1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Boshqaruv xodimlarini o'qitish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
4.Boshqaruv xodimlarini o'qitish
0'qitishning maqsadlari va bosqichlari. Ixtiyoriy pog'onadagi rahbarlar sifatni oshirish masalalarini hal qilish bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tishlari kerak. Boshqaruv xodimlarining o'qishidan maqsad: -sifatni ta'minlash jarayonining mohiyatini tushunish; -sifat sohasidagi milliy va xalqaro muammolarni anglash va ularning kelajagini ko'ra bilish; -iqtisodiy maqsadlarga erishish nugtayi nazaridan boshqaruv tizimlari faoliyatini tashkil etish vositalari va usullarini o'zlashtirish; -rahbariyatning tashabbusi bilan qarorlar qabul qilish jarayoniga sifatni ta'minlash vazifalarini kiritish. Sifat masalalari yuzasidan o'qitish dasturlari ikki qismdan iborat: 1) Tashkilot faoliyatining sifatini o'Tganish; 2) Tashkilotning sifat muammolarini hal qilish uchun sifat haqidagi fanni o'rganish. O'quv tayyorlov davrining bosqichlari: 1-bosqich. Sifatga ongli munosabatni shakllantirish. O'rganuvchilarga o'z faoliyatining sifatini oshirish muhimligini tushuntirish. 2-bosqich. Sifatning mazmuni bilan tanishuv. ljrochilar «sifat» tushunchasini chuqur anglab, o'z faoliyatlarida uni o'lchash vositalariga cga bo'lmagunlaricha ishlarning amalda yaxshilanishiga umid qilib bo'lmaydi. 3-bosqich. Sifatga munosabatni o'zgartirish. Dastlabki ikki bosqich o'rganuvchilarning sifat masalalariga munosabatini o'zgartirish uchun zamin yaratadi. Shundan so'ng o'rganuvchilarga qaror qabul qilish uchun zarur tavsiyalar berish kerak. 4-bosqich. Fanning sifat tomon yo'nalishi. Organuvchilarga faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirish usullari va umumiy uslubiyoti tanishtiriladi. 5-bosqich. Egallangan bilimlarni qo'llash. O'quv kursini o'tab bo'lgan xodimlar faoliyatni yaxshilash organi rahbarligi ostida cgallangan bilimlardan kundalik amaliyotda foydalanishlari lozim. Sifat masalalari bo'yicha o'qitish jarayoni turli toifadagi menejerlarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos kelishi kerak. Shuni hisobga olgan holda: 1. Yuqori pog'ona rahbarlari. 2. O'rta pog'ona rahbarlari. 3. Quyi pog'ona rahbarlari hamda chiziqli rahbarlar uchun alohida o'quv kurslari tashkil etiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling