1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Muvaffaqiyatlarga erishishga intilish


Download 0.87 Mb.
bet43/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Muvaffaqiyatlarga erishishga intilish. Funksional bo'linmalarning vakillari o'z bo'linmalarida yaxshilash ishlarini boshqarishi kerak. Agar bo'linmada yangi konsepsiya ishlab chiqilsa amal qilayotgan konsepsiyaning yangi qirrasi aniqlansa yoki muhim g'oya shakllansa, bu bo'linmaning vakili boshqaruv kengashiga bu haqida xabar qilishi kerak. Natijada jamoa yoki alohida ijrochi xizmatlari tan olinadi, boshqaruv kengashining barcha
azolari va boshqa bo'linmalarning ishchilari rag'batlantiriladi. Shu bilan birga, yangilik boshqa bo'linmalarga ham tatbiq etiladi.
Boshqaruv tizimi bilan bog'liq muammolarning hal qilinishi. Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashi tashkilot doirasidagi o'zaro aloqalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega. Bu unga boshqaruv tizimi bilan bog'1liq bo'lgan muammolarni aniqlash imkonini beradi. Korxonaning ishi ko'p bo'linmalarni qamrab olar ekan, kamdan kam hollarda boshqaruv tizimiga umumiy baho beriladi. Bu esa ma'lum sohalarda samara bergan boshqaruv tizimining boshga bo'linmada joriy etilishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga olib keladi. Bundan tashqari, boshqaruv tizimlari muayyan vazifani hal qilish uchun ishlab chiqiladi, lckin bunda ularning o'zaro aloqador sohalarga ta'siri hisobga olinmaydi. Oqibatda tizim ustidan haddan ortiq tekshirishlarning o'tkazilishi va o zaro kelishuvlarning uzoq davom etishi bunday tizimning o'zini oqlamasligini keltirib chiqaradi.
Boshqaruv kengashi boshqaruvning kompleks muammolarini hal qilish yuzasidan izlanishlar olib borishi va ijrochilarning majburiyatlari, ularga yuklangan topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilashi lozim. Shuningdek, kengash nuammolarning oqilona, o'z vaqtida hal qilinishini nazoratga olishi va ko'rilgan choralarning samaradorligini aniqlashi kerak.
Faoliyatni yaxshilash tadbirlarining o'zaro aloqadorligi. Boshqaruv kengashi faoliyatni yaxshilash bo'yicha barcha tadbirlarni jamlashi kerak. Ishlab chiqarish quvvatlari taqsimlab tashlangan yirik kompaniyalarda mahalliy boshqaruv kengashlari axborot almashinish, yangi konsepsiyalarni ishlab chiqish va tashabbuskorlik g'oyalarining turli- tumanliligini ta'minlash maqsadida markaziy kengash bilan hamkorlik qilishadi. Markaziy kengash tajriba almashishga bag'ishlangan majlislarni doimiy ravishda o'tkazadi. Bunday majlislarda har bir mahalliy boshqaruv kengashidan bittadan vakil, odatda, ularning rahbarlari ishtirok etadilar. Tajriba almashish yo'lida faoliyatni yaxshilash jarayoniga o'zining munosib hissasini qo'shgan odamlar chaqiriladi. Turli sharoitlarda jarayonning qanday amalga oshiriłayotganini kuzatish uchun bunday yig'ilishlar kompaniyaning turli korxonalarida o'tkaziladi. Shuningdek, bunday holat mahalliy-ma'muriy guruhlarga boshqa korxonalardagi ishlarning holati bilan batafsil tanishib chiqish imkonini beradi.
Bundan tashqari, boshqaruv kengashidan tashkilot tashqarisida, davlat, viloyat iqtisodiyotida, jahon hamjamiyatida amalga oshirilayotgan faoliyatni yaxshilash bo'yicha tadbirlardan xabardor bo'lish talab qilinadi.
O’z vaqtida» tamoyili bo'yicha zaxiralarni boshqarish. Ulkan zaxiralarni saqlashga oid tavakkalchilikdan qutulish ishni yaxshilash jarayonining bir qismi hisoblanadi. Avvallari korxonalar rahbariyatining tashabbusi bilan komplektlanuvchi buyumlar va yarimtayyor mahsulotlar katta miqdorlarda jamg'arilgan «xavfsizlik fondi» ni shakllantirgan. Bunday fond inflatsiya, ta'minotchilardan keladigan past sifatli materiallar oqibatida ko'rilgan zararlarni qoplashga xizmat qilgan. Aslida bunday yolg'on xavfsizlik tuyg'usi xarajatlarning ortishi, ishlab chiqarish davrlarining uzayishi, soliqlarning ortishi va rentabelligi past qayta ishlovchi yirik korxonalarning tashkil topishiga yo'l qo'yadi. Yuklarni vaqtinchalik saqlash uchun ajratilgan uchastkalar, ombor binolari ishlab chiqarish binolarining katta qismini to'ldiradi.
Boshqaruv kengashi tegishli strategiyani ishlab chiqishi va korxonada eo'z vaqtida» tizimini tarkib toptirishi kerak. Bu ishga ishlab chiqarishga tayyorlash bo'limini jalb qilish kerak. Mahsulot ishlab chiqarish potogini rejalashtirishda ishlab chigarishni tashkil qilish bo'limi qatnashishi kerak, chunki uning loyihasi asosida buyumlar qabul qilish joyidan bevosita ishlab chiqarish uchastkalariga va ulardan yuklash joyiga jo'natiladi.
Faoliyatni yaxshilash jarayoni doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ta'minotchilar va korxona mahsulotining sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsata boshlagan paytda sug'urtalash zaxiralaridan to'liq qutulish yoki hech bo'lmaganda ularning hajmini keskin kamaytirish kerak.
Sug'urtalash zaxiralardan xalos bo'lish haqida so'zlaganda keng doiradagi rahbarlar o'zlariga savol beradilar: «Bitta ta'minotchi narxlarni oshirib yuborsa yoki korxonaga sifatsiz komplektlanuvchi buyumlar partiyasi kelib tushsa nima bo'ladi?». Bu esa rahbarlarning mazkur g'oyani qiyinchilik bilan qabul qilishlariga sabab bo'ladi. Faoliyatni yaxshilash jarayoni to'liq amalga oshirilmaguncha nolikvid zaxiralarni qisqartirib bo'lmasligi shu bilan
izohlanadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling