmasligi uchun barcha rahbarlar va ishchilarni o'qitishning yangi shakllarini qo'llash lozim. Bunday o'qitish hammani xatolarni bartaraf qilish usullarini bilish, ular yuzaga kelishining sabablarini izlash va bunday muammolarga yana duch kelmaslik uchun tegishli choralarni ko'rishga chaqiradi. O'qitish tizimi tez-tez uchrab turadigan quyidagi anglashilmovchiliklarga barham berishi kerak: 1) faqat ishlab chiqarilayotgan mahsulotninggina sifatini oshirish kerak; 2) sifatni oshirish- bu shunchaki bir tadbir, xolos; 3) sifat uchun javobgarlik faqat nazorat xizmati yoki sifatni ta'minlashxiz.matining vazifasiga kiradi; 4) faoliyatni yaxshilash jarayoni sifatni ta'minlash xizmati tomonidangina amalga oshirilib, bu jarayon bizni chetlab o'tadi. O'qitish har bir xodimning o'z majburiyatlarini to'g'ri tushunib, o'zida uni to'g'ri bajarishiga ishonch hosil qilishidan boshlanadi. Shularni hisobga olgan holda rahbariyatning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi I. Har bir ishchi vazifaga aniq ta'rif berish. 2. 0z mehnatining natijalarini o 'lchash vositalari bilan ishlashni ishchilarga orgatish. 3. Ularni oz vazifalarining bexato bajarilishini ta 'minlovchi vositalar bilan qurollantirish. 4. Kasbiy o'qitishni tashkil qilish va har bir xodim ozi bjarayotgan ishning korxona uchun muhimligini tushunishiga erishish. 5. Iste 'molchidan olingan axborotni mehnat natijalari bilan boglash. 6. Ishlarning to g'ri bajarilishi uchun zarur bo lgan muddatlarini belgilash. O'gitish dasturi profilaktik usullarga ham o'rgatishi kerak. Agar ishni bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'yilsa, buning oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish usullaridan xabardor bo'lish kerak. Faoliyatni yaxshilash jarayoni xatolar tez-tez paydo bo'ladigan sharoitda amalga oshirilar ekan, xatolarni tuzatish usullari va profilaktikasi ham kadrlarni tayyorlash dasturining tarkibidan o'rin egallashi lozim. Kadrlarni tayyorlash dasturi yangi ishchilar va rahbarlarni ham qamrab olishi lozim. O’quv dasturi turli funksional bo'linmalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular uchun kadrlar tayyorlash talablariga javob berishi kerak. Boshqaruv kengashi xodimlarni tayyorlash bo'limi bilan birgalikda tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro yxatini ishlab chiqishi va o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladigan binoni foydalanishga tayyor holatga keltirishi kerak. Boshqaruv kengashida har bir funksional bo'linmadan vakillar qatnashib, ular ilg'or, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni o'zlarining bo'linmalariga tatbiq etish bilan shug'ullanadilar. Bunday vakillar faqat o'zlarining tajribasiga tayanib qolmay, balki samaradorlik va sifatni yaxshilash bo'yicha boshqa bo'linmalar va umuman boshqaruv kengashining tajribasidan ham foydalanishi lozim. Favqulodda holatlar bilan bog'liq muammolarni hal qilishda boshqaruv kengashining butun imkoniyatlari safarbar etilishi kerak. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling