1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Yuqori pog'ona rahbariyatini sifatni boshqarish masalalariga o'qitish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonada oqitishning tuzilishiga oiddasturni misol qilib keltiramiz
Yuqori pog'ona rahbariyatini sifatni boshqarish masalalariga o'qitish.
Menejer qanchalik yuqori iyerarxik pog'onada ish yuritsa, uning funksional bo'linmalarning o'zaro aloqalarini shunchalik chuqur anglashiga to'g'ri keladi. Tashkilotning umumiy faoliyati haqida tushunchaga ega bo'lish uchun o'quv kursiga turli fanlarni kiritish kerak. O'quv kursidan o'rin olgan konsepsiyalar, usullar, boshqaruv tartiblarining majmui rahbarlarni yuqori sifatni ta'minlash, samaradorlikni oshirish vazifalarini hal qilishga yo'naltirishi kerak. Tashkilotning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda o'quv materiali turli yollar bilan tavsiflanadi. O'qitishning birinchi kursini tugatganlar uchun ikki soatlik mashg'ulotlar otkazilib, ularga yanada mukammalroq bilimlar beriladi. Tashkilotda yillar davomida shakllangan tajriba asosida yuqori rahbarlarni o'qitish vaqti belgilanadi. Yuqori bog'in rahbariyatini o 'qitish kursining o'quv dasturini misol tariqasida keltiramiz: Yuqori pog'onadagi rahbariyatning vazifalari- 1,5 soat; statistik usullar 3,5 soat; sifatni boshqarish - 3,5 soat; ishlab chiqarishda sifatni boshqarish - 3,5 soat; sotib olish va sotish faoliyatida sifatni boshqarish - 3,5 soat; sifatni ta'minlash - 3,5 soat; yangi mahsulot turlari loyihasini ishlab chiqish - 2,0 soat; daviat va jahonda sifatni boshqarish- 3,5 soat; jamoaviy muhokamalar 3,5 soat; jamoaviy muhokamalar haqida hisobotlar- 3,0 soat. Korxonada o'qitishning tuzilishiga oiddasturni misol qilib keltiramiz: 1. Sifatni ta'minlash muammolari: a) sifatni ta'minlash sohasidagi asosiy tushunchalar; b) jahon miqyosida mahsulot sifatini oshirish istiqbollari; d) ishlab chiqarish samaradorligiga mahsulot sifatining ta'siri; e) xizmatchilar va ishchilar mehnatining sifati; f) boshqaruvning ehtiyotkorlik uslubiga o'tish. 2. Korxonada mahsulot sifatini baholash: a) sifat sohasida korxonaning istiqboldagi rejalari; b) iste'molchilarning mahsulot sifatiga munosabati; d) raqobat tahlili; e) korxonada sifatni ta'minlash ishlarining olib borilishi; f) korxonada sifatni ta'minlash xizmatining tutgan o'ni. 3. Mahsulotlar hayoti siklining bosqichlarida sifatning pastligi oqibatida yuzaga keladigan xarajatlar. 4. Ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini oshirishda rahbarning vazifasi: a) ishchilar xulq-atvorining o'zgarishi; b) iste'molchilar talabinianiqlash; d) sifat ko'rsatkichlarini o'lchash; e) sifatni oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni belgilash; f) «xatosiz ish» tamoyilini faoliyat standarti darajasiga ko'tarish; g) bo'linmalar faoliyatining tahlili. 5. Ishni yaxshilash jarayonlarining xususiyatlari: a) ishlab chiqarish; b) marketing; d) xizmat ko'rsatish; e) moliyaviy operatsiyalar; f) ma'muriy xizmatlar; g) loyiha-konstruktorlik ishlari. 6. Sifatni ta'minlash usullari: a) jarayonlarni nazorat qilish vositalari (asosan statistik nazoratdan foydalaniladi); o'rtacha miqdorlar va oraliqlarning nazorat kartasi; nuqsonli mahsulotlarning ulushi va soni ko'rsatiladigan nazorat kartalari; har bir buyum uchun tuziladigan nazorat kartalari; b) ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish; gistogrammalar; buyumlar to'plami uchun xaritalar; Pareto diagrammalari; Isikava diagrammalari; tarqalish diagrammalari; chastotali taqsimlanishlar; tanlanma nazorat; jarayonning imkoniyatlari tahlili; d) tajribani rejalashtirish. 7. Jamoaviy boshqaruv. Jamoaviy qatnashuvning turlari: bo’linmalarning faoliyatini takomillashtirish guruhlari; sifat to'garaklari; boshqaruv tizimlari faoliyatining sifatini oshirish yuzasidan tuzilgan guruhlar; maqsadli guruhlar. 8. Tizimlar faoliyatini nazorat qilish. 9. 0'z vaqtida» tamoyiliga asoslanib zaxiralarni boshqarish tizimiga o'tish. 10. Samaradorlik va sifatni oshirish jarayonini boshqarish. 11. Faoliyatni yaxshilash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishgako'maklashuvchi misollar. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling