1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet49/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Kasaba uyushmalari. Kasaba uyushmalari va rahbariyatning hamkorligini mustahkamlash haqida gapirganda, mehnat munosabatlariga oid muzokaralarda ishchilarning holati esga olinmasligi haqida sarosimalar yuzaga kelib turadi. Aslida bunday bo'lmasligini hayot ko'rsatadi. Bunday muzokaralarda qatnashuvchi tomonlar muammolarni hal qilishda bir-birlarining fikrini qo'llab-quvvatlashlari yoki mehnat sharoitlari, ish haqi kabi masalalarning muhokamasida ular orasida raqobat yuzaga kelishi mumkin. Kasaba uyushmalari rejalashtirish davrining dastlabki bosqichidayoq jalb qilinishi va jamoaviy boshqaruv ishining tamoyillarini hayotga tatbiq etishda faollik ko'rsatishlari zarur.


3. Jamoaviy boshqaruv tizimi samaradorligiga erishish shartlari:
1. O'qitish. Hamma rahbarlar o'zlarining bo'ysunuvchilari duch keladigan muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilish usullarini o'zlashtirishlari kerak. Bundan tashqari, ular guruhning tarkibi va faoliyatidagi o'zgarishlar bilan yaqindan tanishgan bo'lishlari lozim.
2. Ishchi vazifalarni aniglash. Jamoaviy boshqaruv qo'llanilganda barcha rahbarlar bo'ysunuvchilardan nimani kutish mumkinligini va qaysi mezonlar asosida ularni baholash lozimligini bilishlari kerak. Bularni bo ysunuvchilarga yetkazishi va ular bilan kelishuvga erishishi juda muhim. Rahbarlarning lavozim ko'rsatmalari jamoaviy boshqaruv tamoyillariga mos holda qayta ishlanilishi lozim.
3. Rag batlantirish va jazolash tizimini takomillashtirish. Yuqori rahbariyat jamoani rag'batlantirolmaydi va uning rahbarini jazolay olmaydi. Rahbariyat rahbarlarning yangi vazifalarini tavsiflash va yangi xulq-atvor modellariga ularni yo'naltirish, buning uchun rag'batlantirish va jazolash tizimini qayta ko'rib chiqishi kerak.
4. Dastlabki bosqichda qatnashuv. Jamoaviy boshqaruv tizimini ishlab chiqish va tatbiq qilishga barcha boshqaruv pog'onalarini jalb qilish kerak.
5. Bir iyerarxik pog 'onadagi rahbarlarni birlashtirish. Bitta pog'onadagi rahbarlar bir-birlarini yaxshi tushunadilar. Rahbarlarni jamoaviy boshqaruvning ustunliklariga ishontirishda ularning bu masala yuzasidan fikr almashinishi muhim rol o'ynaydi.
6. Tajriba almashinish. Jamoaviy boshqaruvning tizimi samarali tatbiq qilingan boshqa tashkilot yoki korxona vakilining tashrifi tufayli korxona jamoasida ushbu uslubning samara bermasligidan shubhalanish bartaraf etiladi.
7. Shaxsiy ibrat. Yuqori pog'onadagi rahbarlar bu tizimni o'zlariga qo'llagan holda boshqalarni jamoaviy boshqaruv siyosatiga ishontirishlari kerak.
8. Qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirish va uning mavgeyini oshirish. Qaror qabul qilish uchun javobgarlik oddiy ishchilar zimmasiga yuklanar ekan, o'rta bo'g'in rahbarlari o'zlarining qarorlar qabul qilish bilan bog'liq vakolatlarini quyi pog'ona rahbarlariga taqsimlashlari kerak.
Natijada quyi pog'onadagi rahbarlarning nufuzi ortadi. Bunda o'rta bo'g'in rahbarlarida faqat sifat, mehnat unumdorligini oshirish va xarajatlarni qisqartirish bo'yicha qarorlarni qabul qilish vakolati saqlanadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling